Z. Mamadiyarov, A. Norov, O‘. Haydarov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/78
Sana16.10.2022
Hajmi2,53 Mb.
#853534
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78
Bog'liq
П BANK ISHI VA MOLIYA ASOSLARI

“pulni yaratish”.
Pulni yaratish bu pulni 
“ishlab chiqarish”
bilan 
cheklanmasdan, buning o‘rniga bank rezervlaridan 
“tomchilanma”
usulida ham pulni ko‘paytirish mumkin”, deydi xorijlik olim Stefan 
D.Simpson.
14
Har qanday mamlakatda emissiya banklari kredit tizimining 
markazi hisoblanadi, ularga davlat banknotalar chiqarish, emissiya 
uchun monopoliyalik huquqini beradi. Ular boshqa banklarni 
kreditlaydi va shu ma’noda banklarning banki sanaladi. Bizning 
mamlakatimizda kredit tizimining markazi, emissiya banki va 
banklarning banki O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
hisoblanadi. 
Ma’lumki, tijorat banklarida risklarni minimallashtirishga risk 
strategiyasini ishlab chiqish orqali erishish mumkin. 
Bank riskini boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini 
oldindan xom cho‘t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan salbiy 
holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yoki ularning ta’sirini kamaytirish 
borasida chora-tadbirlar, usullar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. 
Bank riskini boshqarish tizimining obyekti banklar faoliyatida 
yuzaga keluvchi risklar bo‘lsa, uning subyekti sifatida riskga o‘z 
ta’sirini o‘tkazuvchi guruh, bank bo‘limi hodimi yoki menejeri 
14
“The Banking System” by Stephen D.Simpson, CFA. Investopedia 2016


67 
hisoblanadi. 
Bank risklarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun 
bank faoliyatini chuqur bilish, bank bajaradigan operatsiyalarning 
samaradorligini aniqlay bilish, bankning kredit, investitsiya, valyuta 
siyosati va boshqa faoliyatlari bo‘yicha optimal qarorlar qabul 
qilishga erishish, mijozlarning xo‘jalik faoliyati va ularning 
moliyaviy 
ahvoli, 
tarmoqlar 
faoliyatining 
xususiyatlari 
va 
boshqalarni bilish lozim. 
Bankning risklarni boshqarish strategiyasi bankning barcha 
imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, bankni rivojlantirish istiqbol-
larini belgilab berish va bank risklarini oldini olib banklar 
faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. 
Hozirgi paytda O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyotini shakllantirish jarayoni tijorat banklarining barqaror 
faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni ko‘zda tutadi. Chunki tijorat 
banklari bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri 
hisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat ahamiyatiga egadir.
Bank faoliyatida riskning yuzaga kelishi ba’zi bir salmog‘i, 
ta’siri, shakli jihatdan turlicha bo‘lgan noaniqliklar bilan bog‘liq 
bo‘ladi. Chunki bank faoliyati tashqi muhitga bog‘liq bo‘lib, unga 
obyektiv iqtisodiy va siyosiy jarayonlar va ulardagi bo‘ladigan 
o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatadi.
Bank faoliyatida risklarning yuzaga kelishining quyidagi 
sabablari mavjud: 
- bozorni yaxshi o‘rganmaslik; 
- resurslarni jalb qilish va ularni joylashtirish sohasida ma’lu-
motlarning yetarli emasligi; 
- kreditlanadigan loyiha, obyekt va mijozlar to‘g‘risida, ularning 
moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumot va axborotlarning to‘liq 
emasligi;
- tarmoqlar faoliyati xususiyatining inobatga olinmasligi; 
- subyektlar yoki mijozlarning ongi, saviyasi, mablag‘lardan 
foydalanish bo‘yicha bilimi va maqsadlarining turli xilligi va 
boshqalar hisoblanadi. Shu sababli bank risklarining iqtisodiy 
kategoriya sifatida ta’rifi uning obyektiv va subyektiv sabab va 
oqibatlarini o‘zida ifoda qilmog‘i lozim.


68 
Bugungi kunda biz bu sohani rivojlantirmasdan turib iqtisodi-
yotimizning kelajagini ta’minlay olmaymiz. “Aqlli biznes egalari 
bilishadiki, xodimlarni maqsad sari to‘g‘ri yo‘naltirish bu omad sari 
yetaklovchi kuchdir”,- deb ta’kidlaydi iktisodchi Jim Blasingeym 
o‘zining zamonaviy qarashlarida.
15
Risk darajasini baxolashga hamda uni kamaytirishga qaratilgan 
eng qadimiy choralardan biri bu risklarni sug‘urta qilish usulidir. 
Bugungi kunda respublikamiz tijorat banklarining bu usuldan 
foydalanishlari bir muncha kiyinroq bo‘lmoqda, chunki o‘tish 
davrida barcha MDH davlatlaridagi kabi bizning respublikamizda 
ham sug‘urta faoliyati yangi davr talablari ostida qayta 
tashkillashtirilmoqda va yangi o‘zlashtirilayotgan sohalar qatoriga 
kirmoqda. Bank risklarini paydo qiluvchi faktorlar asosida, eng 
avvalo, iqtisodiy hamda siyosiy faktorlar yotadi. Quyidagi
1-jadvalda bank risklarini boshqarish jarayonining vazifalarini 
belgilovchi to‘rtta asosiy bosqichi ko‘rsatilgan: 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish