Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

 osur podshosi Sinaxxerib tomoni-

dan mil.avv. 705–681-yillarda qurilgan, maydoni bo‘yicha Old 

Osiyoda eng katta shaharlardan biri Osuriya poytaxti Nineviya 

edi. Shahar 729,7 ga yerni egallab, shaharda 170 ming aholi 

yashagan. Amerikalik arxeolog K.Tompson 1932-yil Nineviya 

shahrida podsho Sinaxxerib qurgan, shaharni suv bilan ta’min-

laydigan akvedukni qazib topdi. 

Mesopotamiyaning eng katta madaniy va savdo-hunar-

mandchilik markazi Bobil shahri edi. Shahar asrlar davomi-

da shaklla nib, ulug‘vor inshootlar qurildi. Bobilda 200 ming 

kishi yashab, shaharda 2 xiyobon, 4 katta shoh ko‘cha, 53 

ibodatxona va 600 ziyo ratgoh bo‘lgan. Ayniqsa, Bobil shahri 

Yangi Bobil podsholigi davrida yuksalib, yangi saroylar, ibo-

datxona-zikkurat va mudofaa devorlari bunyod qilingan. Meso-

potamiya me’morchiligi o‘zining ulug‘vorligi, ulkan, hashamat-

li inshootlari bilan ajralib turadi. Me’morchilik san’ati yuksak 

darajada rivojlangan. Me’morlar sho‘rlash, zax va namlikka 

chi damli mustahkam inshootlarni qurganlar. Yangi Bobil pod-

shosi Navuxodonosor II Bobilni o‘tib bo‘lmas mustahkam devor 

bilan o‘rab oldi. Navu xodonosor II shunday yozuv qoldirgan: 

«Men Bobilni sharqdan mustahkam devor bilan o‘rab oldim. 

Men xandaq qazidim va uni yonbag‘irlarini asfalt va pishiq 

g‘isht bilan mustahkam ladim. Xandaq

 poydevorida baland va 

kuchli devor bunyod qildim. Men kedr yog‘ochidan keng dar-

voza yasadim va ularni mis taxtacha bilan qopladim. Yomon 

niyatni o‘ylagan g‘animlarni Bobilga yon tomonlardan kirmas-

liklari uchun men uni dengiz to‘lqinlari kabi kuchli suv bilan 

qurshadim. Men istehkomlarni puxta mustahkamladim va Bo-

bil shahrini qal’aga aylantirdim». 

Bobil shahrining tashqi devorlarda 100 bronza darvoza bo‘lib, 

devorlarning qalinligi shunday ediki, devor ustida bir necha jang 

aravasi bir qatorda yurgan. Frot daryosini Bobil shahri bo‘yicha 

qirg‘og‘i 30 km ga cho‘zilib ketgan, u ko‘priklar bilan shaharga 

qo‘shilgan. Shahar devorida 250 jangovor minorada qo‘riqchilar 

turgan. Ar xeologik qazishmalar bu fikrni tasdiqlaydi. 



122

Mesopotamiyada shaharlar hukmdorlar tomonidan obodon-

lashtirilgan. Bobildagi Ishtar darvozasi va unga boradigan tan-

tanalar ko‘chasi hashamatli qilib bezatilgan. Darvoza va ko‘cha 

rangli sopol plitkalar bilan qoplangan. Plitkalardan birida 

Navuxodonosorning shunday yozuvi saqlangan: «Men Navuxo-

donosor, Bobil podshosi, Nabopolasarning o‘g‘li Bobil ko‘chasi-

ni ulug‘ Marduk tantanalari uchun Shadudan tosh plitalar 

to‘shadim. Marduk ilohim, bizga abadiy hayot ba’g‘ishla». Ishtar 

darvozasi havorang sirlangan g‘ishtlar bilan qoplanib, oq, sariq 

yo‘l va relyef frizi bilan bezatilgan hamda sariq, qizil yo‘l bilan 

sherlarning yurishi tasvirlangan.

Podsho Navuxodonosor II o‘z rafiqasi bo‘lgan midiyalik ma-

lika Ametis (Semiramida) uchun qurgan osma bog‘lar (Afsona-

da malika Semiramida bog‘lari) ham Bobil shahrida bo‘lgan. Bu 

inshoot qa dimgi dunyoning yetti mo‘jizasidan biri hisoblangan. 

Umumiy maydoni 15 ming kvadrat metrni tashkil etgan ko‘p 

qavatli katta inshoot bo‘lib, unda salqin xonalar bo‘lgan. In-

shoot tomiga gullar, daraxtlar, butalar o‘tqazilgan. Osma bog‘ 

suv ko‘tarib beradigan chig‘ir bilan qullar tomonidan aylanti-

rilib sug‘orilgan. Bog‘ning har bir terassa sining maydoni g‘isht-

dan bo‘lib, uni salmoqli tosh ustunlar ko‘tarib turgan. G‘ishtlar 

ustiga tosh taxtalar, keyin qalin gips qatlami, qamish va asfalt 

to‘shalgan. Namlikdan qalin qo‘rg‘oshin taxtalar himoya qilgan. 

Bu plitalarga to‘kilgan tuproqda asriy daraxtlar ildiz larini er-

kin qo‘yishlari mumkin edi. O‘simliklar uchun kerakli suv eng 

yuqori qavatda joylashgan hovuzga Frot daryosidan nasoslar 

bilan ko‘tarib quyilgan. 

Osuriya kabi Bobilda ham qanotli ho‘kizlar, sherlar (shadu)

ning relyef tasvirlari va haykallari yuksak san’at asarlari his-

oblanadi. Qanotli ho‘kiz va sher haykallari saroylar oldiga qo‘yil-

gan. Ular saroyning homiysi va himoyachisi bo‘lgan. Britaniya 

muzeyida Ash shurbanipalning saroyidagi qanotli sher saqlana-

di. Osur podshosi Sargon saroyidan 26 juft ho‘kizning alebastr 

haykali topilgan. Me sopotamiya rassomlari jang manzaralari-

ning tantanali marosim yurishlarini juda yengil tasvirlaydilar. 

Yovvoyi hayvonlar, xonaki jonivorlar hayotiy – ingichka oyoqli, 

kishnab turgan otlar kabi yengil, ixcham gavdali itlar tasvirlari 

jonli aks ettirilgan. 

Mesopotamiyada shisha ishlab chiqarish juda erta mil. avv. 

XVII asrda boshlanadi. Temirdan foydalanish esa kechroq – 



123

mil.avv. XI asrga boshlanadi. Mesopotamiyaning ilmiy bilim-

lari, san’ati, me’morchiligi, dini, yozuvi va adabiyoti qadimda 

ko‘pgina sharq xalqlari madaniyati ravnaqining o‘lchov mezoni 

bo‘lib xizmat qildi. 

Mesopotamiya sivilizatsiyasining siyosiy nazariya va amaliyo-

ti, huquq, falsafa, tarixshunoslik sohalarida erishgan yutuqlari 

boshqa mamlakatlar tomonidan o‘zlashtirib olindi. Osuriyada 

shakllangan ma’muriy tizimni forslar o‘zlashtirib oldilar (mam-

lakatni sat rapliklarga bo‘lish, satraplikni fuqarolik va harbiy 

hokimiyatlarga a jratish). Ahmoniylar, keyin esa ellin davri hukm-

dorlari Mesopotamiya podsholarining saroy rasm-rusumlarini 

o‘zlashtirib oldilar.

Qudratli Osuriyaning oqsuyak-zodagonlari, saroy ahli qim-

matbaho qizil rangli zarbof kiyimlar, oltin-kumush, qimmat-

baho toshlar bilan ziynatlangan harbiy qurollar, yelpig‘ich 

va soyabon tutgan xizmatkorlar hamrohligida yurganlar. 

Podshoning o‘zi toj kiyib, oq uzun kiyim orqasiga tashlan-

gan ko‘k lentalar va qo‘lida podsholik ramzi bo‘lgan aso bilan 

fuqarolar ooldiga chiqqan. Podsho oliy kohin vazifasini bajar-

gani uchun uning kiyimida osuriyaliklar sig‘inadigan yulduz-

lar tasviri bo‘lgan.

Qadimgi shumerda harbiy san’at yuqori darajada rivojlangan. 

Dunyo harbiy san’ati tarixida ilk bor mil.avv. III ming yillikda 

shumer askarlari yog‘ochdan to‘rtburchak shakldagi, chetlari 

qisman mis parchalari bilan hallangan jangchi gavdasini to‘la 

yopadigan to‘rtburchakli qalqondan foydalanganlar. Bunday 

qalqonlar bir-biriga taqab qo‘yilib, butun bir askarlar qismini 

himoya qilgan. Shu tarzda qadimgi davrda ilk falanga yuzaga 

keldi. Shumer jangchilari dunyo tarixida birinchi bo‘lib, jan-

govar qalpoqlardan foydalanganlar. Mil.avv. III ming yillikka oid 

mis va oltin qalpoqlar Ur shahri podsho qabrlaridan topilgan. 

Ayniqsa, Osuriya qurol-yarog‘i haqiqiy san’at asari bo‘lgan, oliy 

navli po‘lat qilichlar, xanjarlar, qalqon va kamonlar mohirona 

tayyorlangan. Xanjar taqib yurish nasl-nasabi ulug‘ ekanidan 

dalolat bergan. Xanjarlarning sopi hayvon kallasi tasvirida na-

fis ishlangan. 



124


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish