Z. Mamadiyarov, A. Norov, O‘. Haydarov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/78
Sana16.10.2022
Hajmi2,53 Mb.
#853534
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78
Bog'liq
П BANK ISHI VA MOLIYA ASOSLARI

 
 
Nazorat uchun savollar 
1. “Pul aylanmasi” tushunchasining mazmuni va pul aylanma-
sining tarkibiy tuzilishini yoritib bering?.
2. Naqd pul aylanmasi, uni tashkil qilish prinsiplari va naqd 
pullarni muomalaga chiqarish va muomaladan olish tartibini 
yoritib bering?.
3. Naqdsiz pul aylanmasi, uni tashkil qilish prinsiplari, hamda 
naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi va uning elementlarini 
tushuntirib bering?.
4. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllarini va ularga tavsif bering?
5.“Umumiy to‘lov aylanmasi” tushunchasi va uning tarkibi 
hamda to‘lov aylanmasining tarkibini yoritib bering? 
6.O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlarini yoriting? 
7. O‘zbekiston Respublikasi pul tizimining rivojlanish 
bosqichlarini ochib bering? 


37 
3-MAVZU: BANK OPERATSIYALARI 
 
Reja: 
3.1. Banklarning turlari va ular faoliyatining o‘ziga xos 
xususiyatlari. Bank tizimi va uning elementlari.
3.2. Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari. 
Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi. 
3.3.
 
Markaziy bankning funksiyalari: emission funksiya; 
“banklarning banki” funksiyasi, “davlatning banki” funksiyasi, 
rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funksiyasi. 
Tayanch iboralar:
pul barqarorligi, emission, banklar banki, 
davlat banki, valyuta, zaxira, bank, tijorat banklar, markaziy bank, 
ikki pog‘onali bank, pul muomlasi, naqd pul emissiyasi
 
 
3.1. Banklarning turlari va ular faoliyatining o‘ziga xos 
xususiyatlari. Bank tizimi va uning elementlari 
Kredit tizimi deb kredit munosabatlar majmuasi va kredit 
munosabatlarni tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi kredit 
institutlar yig‘indisiga aytiladi. Kredit tizimi orqali huquqiy va 
jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh mablag‘lari yig‘iladi va 
korxona, tashkilotlarga, davlatga vaqtincha foydalanishga beriladi. 
Kredit tizimi bir necha bo‘g‘inlardan iborat bo‘lishi mumkin. 
Mablag‘larni jalb qilishi va taqsimlanishiga qarab kredit tizimi 
bo‘g‘inlari o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi. Jahon amaliyotida 
kredit tizimi o‘zining tashkil qilinish turiga qarab quyidagi 
guruhlarga bo‘linadi. 
- Markaziy bank 
- Tijorat banklar 
- maxsus-kredit institutlar 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki pog‘onali kredit bank tizimi 
ko‘p mamlakatlar iqtisodining asosi hisoblanadi. Bu Markaziy 
bank, bank institutlari va nobank kredit muassasalaridir. 
Bank institutlariga quyidagi banklar kiradi: 


38 
– tijorat banklar; 
– investitsiya banklari; 
– jamg‘armalar jalb qiluvchi banklar (O‘zbekistonda Xalq 
banki); 
– ipoteka banki; 
– savdo banklari; 
– tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha banklar;
– tarmoqlar bo‘yicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar. 
Nobank kredit tashkilotlarga: 
– investitsiya kompaniyalari; 
– sug‘urta kompaniyalari; 
– nafaqa va boshqa fondlar kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank – tijorat 
muassasasi bo‘lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo‘sh turgan 
pul mablag‘larini jalb qilish va ularni o‘z nomidan, to‘lovlilik, 
muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiya-
larini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi. 
Banklar – tovar-pul xo‘jaligining ajralmas atributidir. Tarixan 
bular yonma-yon rivojlanib keldilar. Shuning uchun qiymatning 
pul shaklining muomalasining boshlanishi bank ishining 
boshlanishi 
deb 
hisoblash, 
hamda 
bank 
faoliyatining 
rivojlanishidagi 
yetukligi 
doimo 
iqtisodiyotdagi 
tovar-pul 
aloqalarining rivojlanish darajasiga mos kelgan. 
Banklar-moliyaviy bozorning tashkiliy tuzilishining bir qismi 
bo‘lgan kredit tashkiloti bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarning 
vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini jamg‘rish, yig‘ish, 
jamlangan (akkumulyatsiya qilingan) mablag‘larni o‘z nomidan 
qaytarib 
berishlilik, 
muddatlilik 
asosida 
berish 
hamda 
mijozlarning topshirig‘iga ko‘ra, to‘lovlarni amalga oshirish 
vazifalarini amalga oshiradilar. 
Bu bankning ilk belgilari bo‘lib, ular, aslida, tarixan 
banklarning shakllanishidagi 3 asosiy yo‘nalishni o‘zida aks 
ettiradi. Banklar ma’lum belgilariga qarab quyidagi turlarga 
bo‘linadi. 
- mulk shakliga qarab: aksioner, noaksioner, kooperativ, 


39 
kommunal, davlat, aralash, xalqaro banklarga bo‘linadi; 
- kredit beruvchi banklarga; 
- milliy mavqeyi bo‘yicha: milliy va xorijiy banklarga; 
- faoliyat ko‘rsatishi va bajaradigan funksiyalariga qarab: 
depozit, universal, ixtisoslashgan banklarga bo‘linadi. 
Aksioner banklar aksioner kompaniyalar sifatida yuzaga 
kelgan banklar bo‘lib aksiyalar chiqarish hisobidan ular 
kapitalining asosiy qismi yuzaga keltiriladi. Ko‘pgina rivojlangan 
mamlakatlarda bank tizimining asosiy qismini aksioner banklar 
tashkil qiladi. 
Noaksioner banklar paychilar mablag‘lari hisobidan tashkil 
qilingan banklar bo‘lib, ular bir yoki bir necha shaxs ixtiyorida 
bo‘lishi mumkin. 
Mayda ishlab chiqaruvchilar, hunarmandlarning faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlash maqsadida kooperativ banklar tashkil qilinadi. 
Bu banklarning mablag‘lari ishtirokchilarning mablag‘lari hisobi-
dan vujudga keltiriladi va mijozlarga ularning faoliyatini 
rivojlantirish uchun yengil sharoitda kredit beriladi. Kommunal 
banklar ixtisoslashgan kredit tashkilotlar bo‘lib, kommunal 
xo‘jalik va uy-joy qurilishini kreditlash

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish