Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

o‘q-yoyni kashf etdi
. Natijada chopqir, 
kichik tuyoqli hayvonlar va parrandalarni ov qilish imkoniyati paydo 
bo‘ldi. 
Bu davrning eng katta yutuqlaridan yana biri yovvoyi hayvonlar -it, 
qo‘y, echki kabilarning qo‘lga o‘rgatila boshlanib, 
xonakilashtirilishidir

Arxeologik tadqiqotlar natijalariga qaraganda, mezolit davriga kelib Old, 
Yaqin va O‘rta Osiyoning ba’zi joylarida termachilikdan yovvoyi 
o‘simliklarni xonakilashtirishga hamda ovchilikdan chorvachilikka o‘tish 
boshlanadi. Bu jarayon ilg‘or, unumdor ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
rivojlanish darajasi va tabiiy-geografik iqlim bilan bevosita bog‘liq edi. 
Mezolit davrining mashhur yodgorliklaridan biri Surxon vohasidagi 
Machay 
(Boysun) g‘or makonidir. Daryo sathidan 70 metrcha 
balandlikda joylashgan bu makon ko‘p qatlamli bo‘lib, ushbu 
qatlamlardan ko‘plab suyak va asosan tosh qurollar topilgan. Suyak 
qurollar bigiz, igna, so‘zan kabilardan iborat bo‘lsa, tosh qurollar -


26 
pichoqlar, arrasimon qurollar, kesgichlar, ushlatgich toshlar, nayza va o‘q 
uchlari kabilardir. Bu qurollarning o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lsa ham 
Janubiy Qozog‘iston va Yaqin Sharqdagi mezolit yodgorliklaridan 
topilgan tosh qurollarga o‘xshab ketadi. 
Machay makoni topilmalarining eng ahamiyatli tomoni shundaki, bu 
yerdan antropologik topilmalar - odam bosh suyaklari, tishi, jag‘i va 
boshqa a’zolari qoldiqlari topilgan bo‘lib, bu topilmalarni o‘rganish 
tadqiqotchilarga O‘rta Osiyoning janubi mezolit davri kishilarining 
yevropoid irqiga mansub ekanligini aniqlash imkonini berdi. 
Odam suyaklaridan tashqari Machayning madaniy qatlamlaridan 
bo‘ri, tulki, bars, mo‘ynali suvsar, quyon, jayra, olmaxon kabi 
hayvonlarning ham suyak qoldiqlari topilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, 
bu yerda 20 turdan ziyod hayvon suyaklari mavjud bo‘lib, ularning 
aksariyati mayda, sindirilgan va olovda kuydirilgan. Demak, machaylik 
mezolit davri odamlari olovdan keng foydalanganlar hamda hayvon va 
parranda go‘shtlarini olovda pishirib yeganlar. 
Farg‘ona vodiysidan mezolit davriga oid 
Obishir
g‘or-makonidan 
tosh qurollar, bigizlar, qirg‘ichlar, pichoq qadamalari topilgan. 
Shuningdek, topilmalar orasida yovvoyi hayvonlarning maydalangan va 
sindirilgan suyaklari, baliq tutishda ishlatiladigan qadoq toshlar ham bor. 
Topilgan ashyolarga asoslanib, obishirliklar baliqchilik, ovchilik va 
termachilik bilan shug‘ullangan deyishimiz mumkin. 
Keyingi 30-35 yil ichida Markaziy Farg‘ona hududlaridan 
Sho‘rko‘l, Achchiqko‘l, Yangiqadam, Bekobod, Zambar, Toypoqko‘l kabi 
80ga yaqin mezolit davri yodgorliklari aniqlandi. Ularning ko‘pchiligi 
ko‘l yoqalaridan topilgan bo‘lib aftidan bu joylar mezolit davri 
kishilarining yashashlari uchun ko‘pgina qulayliklarga ega bo‘lgan. Bu 
yerlardan topilgan ko‘pgina qurol va tosh buyumlar o‘zining nisbatan 
nozikligi, ixchamligi bilan paleolit davri qurollaridan ajralib turadi. 
Markaziy Farg‘ona tog‘lari orasida yashagan mezolit davri qabilalarining 
turmush tarzi yovvoyi hayvonlarni ovlash va termachilik bilan bog‘liq 
bo‘lib, Markaziy Farg‘onadagi mezolit davri qabilalari xo‘jalik hayotida 
ovchilik, termachilik hamda baliqchilik qulay tabiiy-geografik sharoiti 
mazkur hududlarda qadimgi odamlarning keng tarqalib yashashlari uchun 
keng imkoniyat yaratgan. 
O‘rta Osiyo tarixida 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish