qiluvchi ta’sir o‘tkazdi.
ga aylandi. Ittifoqning barcha qatnashchilari to‘la huquqli bo‘lib,
gan edi. Ittifoqchilar kengashiga har bir a’zo davlat bittadan
378
shaharlari o‘zlarida Afina tosh-tarozi va o‘lchov birliklarini joriy
qildi. Umumiy xazina Delosdan Afinaga ko‘chirildi.
Afinaliklar ittifoqchilarning to‘lov badali hisobiga Afinada
mashhur Propiley va Parfenon ibodatxonasini qurdilar. Afina-
ning bunday zo‘ravonligi ittifoqchilarning norozilik chiqishlariga
sabab bo‘ldi. Ittifoqchilarning chiqishlari afinaliklar tomonidan
shafqatsiz jazolandi. Masalan, jazolangan Tasos Afinaga o‘zi-
ning barcha kemalarini berish, devorlarini buzish, tovon to‘lash
va eski a’zolik badalini to‘lashni davom ettirishga majbur bo‘ldi.
Plutarxning yozishicha, «Ittifoqchilar xiroj to‘lovchilar va qullar-
ga aylandilar». Afinaning o‘z ta’sir doirasini yunon dunyosida
muntazam ravishda kengaytirib borishi Spartaning qarshiligiga
uchradi. Forslar bilan umumiy g‘alabadan so‘ng, har ikki dav-
lat o‘rtasidagi raqobat keskinlashdi. Forslar Egey dengizidan
siqib chiqarildi
, u yana «Yunon ko‘li» bo‘lib qoldi. «Kalliy» sulh
shartnomasi (mil.avv. 449-yil)dan so‘ng, forslarning dengiz flo-
ti Egey dengiziga kirishdan mahrum bo‘ldi. Eron quruqlikda-
gi qo‘shinlarini Kichik Osiyo qirg‘og‘idan uzoqda saqlab turish
majburiyatini oldi.
Mil.avv. V asrda yunon dunyosining siyosiy va madaniy hay-
otining markazi Kichik Osiyo va Egey orollaridan Bolqon Yuno-
nistoniga ko‘chdi. Yunon viloyatlari ichida Attika viloyatining
roli oshdi. Yunon-fors urushlaridan so‘ng Afinada keskin siyo-
siy kurash natijasida demokratik kuchlar Perikl boshchiligida
g‘olib chiqdilar. Periklgacha Efial’t islohot o‘tkazib, zodagonlar
areopagining siyosiy mavqeyini yo‘q qilgan edi. Areopag ixtiyo-
rida faqat qasddan odam o‘ldirish va diniy an’analarga qarshi
jinoyatlarni ko‘rib, sud qilish vazifalarigina qoldi xolos. Are-
opagning siyosiy funksiyalari Klisfen joriy qilgan Besh
yuzlar
kengashi va gelieyaga berildi.
Xalqaro savdodan manfaatdor bo‘lgan Afina savdogar-hu-
narmand va dengizchilari Afinaning yunon shaharlari ustidan
yetakchiligini mustahkamlashni talab qildilar. Ular ittifoqchi-
larga nisbatan qat’iy siyosat yuritish, Afinaning yunon dunyo-
siga boshchilik qilishiga qarshi turadigan har qanday kuchlar-
ga qarshi keskin kurash olib borishni talab qildilar. Afinada
zodagon Kleonning Periklga qarshi turishi tugatilgandan so‘ng,
demokratik harakat Afina siyosiy hayotida yetakchi o‘ringa
chiqdi. Besh yuzlar kengashining ta’siri kuchaydi. Bu kengash-
da aholining kambag‘al tabaqalarining ishtiroki uchun imkoni-
379
yatlar yaratildi. Gelieyada sudyalik vazifasini bajarish uchun
yoki Besh yuzlar kengashiga a’zolik uchun ish haqi to‘lashning
joriy qilinishi, hatto kambag‘allarga ham qur’a tashlash yo‘li
bilan saylanadigan 5 ming sudyadan biri bo‘lish imkoniyati-
ni berdi. Shahar aholisining o‘rta qatlami bo‘lgan zevgitlarga
ar xont vazifasini bajarishga ruxsat berildi. Tashqi siyosatda
Afina yunon dunyosiga hukmronlik qilish uchun faol harakat
qildi. Afinaning qo‘shni viloyatlarga taziyqi kuchayib, Sparta bi-
lan urush harakatlari olib borildi. Mil.avv. 445-yil Sparta bilan
30 yil muddatga tinchlik shartnomasi imzolandi. Ammo tinch-
lik 14 yil davom etdi. Keyin esa Peloponnes urushi boshlanib,
uzoq qa cho‘zilgan urush barcha yunon shaharlarini zaiflashtir-
di. Urush 27 yil davom etib, ko‘pgina shaharlar vayron bo‘ldi.
10 minglab kishilar qurbon bo‘ldi. Urf-odat va qonunlar poymol
qilindi. Yunon dunyosi shundan so‘ng tushkunlikka yuz tutdi.
Do'stlaringiz bilan baham: