Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet403/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

VAZIRLAR MAHKAMASI
— Isroil, Latviya, Yaponiya, Shri-Lanka, 
Qozog‗iston, Turkmanistonda va qator boshqa mamlakatlarda hukumatning rasmiy nomi. 
O‗zbekiston Respublikasida hukumat ―Vazirlar Mahkamasi‖ deb nomlangan bo‗lib, 
―O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‗g‗risida‖gi qonuniga binoan, u 
O‗zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma‘naviy sohaning samarali 
faoliyatiga rahbarlikni, O‗zbekiston Respublikasi qonunlari, O‗zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining qarorlari, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari 
va farmoyishlari ijrosini ta‘minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir. Vazirlar 
Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o‗zi tashkil etadigan xo‗jalik 
boshqaruvi tuzilmalariga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan ishlashini 
ta‘minlaydi.
VAZIRLIK
— muayyan davlatlarda alohida bir sohaga rahbarlik qiladigan ijrochi 
organ. V. rahbari, odatda, hukumat tarkibiga kiruvchi davlat arbobi hisoblanadi. V. lar 
qonun chiqaruvchi oliy organlar (mas., AQSHda) yoki davlat rahbari (mas., Fransiyada) 
tomonidan, qonunlar yoxud hukumat aktlari asosida (mas., Buyuk Britaniyada) tashkil 
qilinadi. O‗zbekiston Respublikasida V. davlatning markaziy boshqaruv organi, davlat 


306 
mahkamasining muhim qismi. Asosiy vazifasi - iqtisodiyot muayyan tarmog‗iga, 
ijtimoiy-madaniy qurilish va ma‘muriy-siyosiy faoliyatga rahbarlik qilishdan, o‗ziga 
topshirilgan tarmoqning har jihatdan rivojlanishini ta‘minlashdan iborat. V.lar 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligida ish olib boradi va tarmoqqa 
oid barcha masalalarni o‗z huquqi doirasida hal etadi. V.ni hukumat tarkibiga kiradigan 
vazir boshqaradi. O‗zbekistan Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi a‘zolarini 
tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oliy Majlisning 
tasdig‗iga kiritadi. 
VECHE
— qadimgi va o‗rta asr Rus davlatidagi Xalq majlisi (X-XIV asrlar). Unda 
muhim jamoat ishlari muhokama etilgan va hal qilingan. XI-XII asr ikinchi yarmida rus 
shaharlarida knyaz hokimiyati susayishi munosabati bilan V.ning faoliyati kuchaygan. V. 
urush va tinchlik masalalarini hal etgan, knyazlarni chaqirtirgan va haydagan, qonunlar 
qabul qilgan, boshqa mamlakatlar bilan bitimlar tuzgan va b. Novgorod, Pskov va Vyatka 
yerida XV asr oxiri - XVI asr boshlarigacha saqlanib qolgan. 
VENA KONGRESSI 
(1814-1815) — Napoleon I armiyasi tor-mor etilgach, g‗olib 
davlatlar Vena sh.da o‗tkazgan anjuman. V.k.da Turkiyadan tashqari barcha Yevropa 
davlatlari qatnashgan. Maqsad Napoleon I urushlari natijasida barham topgan tartiblarni 
va bir necha mamlakatlarda mustabid sulolalarni qayta tiklash, inqilobiy harakatlar 
hamda yangi urushlarga yo‗l qo‗ymaslik, g‗olib davlatlarning hududiy da‘volarini 
qondirish kabi masalalarni ko‗rib chiqishdan iborat edi. V.k.da Fransiyaning yangi 
chegarasi tortishuvsiz belgilandi. uning uchun anchagina engil sulh shartnomasi tuzildi. 
Avstriya, Angliya, Ispaniya, Portugaliya, Prussiya, Rossiya, Fransiya, Shvetsiya 
yakunlovchi bosh hujjatga imzo chekishdi. Unga ko‗ra, Fransiya bosib olgan yerlaridan 
ajraldi. Belgiya va Gollandiya Niderlandiyaga birlashtirildi, Shveysariya chegarasi 
kengaytirilib, betaraf davlat deb e‘lon qilindi. Angliya Gollandiya va Fransiya 
mustamlakalarini o‗z tasarrufiga oldi. Polsha qirolligi Rossiyaga o‗tdi, german 
davlatlaridan iborat German ittifoqi tuzildi, Avstriyaga Italiyaning talay hududlari olib 
berildi va h.k. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish