Z. Mamadiyarov, A. Norov, O‘. Haydarov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/78
Sana16.10.2022
Hajmi2,53 Mb.
#853534
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78
Bog'liq
П BANK ISHI VA MOLIYA ASOSLARI

 
Nazorat uchun savollar 
1. Banklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan tarixiy shart-
sharoitlarini yoritib bering?


54 
2. Banklarning turlari va ular faoliyatining o‘ziga xos 
xususiyatlarini, bank tizimi va uning elementlarini aytib bering?
3. 
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini, pul 
xo‘jaligining yuzaga kelishi va pullarni saqlash uchun maxsus 
muassasalarning zarurligini, pul xo‘jaligining nomarkazlashuvi va 
uning shakllarini kengayishi bo‘yicha nimalarni bilasiz? 
4. Pul va kredit xo‘jaliklarining barqaror shakllarining yuzaga 
kelishi, markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart-
sharoitlari bo‘yicha nimalarni bilasiz? 
5. Markaziy bank faoliyatining maqsadi, uning tashkiliy 
tuzilishi va funksiyalarini yoriting?
6. Markaziy bank faoliyatining maqsadi, vazifalari va uning 
tashkiliy tuzilishini ochib bering? 
7. Markaziy bankning funksiyalari: emission funksiya; “bank-
larning banki” funksiyasini yoritib bering? 
8. Markaziy bankning “davlatning banki” funksiyasi; rasmiy 
oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funksiyasini tushuntirib 
bering? 
 
 
 


55 
4-MAVZU: BANK RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISH 
 
Reja: 
4.1.
Bank risklarini boshqarish tizimi va uning tuzilishi. 
4.2.
Kredit riski mazmuni, baholash va uni boshqarish 
usullari. 
4.3.
Foiz riski va uni boshqarish usullari. 
4.1. Bank risklarini boshqarish tizimi va uning tuzilishi 
Risk – bu tadbirkorlik faoliyatining eng asosiy elementlaridan 
biri hisoblanib, u keng ma’noga ega bo‘lgan ko‘p qirrali 
tushuncha. Shuning uchun bank faoliyatining samaradorligiga 
erishish, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun 
iqtisodiyotda mavjud risklar, ularning bank faoliyatiga ta’sir qilish 
tomonlarini chuqur o‘rganib chiqish zarur. Shu sababli maxsus 
adabiyotlarda, amaliyotda mavjud bo‘lgan ba’zi bir fikr va 
mulohazalarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
 
Tovar-pul munosabatlarinig rivojlanishi riskning iqtisodiy 
kategoriya sifatida yuzaga kelishiga va subyektlar faoliyatida 
mustahkam o‘rnashib olishiga imkoniyat yaratdi. Shuning uchun 
ham risklar bizni tunu-kun, har yer va har joyda o‘rab kelmoqda. 
U bizning hayotimizda har doim ham qochib bo‘lmaydigan va 
yechish lozim bo‘lgan bir jarayon bo‘lib biror bir natijani yuzaga 
kelishiga asos bo‘ladi. Bunday natija salbiy va ijobiy bo‘lishi 
mumkin.
Riskning sinonimi sifatida biz ishonchsizlikni, imkoniyatsiz-
likni, bir voqea bo‘lish-bo‘lmasligini oldindan aytib bera olmaslik 
kabilarni misol qilib ko‘rsatishimiz ham mumkin. 
Endi biz riskning tub mohiyatini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 
“risk”so‘zi ispancha-portugalcha so‘zdan olingan bo‘libб “suv 
ostidagi qoya” degan ma’noni bildiradi. Shuning uchun ham risk 
xavf tug‘dirish ehtimoli mavjudligini ifoda qiladi. Taniqli 
lug‘atshunos S.N. Ojegovning rus tili lug‘atida “risk” bu 
“muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisa, umid” degan ma’noni 


56 
anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera lug‘atida riskga “xavf, zarar 
yoki talofat ko‘rish ehtimoli”, deb qaralgan. V.T. Sevruk
3
“risk – bu 
zarar ko‘rish yoki manfaatni qo‘ldan chiqarish bilan bog‘liq 
ehtimollar o‘lchamidir”
4
degan ta’rif beradi. 
Professor V.M.Usoskin “Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, 
o‘z navbatida oldindan ko‘ra bilish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan 
voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi”
5
deb izohlaydi. Ba’zi mualliflar 
tomonidan risk bu noaniqlik deb ta’riflanadi. 
Y.S.Stoyanova “Risk bu rejalashtirilgan variantga nisbatan 
daromad ola olmaslik yoki zarar ko‘rish ehtimolidir”
6
deb ta’rif 
keltirsa, boshqa bir guruh mualliflar
5
risk bu korxona resurslarining 
bir qismini yo‘qotish yoki daromad ola olmaslik, qo‘shimcha 
xarajatlar qilish xavfidir, deb uqtirishadi. 
Ba’zi bir iqtisodchilar riskni «xavf-xatar» deb ifodalaydilar. 
Ba’zi olimlar riskni «tavakkalchilik» deb ifodalasalar, boshqalari 
riskga «xato», «ikkilanish», «noaniqlik», «mavhumiylik» va 
hokazolar deb ta’rif berish to‘g‘riroq, degan xulosa qiladilar.
7
Har bir faoliyatni amalga oshirishda ikkilanish yoki xavf-xatar 
bo‘lishi mumkin. Lekin ularni risk mazmunida ifoda qilib 
bo‘lmaydi.
Bugungi kunda mamlakatimiz banklari o‘z tasarrufidagi 
resurslaridan to‘liqligicha real sektorni kreditlash uchun foydalan-
mayotganligi achinarli hol. Bundan kelib chiqib, iqtisodiyotning real 
sektori ehtiyojlarini moliyalashtirish maqsadida ortiqcha bank 
likvidliligidan voz kechish, ushbu resurslardan real iqtisodiyotni 
kreditlash orqali samarali foydalanish lozim.
Aslida, «risk» so‘zi italyancha «risk» so‘zidan olingan bo‘lib, 
«suv ostidagi qoyatosh» ma’nosini anglatadi, ya’ni qadimda 
dengizchilar suv osti toshlarining chiqib qolishi xavfi – risk deb 
3
Севрук В.Т. Банковские риски. М.: Дело., 1995 г.. с. 3 
4
Ольшаннов А.И.. Банковское кредитование. М.: РДЛ., 1997 г.с.34. 
5
Усоскин В.М. Современный коммерческий банк. – М.: Финансы и статистики, 2003. 26 - б. 
6
Стоянова КС. Финансовый менеджмент. - М.: Дело, 2002. – 121 с. 
5
Грабовой П.Г., Петрова С.Н., Полталцев С.И. и др. Риски в современном бизнесе. М.: Алянс.. 1994 г. 
С.27. 


57 
atalgan
8
.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida risk bu – tadbirkorlikning eng
asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Riskning o‘ziga xos 
xususiyatlari bu – noaniqlik, kutilmagan holat, ishonchsizlik va 
tahmin. Siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida risk 
darajasi oshadi.
Riskning ikkita funksiyasi bor: rag‘batlantiruvchi va 
himoyalovchi.
Riskning rag‘batlanturuvchi funksiyasining ikkita jihati bor, 
ya’ni konstruktiv va destruktiv. Konstruktiv jihati shunday bir 
holatda yuzaga keladiki, bunda risk iqtisodiy qarorlarni hal 
qilishda katalizator rolini o‘ynaydi, ayniqsa, innovatsion, 
investitsion qarorlarni qabul qilishda. Destruktiv ko‘rinishi esa 
asoslanmagan risk bilan qabul qilingan va amalga oshirilgan 
qarorlar natijasida yuzaga keladi.
Riskning himoyalovchi funksiyasi ham ikki jihatga ega: 
tarixiy-genetik va ijtimoiy-huquqiy. Tarixiy-genetik jihati 
shundan iboratki, insonlar doimo stixiyali tarzda kutilmagan 
noxush voqealardan o‘zlarini asrash shakllari va vositalarini 
izlaydilar. Amaliyotda bu sug‘urtalangan rezerv fondlarini 
tashkil 
etish, 
tadbirkorlik 
risklarini 
sug‘urtalash kabi 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy-huquqiy jihati esa, 
xo‘jalik, mehnat, jinoiy qonun hujjatlari to‘plamida risk 
kategoriyalarini joriy qilishda namoyon bo‘ladi.
Bulardan tashqari, riskning yana quyidagi xususiyatlari 
mavjud bo‘lib, ular qarama-qarshilik, alternativlilik va 
noaniqliklardir.
Qarama-qarshiliklar quyidagilarda namoyon bo‘ladilar: risk 
bir tomonlama muhim iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-axloqiy 
natijalarga olib keladi, ya’ni ijtimoiy, texnik rivojlanishni 
tezlashtiradi, jamiyatning fikr va ma’naviy muhitiga ijobiy ta’sir 
qiladi. Ikkinchi tomonlama esa, aksincha, ta’sir qilishi mumkin, 
8
А.Oʼlmasov, Sharifxodjaev M. Iqtisodiyot nazariyasi. T.: Mehnat., 1995 yil, 387-b. Аbdullaev Yo, Boboqulov 
T. Kredit.100 savolga 100 javob.T.: 1996 y., 80-b. 


58 
ya’ni risk ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishga to‘sqinlik 
qilishi mumkin. 
Alternativlilik – bu bir yoki bir qancha ko‘rinishdagi 
qarorlarni tezlik bilan tanlashda namoyon bo‘ladi. Tanlash lozim 
bo‘lmagan joyda riskli jarayonlar ham vujudga kelmaydi va risk 
bo‘lmaydi.
Noaniqlilik, bu, albatta, noaniq, ya’ni kutilmagan holatlar 
bilan bog‘liq. Uning yuzaga kelish va tus olish shakli noaniq 
bo‘lib qolaveradi. A.Marshal, Dj.fon Neyman, O.Morgenshtern, 
F.Naytlar riskga quyidagicha yondashganlar
9
: «Risk va noaniqlilik 
kategoriyasi iqtisodiy munosabatlarda katta rol o‘ynaydi. Xo‘jalik 
faoliyatining ajralmas qismi bo‘lgan noaniqlilik barcha murakkab 
va muhim iqtisodiy hodisalarning asosida yotadi. Noaniqlilik 
mohiyati riskda namoyon bo‘ladi». 
O‘tgan asrning 20-yillarida F.Nayt
10
birinchilardan bo‘lib 
daromad doim noaniqlilik bilan bog‘liq, degan fikrni olg‘a suradi. 
Bank mijozning foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan, 
demak, o‘zining manfaatini ham amalga oshirgan bo‘ladi. 
Banklarning kelajakdagi yangi xizmat turlarini kengaytirish va 
mijozlarni yanada jalb qilish maqsadi yuzasidan; “Zamonaviy 
bank xizmatlari bu tarmoqning kengayishiga turtki bo‘ladi”, deydi 
amerikalik tahlilshunos olima Keyt Stalter.
11
Shunday ekan, tijorat 
bankning mijozlarga nisbatan sheriklik munosabati o‘zaro 
manfaatdorlik qoidasiga asoslanishi lozim. P.Samuelson esa, 
quyidagilarni ta’kidlagan: «Noaniqlilik qarama-qarshiliklar natija-
sida kelib chiqadi, ya’ni insonlar nimalarni kutmoqdalar-u
nimalar sodir bo‘lmoqda, buning natijasi esa foyda yoki zararda 
namoyon bo‘ladi». 
Iqtisodiyotning tabaqalashgan darajasida risklarni quyidagicha 
ta’riflash mumkin: 
- iqtisodiy risk; 
- ijtimoiy-siyosiy risk; 
9
«Система страхования банковских рисков» Ю.А.Соколов, Н.А.Амосова, Москва-2003йил, 6-бет. 
10
«Система страхования банковских рисков» Ю.А.Соколов, Н.А.Амосова, Москва-2003йил, 7-бет. 
11
“The Future of Banking” by Kate Stalter, Contributor. U.S.News/Money/ June 29, 2015. 


59 
- fiskal-monetar risk. 
Iqtisodiy risk deganda, umumiy yirik tizim va uning tarkibi 
rivojlanishida
shu 
jumladan, 
agar 
bunday 
tizimning 
umumiqtisodiy muvozanatini va uning YaIMning o‘sish sur’atini 
jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotni chiqarish orqali 
o‘rnatish maqsadi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda ishlab chiqarish 
shakllarini oqilona uyg‘unlashuvini tanlashda yuzaga keladigan 
risklar majmui tushuniladi, davlatning antisiklik usullar va 
boshqalardan foydalanib samarali chora-tadbirlar o‘tkazishini 
taqozo qiladi.
Ijtimoiy-siyosiy risk
 
deganda, umuman yirik tizim va uning 
tarkibi rivojlanishida, shu jumladan, davlatning narxni shakllan-
tirish siyosatiga, shuningdek, mulk va intellektual boylik 
jamg‘armalarining manbalarini: 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish