Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

5. Xett diplomatiyasi. Xettlarning tashqi siyosatida diplo-

matiya muhim o‘rin tutgan. Ular Kichik Osiyo va Old Osiyo ning 

ko‘p davlatlari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatganlar. Bu alo-

qalar ko‘p hollarda maxsus shartnomalar bilan mustahkam-

langan. Xett arxivlarida Old Osiyoning boshqa mamlakatlari 

arxivlariga qaraganda, bir necha marta ko‘p miqdorda diplo-

matik hujjatlar saqlanib qolgan. Xettlar boshqa mamlakatlar 

bilan davriy ravishda elchilar orqali maktublar, sovg‘a-salomlar 

almashib turganlar. Davlatlar o‘rtasidagi aloqalar sulolaviy ni-

koh shartnomalari bilan mustahkamlangan. 

Podsho devonxonasida xalqaro aloqalarga maxsus muas-

sasa rahbarlik qilgan. Bu yerda elchilar, tarjimonlar, mirzolar 

ishlagan va shartnomalar matnlari tuzilgan. Shartnomalar, 

odatda, ikki tilda: biri xett tili, ikkinchisi akkat tilida tuzilgan. 

Davlatlararo shartnomalar matnlari podsho oldidagi kengash-

da muhokama qilingan. Shartnomalarga podsholar muhrlari 

tushirilgan. Matnlar loy, metall (kumush, jez, temir) taxtacha-

larga bitilgan. Shartnomalar matnlari yozilgan taxtachalar 

mamlakatning oliy xudolari haykallari oldida saqlangan. Chun-

ki xudolar shartnomaning bosh guvohlari sifatida kim uni buz-

sa, jazolash huquqiga ega bo‘lganlar. 



138

Xettlarning xalqaro shartnomalarining ko‘pchiligida Xett 

qo‘shinlarining harbiy g‘alabalari mustahkamlangan. Shu sa-

babli, ularda ko‘p hollarda tomonlarning o‘zaro munosabatlari 

teng huquqda bo‘lmagani ko‘rinadi. Xett podsholari ko‘pin-

cha qaram davlatni o‘lpon to‘lashga majbur qilganlar. O‘lpon 

to‘lovchilar har yili Xett podshosi oldiga kelishga, qaram davlat 

hududida joylashtirilgan Xett garnizonlariga g‘amxo‘rlik qilish-

ga, birinchi chaqiriq bilan Xett hukmdoriga qo‘shin bilan yor-

damga kelishga majbur qilinganlar. 

Qaram davlat har yili (ba’zida yilida uch marta) shartnoma-

ni o‘qishga majbur bo‘lgan. Qaram mamlakat hukmdorining 

o‘g‘illari, nevaralari va evaralari shartnomaga rioya qilishlari 

shart qilib qo‘yilgan. Xett diplomatik amaliyotining o‘ziga xos 

xususiyatlaridan biri xettlarning sulolaviy nikohlariga jiddiy 

e’tibor berganlaridir. Xett podsholari o‘z qizlari va opa-singilla-

rini boshqa podsholarning nikohiga berishga harakat qilganlar. 

Bu nikohlar har ikki tomonning o‘zaro munosabatlari barqa-

ror bo‘lishini ta’minlagan. Xettlar Xett malikalari turmushga 

chiqqanda,  albatta,  bosh  rafiqa  bo‘lishi  shartnomada  alohida 

qayd qilingan. Sulolaviy nikohlar vositasida Xett podsholari 

boshqa davlatlarda o‘z ta’sirlarini mustahkamlaganlar. Bun-

dan tashqari, chet davlat taxtining qonuniy vorislari hukmdor-

ning bosh rafiqasi o‘g‘illari bo‘lgan. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish