MIL.AVV. V ASRDA YUNONISTON
1. Yunon-fors urushlari. 2. Afina dengiz ittifoqi. 3. Yunon-
fors urushlaridan so‘ng Afina. 4. Afina demokratiyasi.
1. Yunon-fors urushlari. Mikala yonidagi jang ham
yunonlarning g‘alabasi bilan tugadi. Forslar ustidan g‘alaba
Afina strategi Femistoklning dengiz va moliya islohotlari nati-
jasida yuz berdi. Mil.avv. 483-yilda yunonlar katta dengiz floti
qurishga rozi bo‘ldilar. Bu ulkan mablag‘ni talab qilar edi. Fe-
mistoklning boshqaruvi davrida Afina kumush konlaridan katta
daromad qilgan. Olingan foyda qadimgi odat bo‘yicha fuqarolar
yunon-fors urushlari o‘rtasida taqsimlanishi lozim edi. Femis-
tokl fuqarolarga bu pulni taqsimlashdan voz kechib, mablag‘ni
davlat ehtiyojlariga beg‘araz berishni taklif qildi. Afina harbiy
dengiz floti qurish uchun yetarli pul mablag‘iga ega bo‘ldi.
Mil.avv. VI asr oxirida Yunonistonda polis tizimining shaklla-
nishi tugadi. Uncha katta bo‘lmagan mustaqil shahar – davlat-
lar shakllandi. Mil.avv. VI asr oxirida qadimgi Sharqning kat-
ta qismini birlashtirgan qudratli Ahmoniylar davlati va yunon
dunyosiga o‘zining madaniy-siyosiy ta’sirini o‘tkaza boshladi.
Mil.avv. V asr oxirida forslar Kichik Osiyodagi barcha yunon
shaharlari va Lidiya podsholigini bosib oldilar.
Qudratli Ahmoniylar Bolqon yarim orolidagi yunon-sha-
har davlatlarini bosib olishni rejalashtirdi. Mil.avv. 490-yil
fors qo‘shinlari kemalarda Egey dengizidan o‘tib, Attikaga Afi-
nadan 42 kilometr uzoq likdagi Marafon tekisligiga kelib tush-
di. Marafon tekisligida forslar bilan yunon qo‘shinlari o‘rtasida
shiddatli jang bo‘ldi. Jangda forslar yengildi. Mil.avv. 480-yil-
da podsho Kserks katta qo‘shin va flot bilan Dardanell bo‘g‘ozi
orqali kemalardan yasalgan suzuvchi ko‘prik orqali o‘tib, Shi-
moliy Yuno nistonni jangsiz egalladi. Sparta podshosi Leonid
boshchiligida fivalik va fespiylik jangchilar fors qo‘shinini O‘rta
Yunonistonga o‘tkazmaslik uchun Fermopil darasida jang qilib
halok bo‘ldi. Forslar Attika viloyatini egalladilar. Salamin oroli
yonida yunonlarning birlashgan floti fors floti bilan to‘qnashdi.
Afina strategi yoshi endigina 30 dan o‘tgan Femistokl Salamin
oroli yonida fors floti bilan jangda o‘zining harbiy qobilyatini
377
namoyon qildi. Jang yunonlarning birlashgan floti g‘alabasi bi-
lan tugadi.
Mil.avv. 479-yilda fors sarkardasi Mardoniy boshliq fors
qo‘shini Afina shahrini ishg‘ol qilib, Beotiya viloyatiga yurish qil-
di. Fors qo‘shini Asop daryosi qirg‘og‘idagi Plateya shaharchasi
yonida yunon-shaharlarining birlashgan qo‘shini bilan jang qil-
di. Jangda fors qo‘shini yengilib, qo‘shin sarkardasi Mardoniy
halok bo‘ldi. Mil.avv. 479–459-yillarda Egey dengizi orollari va
Kichik Osiyodagi forslar bosib olgan shaharlar ozod qilindi.
Forslar bilan tinchlik shartnomasi mil.avv. 449-yilda Kipr
orolida Afina elchisi olimpiya o‘yini g‘olibi Kalliy imzoladi. Shart-
nomaga ko‘ra yunonlar Kichik Osiyo satrapliklari va Misrning
ishlariga aralashmaydi. Forslar esa Egey dengizi va bo‘g‘ozlarga
harbiy flotni kiritmaydi. Kichik Osiyodagi yunon koloniyalari
va Egey orollaridagi yunon shaharlari mustaqilliklarini saqlab
qoldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |