Z. Mamadiyarov, A. Norov, O‘. Haydarov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/78
Sana16.10.2022
Hajmi2,53 Mb.
#853534
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78
Bog'liq
П BANK ISHI VA MOLIYA ASOSLARI

 
va
 
moliyalashtirish bilan 
shug‘ullanadi. 
Davlat banklari davlat ixtiyorida bo‘lgan kredit muassasa 
bo‘lib, o‘zining birinchi kurtaklari qadimiy Rimda, Misrda, 
keyinchilik XVI-XVII asrlarda Yevropada vujudga kelgan.
Ixtisoslashtirilgan banklarning turdagi sifatida investitsiya, 
jamg‘arma, rivojlanish va taraqqiyot banklarini keltirish mumkin. 
Kredit tizimining yana bir qismi nobank kredit muassasalari 
bo‘lib, davlat va korxonalarni moliyashtirishi, uzoq muddatli 
kreditlash bilan shug‘ullanadi.
Kredit – bank tizimining shakllanishi va rivojlanishi – 
iqtisodiy islohatlarni amalga oshirilishining ajralmas belgilaridan 
(xususiyatlaridan) biridir. Bu shu bilan ta’kidlanadiki, bank tizimi 
har qanday turdagi iqtisodiyotning markaziy tizimini tashkil 
qiluvchi unsurlaridan hisoblanadi. Bank tizimi vaqtinchalik bo‘sh 
turgan pul mablag‘larini akkumulyatsiya qilish funksiyasini 


40 
amalga oshiradi. Bank tizimining muvoffaqiyatli ishidan 
iqtisodiyotni samarali faoliyat ko‘rsatishi, umuman olganda, 
mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bank deb, pul 
mablag‘larini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa 
har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga 
aytiladi. 
Agar mamlakatda yetarli darajadagi bank faoliyatini ko‘rsata-
yotgan banklar, kredit tashkilotlar hamda iqtisodiy tashkilotlar 
mavjud bo‘lsa, u holda bank tizimi mavjudligi to‘g‘risida gap 
yuritsa bo‘ladi. Ushbu sharoitda banklar va kredit tashkilotlari turli 
shakllarida hamda doimo o‘z mijozlari – iqtisodiyot subyektlari, 
Markaziy bank, boshqa organlar, davlat hokimiyatlari va davlat 
boshqaruv organlari, o‘zaro yoki yordamchi tashkilotlar bilan 
muloqotda (munosabatda) bo‘lib turadilar. 
Bank tizimi – tashkiliy tuzilma sifatida yirik tizim bo‘lib – 
mamlakatning iqtisodiy tizimiga kiradi. Bu shuni bildiradiki, 
banklarning faoliyati va rivojlanishini moddiy va nomoddiy 
ne’matlarni ishlab chiqarish, muomala va iste’mol qilish bilan 
bog‘liq holda ko‘rib chiqish zarurdir. O‘zining amaliy faoliyatida 
banklar xo‘jalik hayotini tartibga solish mexanizmi bilan uzviy 
ravishda bog‘liq. 
Tijorat banklarini belgilariga qarab quyidagi turlarga bo‘lish 
mumkin. Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat, bankiga, 
aksiyador banklarga, kooperativ, xususiy, mintaqaviy, aralash 
mulkchilikka asoslangan banklarga bo‘linadi. Aksiyador banklar 
aksiyador jamiyat kabi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi aksiyador 
banklar bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar safiga kirish aksiyalarni 
sotib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy 
shaxslar banklarning aksiyalarini sotib olishi va aksiyador 
bo‘lishlari mumkin. 
Ba’zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil 
qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham 
huquqiy va jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. 
Xususiy banklar – jismoniy shaxsning pul mablag‘lari hisobi-
dan tashkil qilingan banklar hisoblanadi. 


41 
Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro, respublika, 
mintaqaviy, viloyat banklariga bo‘linishi mumkin. 
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklar – universal 
va maxsus banklarga bo‘linadi. 
Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, har xil 
xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Maxsus 
banklar ma’lum yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatib, o‘z faoliyatini 
shu 
yo‘nalishlarda 
yutuqlarga, 
samaradorlikka 
erishishga 
bag‘ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi 
banklar, eksport-import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, 
investitsiya banklari, ipoteka-zamin banklari kirishi mumkin. 
Segmentlangan bank tuzilmasi tijorat va nobank kredit 
tashkilotlariga faoliyat muhitini (operatsiyalarini) qat’iy qonuniy 
tomonidan chegaralab qo‘yilishini bildiradi. Bunday holat hozirda 
AQSh, Yaponiya, Kanada kabi davlatlarda mavjud bo‘lib ularda 
korparativ mijozlarning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va 
joylashtirish operatsiyalari bilan shug‘ullanishlari ta’qiqlanadi. 
Biroq, bugungi kunda AQSH 1933-yilda qabul qilingan Glass-
Stegal qonuni bekor qilinishi kutilmoqda. 
Ammo, rivojlangan mamlakatlarga bir yoki ikki pog‘onali 
bank tizimi xosdir. 
Bir pog‘onali bank tizimi varianti mamlakatda yagona 
markaziy bank hali mavjud bo‘lmasa yoki bitta markaziy bankdan 
iborat bo‘lsagina, real (haqiqatda) mavjud bo‘lishi mumkin. 
Ammo sivilizatsiya darajasidagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga 
ikki pog‘onali bank tizimi xos. Bunda birinchi pog‘ona banklari-
bu Markaziy bank, ikkinchi quyi pog‘ona esa – tijorat banklari va 
kredit tashkilotlaridir. 
Markaziy bank – bank tizimi mavjud bo‘lgan barcha davlatlar 
pul-kredit tizimining asosini tashkil qiladi. Markaziy bankning 
moliya bozoridagi o‘rni mamlakatda bozor munosabatlarining 
rivojlanish darajasiga va xususiyatiga bog‘liq. 
Bu esa o‘z navbatida, ikki pog‘onali bank tizimi 
shakllanishiga asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Chunki buning 
tepasida Markaziy bank turadi. 


42 
Ikki 
pogonali 
bank 
tizimining 
zarurati 
bozor 
munosabatlarining qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir 
tomondan, bu xususiy moliya mablag‘laridan erkin foydalanish 
huquqini talab qiladi. Bu quyi pog‘ona banklar – tijorat banklari 
orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni 
ma’lum miqdorda tartibga solish, nazorat qilish, maqsadli 
yo‘naltirish zarur. Bunday maxsus institut sifatida Markaziy bank 
yuzaga chiqadi. 
Bank faoliyati maxsus litsenziya asosida amalga oshiriladigan 
faoliyatdir. O‘zbekiston Respublikasi Tijorat banklari Markaziy 
bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida faoliyat olib 
boradilar. Ularga qo‘shimcha litsenziya zarur emas (faqat valyuta 
operatsiyalaridan tashqari).
Bozor iqtisodiyoti va jahon xo‘jaligi rivojlanishi bilan bank 
tizimi ham rivojlana boradi. Hozirgi sharoitda banklar faqat sof 
bank operatsiyalarini emas, balki boshqa turdagi operatsiyalarni 
ham bajaradi. 
Tijorat banklari quyidagi operatsiyalarni bajaradi: 
- passiv operatsiyalar; 
- aktiv ssuda operatsiyalari; 
- bank xizmatlari va vostitachilik operatsiyalari; 
- bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan ope-
ratsiyalar va boshqalar. 
Shu bilan birga banklar moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan 
moliyaviy muassasalarga aylanmoqda, bu bank balansida aks 
ettirilmaydi, lekin juda katta daromad keltiradi. Masalan: banklar 
valyuta operatsiyalarini bajarganda sarroflar-brokerlar sifatida 
maydonga chiqadilar va katta miqdorda vositachilik haqi oladilar. 
Lekin bu operatsiyalar bank balansida aks ettirilmaydi. Hozirgi 
paytda yirik tijorat banklari qariyb 350 turdagi moliyaviy xizmat 
ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida»gi qonunida tijorat banklarining quyidagi operatsiyalari 
qayd qilingan: 
1.
Mijozlarning hisob varaqalarini olib borish: 


43 
2.
Mijozlarga kassa xizmati ko‘rsatish: 
3.
Mijozning topshirig‘iga binoan naqd pulsiz hisob-kitoblarni 
bajarish: 
4.
Qisqa yoki uzoq muddatli kreditlar berish: 
5.
Shartnoma 
yoki 
pullik 
asosida 
buyurtmachining 
topshirig‘iga binoan kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan 
ta’minlash: 
6.
Bo‘sh pul mablag‘lari – depozitlarini muomalaga jalb 
qilish: 
7.
Aholidan omonatlarni qabul qilish: 
8.
Faktoring operatsiyalarini amalga oshirish: 
9.
Lizing operatsiyalarini amalga oshirish: 
10.
Tijorat banki davlatning hamda boshqalarning qimmatli 
qog‘ozlarini xarid qilish va sotish: 
11.
Xorijiy valyuta va qimmatli metallarni xarid qilish va 
sotish: 
12.
O‘z mijozlari uchun kafolat va majburiyatlar berish: 
13.
Byudjetning kassa ijrosini bajarish: 
14.
Bank operatsiyalari bo‘yicha maslahatlar berish va boshqa 
operatsiyalar. 
Ular orasida eng ko‘p tarqalgani veksellarni hisobga olish 
usulidir. Bank veksel saqlovchidan naqd hisob-kitob qilish yo‘li 
bilan veksel sotib oladi. Unda qayd etilgan summadan hisobga 
olish foizini - ko‘rsatilgan xizmat uchun haq sifatida ushlab qoladi. 
Veksel bo‘yicha to‘lov muddati kelganida bank uni vekselni 
sotgan veksel saqlovchiga emas, balki vekselni bergan shaxsga 
taqdim etadi. 
Qimmatli qog‘oz garovga olinib, beriladigan ssudalar, 
shuningdek, mana shunday qog‘ozlarni xarid qilish bo‘yicha 
operatsiyalar fond operatsiyalari deb yuritiladi. 
Tovar evaziga beriladigan ssudalar omborlar, yo‘ldagi va 
savdo aylanmasidagi bo‘lgan tovarlarni garovga olib taqdim etildi. 
Ssudalar o‘z muddati to‘lanmagan hamma hollarda garovga 
qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar va tovar moddiy boyliklari bank 
ixtiyoriga mulk bo‘lib o‘tadi. To‘lov qobiliyatiga shubha 


44 
bo‘lmagan yirik mijozlarga bank hech qanday ta’minotsiz ssudalar 
yoki bank kreditlari deb ataladigan qarzlar beradi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish