Z. Mamadiyarov, A. Norov, O‘. Haydarov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/78
Sana16.10.2022
Hajmi2,53 Mb.
#853534
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
Bog'liq
П BANK ISHI VA MOLIYA ASOSLARI

Pul aylanmasining tarkibi quyidagi qismlardan tashkil topadi: 


21 
1.
Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi naqd pul 
aylanmasi. 
2.
Tijorat banklari o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi. 
3.
Banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi naqd pul 
aylanmasi. (barcha naqd pul ko‘rinishidagi pullarini tijorat 
banklariga topshirishlari shart. Tijorat banklari o‘z mijozlariga 
naqd puldagi xarajatlarini moliyalashtrish uchun naqd pullar 
beradi: (Ish haqi, mukofot, mehnat ta’tili pullari va boshqalar.) 
4.
Tashkilotlar bilan tashkilotalar o‘rtasidagi naqd pul aylan-
masi. 
5.
Tashkilotlar va ularning xodimlari o‘rtasidagi naqd pul 
aylanmasi. 
6.
Fuqarolar o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi. 
Hozirgi davrda AQSH, Germaniya, Fransiya, Kanada va 
Braziliyada muomaladagi naqd pul tendensiyasi kuzatilmoqda. 
Lekin bu davlatlarda naqd pullarning muomladagi pul massasining 
salmog‘i yuqori emas. 
Kanada – 3.6% 
Braziliya – 3.8% 
AQSH – 4.9% 
Fransiya – 8.5% 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkichning salmog‘i 
ancha yuqoridir. Masalan, Rossiyada bu ko‘rsatkich 29% ni tashkil 
etadi. Naqd pul aylanmasi bir qator kamchiliklarga ega: 
-
Naqd pullarni emissiya qilish, tashish va saqlash katta 
xarajatni talab etadi. Markaziy banklar emissiya xarajatini 
kamaytrish uchun kupyuralarning nominalini yiriklashtirishga 
majbur bo‘ladilar. 
-
Naqd pullarni olib yurish xavflidir. 
-
Naqd pullar bilan hisob-kitob qilish soliq to‘lashdan qochish 
imkonini beradi. 
-
Naqd pul aylanmasi terrorizmni moliyalashtrish bilan 
bog‘liq 
-
Naqd pullar va inflyatsiya o‘rtasida bevosita aloqadorlik 
mavjud.


22 
Naqd pul aylanmasini tashkil qilish quyidagi prinsiplar 
asosida amalga oshiriladi: 
1. Naqd pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solishni 
me’yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi. Masalan, Markaziy 
bankning kassa operatsiyalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi 
yo‘riqnomasi muhim me’yoriy hujjat bo‘lib hisoblanadi.
2. Barcha korxonalar va tashkilotlar o‘zlarining naqd puldagi 
mablag‘larini tijorat banklarida saqlashlari shart. 
3. Korxonalar va tashkilotlarga kassada kichik miqdorda naqd 
pul saqlab turishga ruxsat etiladi. Buning uchun ularning kassasiga 
tijorat banklari tomonidan limit belgilanadi. Bu limit ko‘zda 
tutilmagan xarajatlar uchun ajratiladi. 
4. Naqd pullardan maqsadli foydalanish prinsiplari. 
Banklardan korxonalar naqd pullarni pul cheklari orqali 
oladi. Pul chekida nima maqsadda naqd pul olinayotganligi ko‘r-
satiladi. 
Naqd pullarning darajasiga baho berish uchun xalqaro amali-
yotda iqtisodiyotda naqd pullarning yetarliligi degan ko‘rsatkich 
qo‘llaniladi.
M0/YaIM*100% 
M0 – Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jami 
naqd pullar
1-yanvar holatiga
Germaniyada – 8.9% 
Fransiyada – 8.5% 
Rossiyada – 10.9% 
AQSH – 6.9% 
Kanadada – 3.6% 
Taraqqiy etgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkichning darajasi 
past. Buning bir qancha sabablari bor. Ulardan asosiylari ikkita: 
1.
Naqd 
pulsiz 
hisob-kitoblar 
tizimi 
yuqori 
darajada 
rivojlangan. Naqd pul muomalasi bilan asosan aholi shug‘ullanadi. 
Plastik 
kartochkalarga 
asoslangan 
to‘lov 
amaliyotining 
rivojlanganligi naqd pullarga bo‘lgan talabni qisqartirish imkonini 
bergan.


23 
2.
Xufyona iqtisodiyotni kichik salmoqqa ega ekanligi. 
Plastik kartochkalar mo‘ljallanishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 
-
Shaxsiy kartochkalar – bu kartochkalar banklar tomonidan 
jismoniy shaxsga beriladi. 
-
Koorporativ kartochkalar – bu yuridik shaxslarga beriladi. 
Bu kartochkadan korxonaning xodimlari foydalanishi mumkin. 
Plastik kartochkalar ishlash rejimiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi: 
1.
Ofline 
2.
Online 
Plastik kartochkalarning to‘lovni amalga oshirish xususiyatiga 
ko‘ra: 
1.
Debetli kartalar – bu kartalar faqat plastik karta hisob 
raqamidagi pul mablag‘lari doirasida to‘lovlarni amalga oshirish 
imkonini beradi. 
2.
Kreditli kartalar – plastik hisob raqamdagi pul tugaganini 
keyin ham tijorat bankining krediti hisobiga to‘lovni amalga 
oshirish imkonini beradi. 
Yaponiyaning Tashshiba kompaniyasi Supersmartkardni 
chiqardi. Bu istagan joyda to‘lovni amalga oshira oladi. 
Mamlakat 
iqtisodiyotining 
rivojlanganlik 
darajasi 
pul 
aylanmasining tarkibiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 
taraqqiy etgan mamlakatlarda iqtisodiyotning pul mablag‘lari bilan 
ta’minlanganlik darajasi yuqori bo‘lganligi sababli, tovar pul 
munosabatlarida to‘lovsizlik muammosi mavjud emas. 
Taraqqiy etgan mamlakatlarda naqd pulsiz hisob-kitoblar 
tizimining rivojlanganligi naqd pullarga bo‘lgan talabning 
kamayishiga olib keldi. Bu esa pul aylanmasi tarkibida naqdsiz 
yuqori va barqaror darajada saqlash imkonini beradi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish