Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


 Yangi Xett podsholigi davrida iqtisodiy-ijtimoiy muno-



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

6. Yangi Xett podsholigi davrida iqtisodiy-ijtimoiy muno-

sabatlar. Yangi Xett davrining xo‘jalik va ijtimoiy munosabatla-

rini tavsiflovchi asosiy manba Xett qonunlaridir. 

Xo‘jalikning asosini dehqonchilik, chorvachilik va hunar-

mandchilik (metallurgiya va metallardan mehnat qurollari 

tayyorlash, kulolchilik, quruvchilik ishlari va h.k) tashkil qil-

gan. Dehqonchilikda sun’iy sug‘orish sezilarli bo‘lmagan. Sun’iy 

sug‘orish inshootlari cheklangan holatda barpo qilingan. Xo‘ja-

likda savdo ham muhim o‘rin tutgan. Yer egaligi podsho yer-

lari, ibodatxona yerlari, jamoa yerlaridan iborat bo‘lgan. Davlat 

yerlariga egalik qilish va foydalanish natural (saxan)



 va mehnat 

(lussi) majburiyatlarini o‘tash bilan bog‘langan. Saxan va lussi-

dan ibodatxona yerlari ozod qilingan. Podsho xizmatida bo‘lgan 

xususiy kishilarning yerlari, podshodan hadyaga olingan yer-

lar ham saxan va lussi bilan bog‘langan maj buriyatlardan ozod 

qilinishi mumkin bo‘lgan. Davlatning diniy markazlari bo‘lgan 

Arinna, Nerika va Siplanda shaharlarining kohinlari, to‘quvchi-

lari, xizmatchilari majburiyatlarni o‘tashdan ozod qilinganlar. 




139

 Hunarmandchilikning rivojlangani to‘g‘risida ma’lumot be-

radigan qonunlar va boshqa hujjatlarda temirchi, kulol, durad-

gor va tikuvchi kasblari tilga olinadi. Mehnat qurollari va har-

biy qurol-aslahalar ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo 

dastlab mis, keyinchalik qalay bo‘lgan. Temirdan faqat diniy 

marosimlar uchun haykalcha va boshqa buyumlar yasashda oz 

miqdorda foydalanilgan.

Xettlar davlatida podsho oilasi va podsho bosh kohin sifatida 

juda katta miqdorda yerga egalik qilgan. Podsho va ibodatxona 

yerlarida ishlovchilar o‘z yerlariga biriktirib



 qo‘yilib, turli soliq 

va majburiyatlarni o‘taganlar. Xett davlati ma’muriyati qaro-

riga ko‘ra ekin yerlari ishlovchilar va o‘z foydasiga soliq yig‘ish 

huquqi bilan podsho amaldorlari va ibodatxonalar ixtiyoriga 

berilganlar. Ayrim ibodatxonalar umumdavlat soliqlaridan ozod 

qiluvchi immunitet yorliqlarini olgan. Davlat va ibodatxona yer-

laridan tashqari, boshqa yerlar xususiy mulk bo‘lib, oldi-sotdi 

qilingan.

Xettlar jamiyatida barcha aholi ikki guruhga bo‘lingan: soliq 

to‘lovlari va boshqa majburiyatlarni o‘tovchi (podsho, ibodat-

xona yoki xususiy shaxs foydasiga) kishilar erkin bo‘lmagan 

mavqega ega bo‘lib, kamsitilganlar. To‘la ma’noda erkin kishi-

lar deb zodagonlar, amaldorlar, kohinlar va katta yer egalari 

hisoblanganlar. Xett davlati ma’muriyati tomonidan bosib ol-

gan hududlar boshqarilmagan, balki ulardan faqat xiroj olish 

bilan cheklangan. Qaram hududlar, davlatlarni o‘z mahalliy 

hokimlari boshqargan. Lekin ular turli to‘lov va majburiyatlarni 

o‘tashga majbur bo‘lgan. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish