Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

5. Urartu. Urartu tarixiga oid osur, urartu hujjatlari, podsho 

yozuvlari mavjud. Shuningdek, oz miqdorda xo‘jalik hujjatlari 

ma’lum. Xurritlarga qarindosh bo‘lgan Urartu (Uruatriy) qabi-

lalari  mil.avv.  1300-yillar  atrofida  qabilalar  ittifoqiga  birlash-

ganlar.  Mil.  avv.  IX  asr  o‘rtalarida  bu  ittifoq  Biayneli  («Van»; 

osurlar Urartu deb atagan) nomli davlatni barpo qildilar. Uning 

markazi Tushpa bo‘lib, Van ko‘lining sharqida joylashgan edi. 

Urartu davlati taraqqiyotining gullab-yashnagan davri pod-

sho Menua (810–786-yil) va uning vorislari hukmronligi vaqtida 

(mil.avv. IX asr oxirida), zaiflashgan davri Rusa I podsholigiga 

to‘g‘ri keladi. Davlat xo‘jaligining asosi sug‘orma dehqonchilik 

bo‘lib, ekinzorlarda erkin dehqonlar mehnat qilganlar. Asir qul-

lar ko‘p sonli bo‘lgan. Ular podsho xo‘jaligi, dehqonchilik va 

hunarmandchilik sohalarida ishlaganlar. Urartuning davlat 

boshqaruvi podshoning yakka hukmronligiga asoslangan. Pod-

sholarning eng birinchi vazifasi mamlakatni qudratli dushman 

– Osuriya bosqinidan himoya qilish edi. 

Urartu davlati uzoq vaqt Osuriya davlatining bosqiniga uchra-

di. Osuriyaning ko‘p sonli qo‘shinlari Urartu qal’a, shaharlarini 

talon-taroj qildilar. Mil.avv. VIII asr oxirida Urartuning diniy 

markazi – Musasir Osuriya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan. 

Podsholar Argishti va Sarduri II Osuriyaga qarshilik ko‘rsatish-

ga harakat qil dilar. Ular Osuriyaga qarshi turli koalitsiyalarga 

kirdilar, lekin Osuriya Kichik Urartuni o‘ziga tobe qildi. Bundan 

tashqari, ko‘chmanchi kimmeriylar Urartu shahar, qishloqla-

rini  taladilar.  Zaiflashib  qolgan  Urartu  mil.avv.  VI  asrda  Mi-

diya tomonidan bosib olindi. Urartuning madaniyati va iqtisodi 

to‘g‘risida arxeologik qazishmalar boy ma’lumot beradi. Teyshe-

bani (Karmir Bilur), Eribuni (qadimgi Yerevan) va Argishtixinili 

(podsho Argishti qurgan shahar) shaharlari kuchli fortifikatsiya 

inshootlari bilan o‘rab olingan. Teyshebani qal’asidagi ombor 

va oziq-ovqat saqlanadigan omborlarda birdaniga 5000 gektarli 

dala va uzumzorlar hosilini saqlash mumkin edi.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish