Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet401/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

VASHINGTON KONFERENSIYASI
(1921.12.11–1922.6.2) — AQSH, Buyuk 
Britaniya, Xitoy, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya va Portugaliya 
ishtirokidagi konferensiya; birinchi jahon urushidan keyin Tinch okeani havzasida 
vujudga kelgan davlatlar kuchlari nisbatini qayd etdi. Bu nisbat AQSH uchun qulay 
bo‗lgan edi. V. k.ning eng muhim qarorlari: To‗rt davlat shartnomasi, Besh davlat 
shartnomasi, To‗qqiz davlat shartnomasi. Sovet Rossiyasi konferensiyaga taklif etilmadi. 
Vashingtonga kelgan Uzoq Sharq respublikasi delegatsiyasi konferensiyaga kiritilmadi. 
VASIQA
(ar. shartnoma, kelishuv, majburiyat) — musulmon mamlakatlarida, shu 
jumladan, inqilobga qadar Markaziy Osiyoda amalda bo‗lgan yer-suv, uy-joy yoki 
boshqa mulkning oldi-sotdisi yoki ma‘lum shart bilan ijaraga qo‗yilganligi to‗g‗risidagi 
yuridik hujjat, shartnoma.
VASIYLIKDAGI HUDUDLAR
— ikkinchi jahon urushi tugagach, BMT vasiyligi 
xalqaro tizimiga kiritilgan hududlar. U BMT Ustavida nazarda tutilgan (75-91-
moddalar). V.h. asosan Millatlar Ittifoqining sobiq vakolat ostidagi hududlari yoki 
mustamlakalar bo‗lib, avvalo Germaniya va ittifoqchilarining Afrikadagi mustamlakalari 
(Kamerun, Ruanda, Burundi, Somali, Tanzaniya, Janubiy-G‗arbiy Afrika) va Tinch 
okeandagi orollar (G‗arbiy Samoa, Nauru, Yangi Gvineya, Mariana, Marshall va 
Karolina)dir. Ularda 20 mln.ga yaqin aholi yashagan. BMT roziligi bilan va BMT 
Vasiylik kengashi nazorati ostida ularni boshqarishni sobiq mustamlakachi davlatlar — 
Buyuk Britaniya, Belgiya, Fransiya, shuningdek, BMT qaroriga ko‗ra, Italiya (Somali 
ustidan) o‗z qo‗liga olgan. Bundan tashqari, BMT Xavfsizlik Kengashi 1947-yil 
Karolina, Mariana va Marshall orollarini ―strategik hudud‖ sifatida (BMT Ustavi 82-
moddasi) AQSH boshqaruviga bergan. 1997-yilga kelib barcha V.h.lar mustaqillikka ega 
bo‗ldi. 
VASSAL
(lot. 
vassalus
- vassal, 
vassus
- xizmatkor) — o‗rta asrlarda G‗arbiy 
Yevropada feodallar bir toifasi - vassallarning boshqasi - senorlardan shaxsiy qaramlik 
munosabatlari tizimi. V., odatda, senordan feod olib, evaziga muayyan majburiyatlarni: 
o‗z xojasini qo‗riqlashi va uning moddiy manfaatlarini himoya qilishi, bir yilda qirq kun 
harbiy xizmat o‗tashi yoki o‗z qaramog‗idagi mulki miqdoriga qarab otryad yuborishi, 
shuningdek, ayrim vaqtda pul yordami berishi lozim bo‗lgan. Biroq V. ko‗pincha bu 
majburiyatlarni bajarmay, o‗z egasi - senyoriga qarshi ham turgan. Oliy senyor 
(syuzeren) vassaliga aylangan yirik feodallarning ham o‗z navbatida vassallari bo‗lgan. 
VATAN
— 1) inson tug‗ilib o‗sgan, uning ijtimoiy va ruhiy-madaniy tiklanish 
jarayoni sodir bo‗lgan mamlakat; 2) tabiiy-jug‗rofiy sharoiti, aholisi, ijtimoiy-madaniy 
xususiyati bilan tarixiy nuqtai-nazardan aniq bir davlatga tegishli bo‗lgan hudud; 3) inson 
tug‗ilgan aniq aholi punkti, joyi; 4) biror-bir fenomen, ixtiro, ijtimoiy g‗oya, siyosiy 
muassasa va boshqalar paydo bo‗lishining boshlang‗ich joyi (mas., Buyuk Britaniya – 
parlamentarizm, O‗zbekistonda - kurash, Kanada - xokkey V.). Bu tushuncha ―yurt‖ 
tushunchasiga juda yaqin va kesishadi. Yurt tushunchasi obrazi ―V‖ tushunchasiga 
qaraganda ko‗proq darajada shaxsning, odamlarning davlatga va jamiyatga tegishli 
ekanligini aks ettiradi.


305 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish