129
Mil.avv. VIII asrda Lidiya Frigiyaga bo‘ysundi. Keyin esa Lidiya
mustaqillikka erishdi. Mil.avv. 685-yillar atrofida taxtni podsho
navkari Gig (Gug ) egallab olib, yangi Mermnad sulolasiga asos
soldi. Bu sulola davrida Lidiya buyuk davlat mavqeini oldi. Mil.
avv. 675-yildan Lidiya to‘la mustaqil bo‘ldi. Biroz vaqt o‘tmay,
Lidiyaga kimmeriylar bostirib kirdi. Lidiya podshosi Gig Osu-
riyaga yordam so‘rab murojaat qildi va Ashshurbanipal (mil.
avv. 667-yil) hokimiyatini rasman tan oldi. Osuriya bilan ittifoq
bo‘lib, kimmeriylar hujumi qaytarildi. Mil.avv. 654-yil Lidiya zaif-
lashgan Osuriya tarkibidan chiqib, Misr bilan ittifoq tuzdi. Mil.
avv. 644-yilda kimmeriylar Sardni bosib oldilar. Gig o‘ldirildi,
uning vorisi yana Ossuriyaga tobe bo‘ldi. Kimmeriylar skiflar
tomonidan tor-mor qilindi (mil.avv. 643-yil). Skif-Osuriya uru-
shi (mil.avv. 630-yillar oxiri ) Lidiyani mustaqil bo‘lishiga im-
kon yaratdi. Lidiya podsholar Aliat va uning vorisi Krez (mil.
avv. 561–547-yillar) davrida Kichik Osiyodagi Paflagoniya, Vifi-
niya viloyatlari bo‘ysundirildi. Lidiya, Galis daryosidan g‘arb-
dagi Likiyadan tashqari butun Kichik Osiyoni bo‘ysundirdi.
Lidiya iqtisodiyotida savdo-hunarmandchilik yetakchi o‘rin tut-
gan. Kichik Osiyoning qo‘shni hududlar bilan savdosida Lidiya
yetakchi o‘rin tutgan. Lidiya hokimlari savdo-hunarmand-
chilikka homiylik qilganlar. Poytaxt Sard shahri Kichik Osiyoda
savdo, madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan.
Lidiya iqtisodiyotida savdo-hunarmandchilik yetakchi o‘rin
tutgan. Kichik Osiyoning qo‘shni hududlar bilan savdosida
Lidiya yetakchi o‘rin tutgan. Lidiya hokimlari savdo-hunar-
mandchilikka homiylik qilganlar. Poytaxt Sard shahri Kichik
Osiyoda savdo, madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan. Lidiya dunyoda bi-
rinchi bo‘lib, oltin va kumushning tabiiy qo‘shilmasi – elektron
(mil.avv. VII asr) tangani zarb qildi. Oltin tanga VI asrda zarb
qilindi. Krez davrida savdo-hunarmandchilik gullab-yashnadi.
Partol daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Lidiyaning poy-
taxti Sard shahri yirik savdo-hunarmandchilik markazi edi. U
jun matolar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ammo mil.avv.
547-yilda Krez Sard shahri yonida Kayxusrav boshchiligidagi
fors qo‘shinlari tomonidan tor-mor qilindi va Lidiya fors davlati
tarkibiga kirdi.
Lidiya arxaik harbiy davlat edi. Podsho otliq qo‘riqchi va
muntazam qo‘shinga tayanib, davlatni boshqargan. Podsho ol-
dida zodagonlar kengashi va xalq yig‘ini bor edi. Lidiya tarixga
musiqa san’ati rivojlangan mamlakat sifatida kirdi.