3. Yunon-fors urushlaridan so‘ng Afina. Yunon-fors urush-
laridan so‘ng Afina tez tiklandi. Pirey porti qayta qurilib, o‘sha
davrda O‘rtayer dengizidagi eng yirik port hisoblangan Karfa-
gen portiga tenglashdi. Dengiz ittifoqiga yetakchilik qilgan Afina
yunon dunyosi dengiz savdosida ham birinchi o‘rinni egalladi.
Afina eksporti Shimoliy Qora dengiz, Sitsiliya, Apuliya, Etru-
riyani qamrab oldi. Egina, Korinf, Kerkira va boshqa shaharlar
savdoda Afinaning birinchiligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi.
Afina ijtimoiy qatlamlarida ham tegishli o‘zgarishlar yuz berdi.
Jamiyatda yetakchi o‘rinni savdo-hunarmand tabaqalari egal-
ladilar. Davlatning ichki va tashqi siyosatini ana shu tabaqalar
belgilar edi. Attika dehqonlari poytaxtni g‘alla bilan ta’minlay
olmas edilar. G‘allani Qora dengiz bo‘yidan yoki Italiyadan olib
kelish arzonga tushar edi. Qishloq aholisi ish topishi uchun
ko‘plab shaharlarga kelib o‘rnasha boshladilar.
Yunon shahar-davlatlarining hukmron tabaqalari qadimgi
sharq ning davlat apparati bilan bog‘langan, hukmron sinfdan
(saroy a’yonlari, amaldorlar, kohinlar, oqsuyak zodagonlar) farq
qilar edi. Yunon shahar-davlatlarining hukmron tabaqasi, kat-
ta yer egalari, boy savdogar – tadbirkorlardan iborat edi. Davlat
byudjetlari hisobidan hech yashamas, boylik xususiy tadbirkor-
lik savdo-hunarmandchilik faoliyati bilan orttirilgan. Qadim-
gi sharqdagidek hukmron tabaqa ulkan boylikka ega bo‘lmay,
fuqarolarning boshqa tabaqalari orasida boylik jihatdan katta
ajralish yo‘q edi. 2-3 talant (1 talant – 6 ming draxm) mulk
380
katta boylik hisoblanib, 10-15 talantlik mablag‘ga ega bo‘lish
katta mablag‘ hisoblangan. Katta boylikka ega bo‘lgan boylar
hashamat uchun soliq to‘laganlar. Davlat hokimiyati mulkiy
keskinlik ni doimo yumshatib, ijtimoiy muvozanatni saqlashga
harakat qilgan. Bundan tashqari o‘sha davrda tadbirkorlik bi-
lan katta boylik jamg‘arish juda qiyin bo‘lgan.
Mil.avv. V asr o‘rtalaridan Afinada hunarmandchilik va deh-
qonchilikda foydalaniladigan qullarning soni ko‘payib ketdi.
Afi na olib borgan ko‘plab urushlar natijasida Kichik Osiyo,
Frakiya va Illiriyadan qullar olib kelib sotiladigan Xios oroli-
dagi qul bozori iqtisodiyotining ishchi kuchiga bo‘lgan doimiy
ehtiyojni qondirdi. Qullarning soni keskin oshib ketdi. Malaka-
siz qul arzon bo‘lib, hunarga o‘rgatilgan qulning narxi 100-150
draxma belgilanar edi. Perikl davri Afinasida qullarni aniq soni
noma’lum. Taxminlarga ko‘ra, ular 400 mingtaga yetmagan.
Shahardagi eng boy odamlardan biri Nikiyning Lavrion ku-
mush konlarida ming quli, boy Gipponikning 600 quli bo‘lgan.
Oddiy hunarmandlarning ustaxonalarida 5 tadan 10 tagacha
qul ishlagan. Qalqon yasovchi usta Lisiyning ustaxonasida
120 qul bo‘lgan. Boy shaharliklar xo‘jaligida 10-20 qul mehnat
qilgan. Hunarmandchilik korxonalari, konlar, poliz, uzumzor
va zaytunzorlarda qullar mehnat qilgan. Afina shahar politsi-
yachilari asosan qullardan iborat bo‘lgan. Qullarga «gapiruvchi
qurol» deb qarashgan. Ularning hech qanday ijtimoiy huquqi
bo‘lmagan. Ishlab chiqarishda qullarning ko‘payib borishi bi-
lan erkin fuqarolar orasida jismoniy mehnat qilish past ish,
qulga xos mehnat degan tushuncha keng tarqala boshladi.
Arxaik davridayoq zodagonlar ish haqi uchun kundalik og‘ir
ishga nafratlanib qaraganlar. Mil.avv. V asrga kelib, bunday
qarashni aholining erkin qatlamlarining ichida ham uchratish
mumkin edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |