2.1-chizma. Xo’jalik boshqaruv mexanizmida normativlarning o’rni.
Me’yor va normativlar quyidagi asosiy guruhlar bo’yicha ishlab chiqiladi:
mehnat sarfi me’yorlari
material sarfi me’yorlari
vaqt me’yorlari (asosiy, yordamchi va h.k.)
mashina va jihozlar, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish normativlari
12
ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish normativlari
atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari
loyiha quvvatlarini o’zlashtirish normativlari
kapital qo’yilmalar samaradorligi normativlari
Me’yor va normativlar rejalashtirilgan yildagi faoliyatning texnik-iqtisodiy
va tashkiliy sharoitlari asosida shakllanadi. Vaqt o’tishi va ish sharoitlari
o’zgarishi, shuningdek, ilmiy texnik taraqqiyot ta’sirida amaldagi me’yor va
normativlar ham qayta ko’rib chiqiladi.
Norma va normativlar texnik, iqtisodiy va fiziologik jihatdan asoslangan
bo’lishi lozim. Iqtisodiy asoslanganlik me’yorlarning o’zaro teng kuchli va
optimalligini ta’minlashini ko’zda tutadi. Texnik asoslanganlik ishchining
o’rtacha bilim darajasida va o’rtacha mehnat intensivligi sharoitida ishlarni
bajarish davomiyligiga omillar ta’sirini umumlashtirishni ko’zda tutadi.
Me’yorlarning fiziologik asoslanganligi ularning ishlash va demolish
reglamentlariga, sanitar – gigienik sharoitlariga muvofiqligini ifodalaydi.
2.2. Me’yor turlari klassifikatsiyasi.
Korxonaning normativ bazasi me’yor va normativlarning quyidagi asosiy
guruhlarini qamrab oladi:
1.
Kalendar - reja normativlari;
2.
Xom – ashyo va materiallar sarf me’yorlari;
3.
Yoqilg’i- energetic resurslar sarfi me’yorlari;
4.
Jihozlardan foydalanish normativlari;
5.
Ishlab chiqarish quvvatlarini o’zlashtirish normative;
6.
Mehnat sarfi me’yori;
7.
Moliyaviy me’yor va normativlar.
Me’yor va normativlar quyidagi belgilar bo’yicha guruhlanadi:
Ishlab chiqish uslublari bo’yicha;
Amal qilish davriga ko’ra;
Mahsulotni qismlari bo’yicha;
13
Qo’llanish ko’lamiga ko’ra.
Ishlab chiqish uslublari bo’yicha me’yor va normativlarining analitik hisob,
tajriba va tajriba – statistik turlari ajratiladi.
Analitik – hisob normativlarni barcha me’yor shakllantiruvchi elementlar
bo’yicha texnik va iqtisodiy asoslangan hisoblar asosida o’rnatiladigan me’yorlar
kiritiladi.
Tajriba normativlari va me’yorlari eksperimental ma’lumotlarni erishilgan
ilg’or ish usullarini hisobga olgan holda tahlil qilish asosida belgilanadi. Ushbu
me’yorlar analitik – hisob me’yor va normativ larine o’rnatish uchun sharoit
bo’lmagan holatda belgilanadi.
Hisobot – statistik me’yor va normativlar o’tgan yildagi hisobot
ma’lumotlariga asoslanib o’rnatiladi.
Ushbu me’yorlar ilmiy – texnik taraqqiyot yutuqlarini o’zida aks ettirmaydi,
ishlab chiqarishni imkoniyatlaridan to’liq foydalanishiga rag’batlantirilmaydi.
Amal qilish davriga ko’ra me’yor va normativlar operativ, joriy va istiqbol
me’yorlarga bo’linadi.
Operativ me’yor va normativlar ish o’rinlaridagi aniq ishlab chiqarish
sharoitlariga muvofiq keladi, ularning kattaligi buyumlashgan va jonli mehnatning
o’zgarishiga olib keluvchi turli tadbirlarni joriy qilish bi0lan bog’liq holda
belgilanadi.
Joriy me’yor va normativlar yillik, kvartallik va oylik me’yorlarga
bo’linadi.
Ushbu me’yorlari asosida korxonada turli resurslarni rejalashtirish bo’yicha
ishlar amalga oshiriladi.
Joriy normativlar va normalar resurslar iqtisodiga yo’naltirilgan operativ
hamda joriy etilishi ko’zda tutilayotgan tadbirlar asosida ishlab chiqiladi. Demak ,
joriy normativlar va normalar resurslar sarfining haqiqiy ko’rsatkichlaridan past
bo’lishi talab etiladi.
(Perspektiv) Istiqbol me’yor va normativlar yillik me’yorlar va tashkiliy –
texnik tadbirlar rejasi asosida uzoq muddat uchun belgilanadi.
14
Mahsulotning
qismlariga ko’ra ko’ra me’yor va normativlar
detallashtirilgan (operatsiyalar bo’yicha) bo’g’inli, buyumli, individual, guruhli
turlarga bo’linadi.
Detalli normalar detallarni tayyorlash uchun zarur bo’lgan material yoki
mehnat sarflarini ifodalaydi.
Bo’g’inli va buyumli normalar chizma va texnik shartlarga muvofiq alohida
buyum yoki bo’g’innni tayyorlash uchun zarur bo’lgan material resurslar va
mehnat sarfi me’yorlaridir.
Individual normalar aniq turdagi tayyor mahsulot yoki ishga o’rnatiladi.
Guruhli me’yorlar o’rtacha olingan kattaliklar uchun belgilanadi.
Qo’llash ko’lamiga muvofiq ravishda me’yorlarning sex, zavod va tarmoq
turlari ajratiladi.
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirishda kalendar reja
normativlari muhim o’rin egallaydi. Ishlab chiqarish shakliga bog’liq holda
kalendar reja normativlari quyidagi turlarga bo’linadi:
oqimli tizim takti – ommaviy ishlab chiqarishda;
detallarni kiritish – chiqarish partiyalari kattaligi – yirik seriyali va seriyali
ishlab chiqarishda;
detallar partiyasini takrorlanish davriyligi – yirik seriyali va seriyali ishlab
chiqarishda;
detallar partiyasini, mahsulotlarni tayyorlash ishlab chiqarish sikli davriyligi –
yirik seriyali va seriyali ishlab chiqarishda;
buyumni tayyorlash ishlab chiqarish sikli davomiyligi – yakka tartibli va mayda
seriyali ishlab chiqarishda;
texnologik o’tishlar bo’yicha texnologik o’zishlar (mutanosiblik) – yakka
tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishda;
detal, mahsulot zadellari – ommaviy, yirik seriyali ishlab chiqarishda
tugallanmagan ishlab chiqarishda materiallar – yakka tartibli va mayda seriyali
ishlab chiqarish.
15
Oqimli tizim takti – tizimdan ketma – ket chiqayotgan mahsulot orasidagi
vaqt.
Detallarni, mahsulot larni kiritish – chiqarish partiyasi kattaligi – bir soz
Lash sharoitida bir kiritishda tayyorlangan detal, bo’g’in, buyumlar
miqdoridir.
Detal, mahsulot partiyasining takrorlanishi davriyligi – detal, bo’g’in,
mahsulot partiyasi ishlab chiqarishga kiritish intervali (kun).
Ishlab chiqarish sikli davomiyligi – mahsulot , detal, bo’g’inlar partiyasi
ishlab chiqish jarayonlarining barcha bosqichidan o’tadigan vaqti.
Texnologik o’tishlar bo’yicha calendar o’zishlar (mutanosiblik) yetakchi
detalni ishlab chiqarishga kiritish muddatini tayyor mahsulotni chiqarishning
belgilangan muddatidan ajratib turuvchi calendar vaqt kattaligidir.
Kalendar - reja normativlar asosida ommaviy, yirik seriyali va seriyali
turlarga asoslangan korxonalarda detal va mahsulotlar zadellari me’yorlari, yakka
tartibli va mayda seriyali ishlab chiqrishda- tugallanmagan ishlab chiqarishdagi
materiallar me’yorlari ishlab chiqiladi.
Zadellar vazifasi va paydo bo’lish o’rniga ko’ra texnologik,transport,
aylanma va sug’urta zadellariga ajratiladi.
Texnologik zadellar ish o’rinlarida ishlov berilayotgan va yig’ilayotgan
detal, bo’g’in, mahsulotlardir.
Tranport zadeli birinchi operatsiyaga, operatsiyalar orasida, ketma – ket
uchastkalarda transport vositasida harakatlanayotgan detal va bo’g’inlardir.
Aylanma zadellar ish o’rinlarining unumdorligini tenglashtirish maqsadida
operatsiyalar orasida shakllantiriladigan yarim tayyor mahsulotlardir.
Sug’urta zadeli oqimli tizim va sex faoliyatidagi uzilishlarning oldini olish
maqsadida omborlarda shakllantirilgan zahiralardir.
Paydo bo’lish joyiga ko’ra ishlab chiqarish turi va texnologik jarayon
xarakteridan kelib chiqib quyidagi zadellarga ajratiladi:
Ommaviy ishlab chiqrishda – operatsiyalar orasidagi zadellar, tizimlar
orasidagi (sex orasidagi) zadellar.
16
Yirik seriyali va seriyali ishlab chiqarishda – sex ichidagi (siklli) va sex
orasidagi ( ombor) zadellari.
Yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishda ommaviy va seriyali
ishlab chiqarishdan farqli ravishda ichki zadellar hisoblanmaydi, balki mahsulotlar
kesimida tugallanmagan ishlab chiqarishdagi materiallar me’yori ( kun ifodasida)
aniqlanadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishda materiallar me’yorlari natural ifodada
hisoblanadi.
Natural ifodadagi normalar: ommaviy, yirik seriyali va seriyali ishlab
chiqarish turida – detallar zadeli me’yori va detalga material sarf meyoridan kelib
chiqib, yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishda mahsulot uchun material
sarfi me’yori va shu mahsulot bo’yicha tugallanmagan ishlab chiqarishdagi
materiallar me’yoridan kelib chiqib aniqlanadi.
Kunlarda ifodalangan norma natural ifodadagi tugallanmagan ishlab
chiqarish materiallari me’yorini ushbu materiallarga o’rtacha kunlik talabga nisbati
orqali hisoblanadi . Material me’yori bir necha yil uchun aniqlanadi. Ishlab
chiqarish texnologiyasi yoki mahsulot konstruktsiyasi o’zgargan holatda ushbu
me’yorlar ham qayta ko’rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |