Vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Download 186 Kb.
bet1/9
Sana15.12.2022
Hajmi186 Kb.
#886797
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xodimlarni tanlash



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
"Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar" fakulteti
"Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar" kafedrasi
"Industrial iqtisodiyot" fanidan tayyorlagan

Mustaqil ISHI

Mavzu:Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish.

Bajardi:3-kurs sirtqi iqtisodiyot oʻzbek guruhi
talabasi Asqarov Asrorbek
Ilmiy rahbar:Professor N. Moʻminov


Toshkent-2022
Mavzu: Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish.
Reja:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM

  1. Kadrlar tayyorlash siyosatida yangi bosqichi.

  2. Xodimlarni jalb qilish va xodimlarni boshqarish.

  3. Kadrlar lizingi ishga qabul qilishda yangi yondashuv sifatida.

  4. Ishga qabul qilish va tanlash jarayonini boshqarish.

  5. Xodimlarni tanlash jarayoni.

  6. Xodimlarni yollash samaradorligini baholash.

  7. Xodimlarni ishga qabul qilish va joy-joyiga qo‘yish.

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat barpo etishda, uning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda zamonaviy bilim va malakaga ega bo‘lgan professional kadrlar muhim o‘rin tutadi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida kadrlarni tanlash, ularni joyjoyiga qo‘yish, turli sohalar uchun tayyorlanayotgan xodimlarni o‘qitish masalasi bugungi davrimizning dolzarb vazifalaridan biridir.
Hayotimizdagi to‘xtovsiz texnik progress – mukammal texnologiya va malakali kadrlarga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Huquqiy davlatning asosiy maqsadlaridan biri turli kasb egalarining huquqiy ongini yuksaltirishdir. Bu esa ushbu munosabatlarning ilmiy jihatdan tadqiq etish, bu sohada bilim oluvchi talabalarda amaliy-ilmiy ko‘nikmalarni shakllantirishni o‘zida ifoda etadigan maxsus darslik va qo‘llanmalar yaratishni taqozo etadi. «Kadrlar bilan ishlashni tashkil qilish» fanidan tayyorlangan mazkur o‘quv qo‘llanma o‘quvchilarda xodimlarni joy-joyiga qo‘yish, ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari hamda ilmiy-amaliy yechimlari, xodimlar masalasining mehnat qonunchiligida tutgan o‘rni yuzasidan chuqur va keng bilimlarni shakllantirishdan iborat. Ushbu qo‘llanma fan sohasi sifatida «Ijtimoiy ta’minot huquqi», «Mehnat huquqi» fanlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi bilan bir qatorda alohida o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. «Kadrlar bilan ishlashni tashkil qilish» fani asosan korxona, tashkilot, muassasaning bir bo‘linmasi sifatida tashkil etiladigan xodimlar bo‘limining tuzilishi, asosiy vazifalari, kadrlar bo‘limi xodimining huquq va majburiyatlari haqida tushuncha beradi. Fanning asosiy maqsadi o‘quvchilarni kadrlar bo‘limining ish mazmuni bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘lib, uning predmetini tashkilot, muassasa, korxonalar (ish beruvchilar) bilan xodim o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Bu fan orqali mehnatga oid huquqiy munosabatlarning asosiy qoidalari xodimlarni ishga joylash, joy-joyiga qo‘yish qoidalari, xodim ishining asosiy vazifalari, xodimlarga qo‘yiladigan asosiy talablar, kadrmlar bo‘limida yuritiladigan hujjatlar, xizmat hujjatlarini rasmiylashtirish shartlari o‘rgatiladi.
«Kadrlar bilan ishlashni tashkil qilish» fanini o‘rganish jarayonida har bir o‘quvchi tegishli me’yoriy hujjatlar bilan yaxshi tanish bo‘lishi, ularni tushuna olishi, qonunchilikda yuz berayotgan barcha o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishi hamda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining kadrlar siyosatiga oid qonunlari,Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilayotgan qarorlar bilan muntazam ravishda tanishib borishi lozim.«Kadrlar bilan ishlashni tashkil qilish» fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmasi yuridik va ijtimoiy sohaga ixtisoslashtirilgan respublikamizdagi barcha kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari,xodimlar bilan ishlashni tashkil etish sohasida maxsus tadqiqot ishi olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar va soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
Amaliyotning ko‘rsatishicha, barcha korxonalarda, ayniqsa xususiy sektorda ishlab chiqarish jarayonida kadrlar siyosati tushunchasi va mohiyatini belgilashda yagona ilmiy asoslangan tushuncha yo‘q. Ammo uning ishlab chiqilishiga yondashuvlar xilma-xilligi iqtisodiyotimizni yanada rivojlanishi sharoitida uni asoslash, qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni taqozo etadi. Korxonaga (tashkilotga) istiqbolli va doimiy tarzda samarali iqtisodiy, ham ijtimoiy va psixologik osoyishta muhit yaratuvchi omil - ishlab chiqilgan kadrlar siyosati hisoblanadi. Hozirgi davrda kadrlar siyosatini har bir kompaniyadagi muhim strategik resurslar hisoblangan mutaxassislar nafaqat bilishi, tushunishi, balki so‘zsiz ijro etishi ham lozim. Buning uchun kadrlar siyosati asosida korxonani qanday mohirona boshqara olish kerak degan savolga bugun aniq javob berish mushkul, sababi milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida aniq maqsadli ishlab chiqilgan milliy kadrlar siyosati endi shakllanib kelmoqda.

Download 186 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish