3. Frigiya. Mil.avv. XIII asr o‘rtalarida Bolqon yarim orollari-
dan o‘zini frig deb atagan qabilalar Kichik Osiyoga kirib keldilar.
Hududda mavjud bo‘lgan Xett davlati yemirilishida ham Frigiya
ma’lum bir rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Xettlar hududi ning
bir qismi friglarga o‘tgan. Friglar mahalliy etnoslarning bir qis-
mi – qisman mushklar bilan aralashib ketadi, oqibatda osu-
riyaliklar o‘z yozuvlarida Frigiyani «mushklar mamlakati» deb
tilga oladi. Yuz yildan keyin boshqa Bolqon qabilasi Qora den-
gizbo‘yi friglari Kichik Osiyoga kelib, bu yerdagi birinchi to‘lqin
– friglarni qisman assimilatsiya qilib, qisman siqib chiqardi.
Yangi etnos friglar Ilion (Troya) shahrini to‘la buzib tashladilar.
Mil.avv. VIII asr o‘rtalarida Frigiya davlati amalda butun Kichik
Osiyoni Egey dengizidan Tavr va Urartugacha bosib olib, o‘zini
gullab-yashnagan davriga kirdi. Frigiyaning poytaxti Sangariya
daryosi yoqasidagi Gordion shahri bo‘lgan. Shahar Frigiya dav-
latining asoschisi, kelib chiqishi dehqon bo‘lgan Gordion nomi-
ga qo‘yilgan. Bu g‘isht va toshdan qurilgan, keng darvoza, katta
qal’a minoralariga ega kuchli qal’a-shahar bo‘lgan. Gordiyning
o‘g‘li – Frigiya podshosi Midas otasi ilk marta shaharga kir-
gan jang aravasini markaziy maydonga qo‘yadi. Otlar qo‘shil-
gan bo‘yinturuqqa bog‘langan argonlarning tugilgan uchlarini
ko‘rish mumkin emas edi. Aytishlaricha, kim bu tugunlarni
yecha olsa, butun Osiyoning hukmroni bo‘lar ekan. Aleksandr
tugunni qilich bilan chopib tashlaydi va mana endi tugun
yechildi deb xitob qiladi.
Gordiyning o‘g‘li Midas davrida (mil.avv. 725–696-yillar atro-
fi) Frigiya o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Mil.
avv. 717-yil atrofida Midas qo‘shni Tavr va Kilikiyani bo‘ysundir-
di. Frigiya xalqaro savdo yo‘llari kesishgan hududda joylashgan
edi. Dehqonchilik, savdo-hunarmandchilik aholining asosiy
128
mashg‘uloti bo‘lgan. Davlat hokimiyati aholining keng qatlam-
lari manfaatini himoya qilib, faol tashqi siyosat olib borgan.
Osuriya mil.avv. XII asrda Frigiyani Sharqqa yurishini yuqori
Frotda to‘xtatdi. Frigiya Osuriya bilan raqobat qilib, qo‘shni Ta-
bal va Karxamish davlatlari bilan birga Osuriyaga qarshi ku-
rash olib bordi. Lekin Osuriya o‘z raqiblarini yakka tartibda
yanchib tashladi. Sargon II yilnomasida Frigiyaga qarshi g‘oli-
bona urush olib borilgani aytiladi. Tog‘lik hududdagi jang nati-
jasida osur qo‘shinlari 300 qal’a, 10 shaharni egallab, 2400 asir
oladilar. Natijada Frigiya Osuriya hokimiyatini tan olib, o‘lpon
to‘laydi. Shu bilan birga, mil.avv. VIII asr oxirida Frigiyaga g‘arb-
dan yunonlar, Misiya va Vifiniya, sharqdan kimmeriy qabilalari
hujum qiladilar. Afsonaga ko‘ra urushda Midas yengiladi, o‘z
joniga suiqasd qiladi. Oqibatda Frigiya podsholigi yemiriladi.
Uning hududi Lidiyaga o‘tdi, mil.avv. 546-yilda Lidiya bilan bir-
ga Frigiya Ahmoniylar davlati tarkibiga kirdi. Mil.avv. V asrning
oxiri IV asr boshlarida Frigiya ikki qismga: buyuk Frigiya va
Kichik Frigiyaga bo‘lindi.
O‘z tarixiy taraqqiyoti davomida Frigiyada o‘ziga xos madani-
yat yaratildi. Frigiyaning moddiy madaniyati, tasviriy san’ati
namunalari mavjud. Frigiyada ibodatxona va maqbaralarni
qoyatoshda bunyod qilish rasm bo‘lgan. «Midas maqbarasi»
qoyatoshga qurilgan, uning peshtoqi turar-joy ko‘rinishida
ishlangan. Frigiya san’ati o‘ziga xos loy relyeflar, rangli kera-
mika, muhrlar va haykallar tarzida berilgan. Bo‘g‘oz qoyada
ma’buda bilan musiqa asboblarini chalayotgan ikki musiqa-
chi haykallari guruhi topilgan. Frigiya musiqasini sharqiy
O‘rtayer dengizida yaxshi bilganlar va frigiyaliklarning mu-
siqa asboblaridan foydalanganlar. Frigiyaliklar alfavitli yo-
zuvni yaratdilar, fanda hozirgacha frigiyaliklarning alfavitli
yozuvini yunonlar o‘zlashtirganligi yoki frigiyaliklar orqali
qadimgi sharq xalqlari alfavitini yunonlar olgani faraz qilina-
di. Yunon mualliflari Gomergacha Frigiya Iliadasini yozgan
shoir Daret to‘g‘risida yozib qoldirganlar. Frigiya ma’budalari
Attisa va Buyuk ona Kibela antik madaniyatga kuchli ta’sir
o‘tkazdilar. Bu ma’budalarga Old Osiyoning boshqa hudud-
lardagi aholi ham e’tiqod qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |