Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


polislari- ning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tushkunligini tezlashtirdi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

 polislari-

ning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tushkunligini tezlashtirdi.



 

2. Polis tizimining tushkunligi. Peloponnes urushlaridan 

yunon  polislari  ichida  eng  katta  moddiy  zararni  Afina  ko‘rdi. 

Attika  dehqonlari  xonavayron  bo‘ldi.  Afinaning  ichki  va  tash-

qi savdosi to‘xtab qoldi. U dengiz yo‘llaridan mahrum bo‘ldi. 

Afina  dengiz  savdosidagi  yetakchi  mavqeini  yo‘qotdi.  Kuchli 

dengiz  flotidan  mahrum  bo‘ldi.  Urush  oxirida  pul  mablag‘lari 

tugadi.  Afinalik  savdogar-hunarmandlar  boshqa  yunon  polis-



391

larining kuchli raqobatiga bardosh bera olmadi. Iqtisodiy tush-

kunlik natijasida ishsizlik, ochlik yuz berdi va ijtimoiy norozilik 

kuchaydi. Afina dengiz ittifoqi yemirildi. Sparta ham urushdan 

foyda ko‘rmadi. U rasman butun yunon shahar-davlatlari us-

tidan yetakchiga aylandi. Forslar urushdan so‘ng ko‘rsatgan 

yordamlari uchun Spartadan Kichik Osiyodagi yunon sha-

harlarini berishni talab qildilar. Sparta bu talablarni baja-

rishdan bosh tortdi. Oqibatda Kichik Osiyoda har ikki o‘rtada 

urush harakatlari boshlanib, bu urushda Sparta bir muncha 

yutuqlarga erishdi. 

Forslar Spartaga qarshi yunon shaharlari Fiva, Argos, Korinf, 

Afina  va  boshqa  yunon  polislari  koalitsiyasini  tuzdi.  Natijada 

Korinf urushi (mil.avv. 399–394-yillar) deb ataladigan urush 

boshlandi. Urushda spartaliklar mag‘lubiyatga uchradilar. Mil.

avv. 394-yildagi Knid yonidagi jangda Sparta dengizdagi ustun-

ligini yo‘qotdi. Bundan foydalangan Afina forslardan moliyaviy 

yordam  olib,  o‘zining  yangi  harbiy  flotini  tashkil  qildi.  Afina 

Pirey  atrofida  mustahkam  devorlarni  qurdi.  Afinaliklar  Egey 

dengizining shimoliy qirg‘og‘ida mustahkamlanib, bo‘g‘ozlar us-

tidan o‘z nazoratlarini o‘rnatdilar. 

Voqealarning bunday borishi fors podshosi Artakserks II ni 

qanoatlantirmadi.  U  butun  Yunonistonni  zaiflashtirishni  o‘zi 

uchun asosiy vazifa deb hisobladi. Spartaga qarshi bo‘lgan 

yunon shaharlari urush harakatlarida sezilarli yutuqlarga eri-

sha  boshlashi  bilan  Artakserks  II  zaiflashib  qolgan  Spartaga 

moliyaviy yordam ko‘rsatdi. Fors podshosi Spartaga qarshi Afi-

na, Fiva, Argos, Korinf, Megara va boshqa polislarning birlash-

masi g‘alabasiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildi. Cho‘zilib ket-

gan urush harakatlari har ikki tomon kuchlarini keskin zaif-

lashtirdi. Forslar aynan shuni istagan edi. Artakserks II har 

ikki tomonning yuzaga kelgan vaziyatda Eronga tahdid tug‘dira 

olmasligini bilib, hakam sifatida chiqdi. Uning vositachiligi-

da mil.avv. 387-yilda Antalkid tinchlik bitimi tuzildi. Tinchlik 

shartlarini amalda forslar ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, Sparta-

ning yunon dunyosidagi yetakchiligi rasman tasdiqlandi. 

Amalda esa, Spartada ijtimoiy tabaqalanish kuchaydi. Dav-

lat mulki hisoblangan yerlar ayrim spartaliklarning mulkiga 

aylandi. Yerni xufiya oldi-sotdisi avj oldi. Mil.avv. V asr so‘nggi-

da yunon polislari uzoq davom etgan tushkunlik pallasiga kir-

di. Fuqarolarning yopiq jamoasiga asoslangan yunon polisida 



392

yer mulkchilik munosabatlarida keskin o‘zgarishlar boshlandi. 

Yerga ishlov berishdan keladigan daromaddan ko‘ra, sudxo‘rlik 

daromadi o‘sib ketdi. Yer-mulk munosabatlarida o‘zgarish-

lar yuz berdi. Mil.avv. V asr oxiridan yerning erkin oldi-sotdisi 

keng tarqaldi. Ko‘pgina fuqarolar nochorlikdan o‘z yerlarini so-

tishga majbur bo‘ldilar. Natijada bu yerlarni fuqaroligi bo‘lma-

gan kishilar ham sotib ola boshladilar. Xususiy va jamoa yerini 

ijaraga berish va garovga qo‘yish keng tarqaldi. Katta-katta yer 

maydonlari ayrim fuqarolarning qo‘liga o‘tib qoldi. Kambag‘al-

lashgan, yeridan ajralgan fuqarolar o‘z fuqarolik majburiyatla-

rini bajarmay qo‘ydilar. Ilgari iqtisodiy o‘sish davlatning boy-

ishi bilan birga borar edi. Boy fuqarolar ko‘pgina mablag‘larini 

fuqarolik jamoasi ehtiyojlariga sarflashni o‘z majburiyatlari deb 

bilar edilar. Mil.avv. V asrda esa boylik ayrim xususiy kishilar 

qo‘lida to‘plandi va ular o‘zlarining fuqarolik majburiyatlarini 

bajarishdan bo‘yin tovlay boshladilar. Ularning ko‘pchiligi o‘z 

mablag‘larini dengiz savdosiga qo‘ydilar. Ular o‘z polislaridan 

boshqa hududlarda katta-katta yer maydonlariga egalik qila 

boshladi va ma’lum bir polis fuqarosi bo‘lish ahamiyatsiz bo‘lib 

qoldi. 

Mil.avv. IV asrga kelib, asta-sekin Afina fuqarolarining ko‘p-

chiligi og‘ir dehqonchilik va hunarmandchilik mehnati fuqa-

ro uchun loyiq bo‘lmagan past mashg‘ulot, bu mashg‘ulotlar 

to‘laqonli fuqaro bo‘lmagan metek va qullarga mos deb qaray 

boshladilar. Bu davrda yunon polislarida davlat xo‘jaligining 

mavjud emasligi davlat xazinasiga daromad tushmasligi bilan 

ko‘zga tashlanadi. Davlat hokimiyati iqtisodiy-moliyaviy jihat-

dan hech qanday mablag‘ga ega emas edi. Bundan tashqari, 

polislarning moliyaviy qiyinchiliklari uzluksiz urushlar, yol-

lanma qo‘shinlarning keng tarqalishi, harbiy ehtiyojlarga xara-

jatlarning muntazam ravishda o‘sib borishi bilan chuqurlash-

di. Demokratik polislarda lavozimlarga haq to‘lash, kambag‘al 

fuqarolarga muntazam nafaqa berish tizimi bu qiyinchiliklar-

ni yanada chuqurlashtirdi. Agarda ilgari Afina o‘z xarajatlari ni 

ittifoqchilar hisobidan qondirgan bo‘lsa, mil.avv. IV asrda esa 

mulkdan olinadigan favqulodda soliq – eysfora bilan qoplay 

boshladi.  Tinchlik  vaqtida  Afina  fuqarolari  hech  qanday  soliq 

to‘lamas edilar. Xalq yig‘ini eysfora to‘g‘risidagi qarorlarni kam-

bag‘al fuqarolar manfaatlariga zid ekanligi uchun uni istar-is-

tamas qabul qilar edi. Afinaning boy tabaqasiga soliq solishga 



393

urinish boylarning noroziligiga olib keldi. Mil.avv. V asr so‘n-

gida meteklar va chet elliklarga alohida xizmatlari uchun polis 

hududida yer va uylarga egalik qilish huquqi berildi. Chetdan 

kelganlarga fuqarolik huquqi kamroq sovg‘a qilindi. 

Polisning tushkunligi yollanma askarlarni tarqalishida ham 

ko‘rindi. Yer-mulkidan ajralgan, qarzga botib, kambag‘allashib 

qolgan fuqaro qurol-yarog‘ olishga mablag‘ topa olmas, ko‘pin-

cha begonalarning manfaati uchun jang qilishni xohlamas edi. 

To‘xtovsiz urushlar harbiy texnikaning takomillashuvini, har-

biy jang san’atini yaxshi egallagan askarlarni talab qilar edi. 

O‘z yeridan mahrum bo‘lgan, jismoniy mehnat bilan shug‘ul-

lanishni istamaganlar, polislaridan quvilgan kishilar yollanma 

askarlar safini to‘ldirdilar. 

Yunon polisining tushkunligi quldorlik tizimining

 tushkunli-

gi emas edi. Chunki qulchilik yanada rivojlandi, qullar mehma-

tidan foydalanish hajmi o‘sdi. Afinada davlat qurilishida erkin 

fuqarolarning mehnati kamaydi. Chunki ularning mehnatiga 

ham, metek va qullarga ham bir xil miqdorda haq to‘lanar edi. 

Qullardan qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, uy-ro‘zg‘or ish-

larida foydalanish, boshqa kishilarga yollanma mehnatga be-

rish bilan birga, quldor qulni hunar va savdo bilan mustaqil 

shug‘ullanishga ruxsat berar edi. Bunday qullar mulk va oilaga 

ega bo‘lib, alohida yashar edilar. Ular pul to‘plab, o‘z ozodlikla-

rini sotib olishlari mumkin edi. Mil.avv. IV asrda ozod qo‘yilgan 

qullarning soni o‘sdi va ularning yunon polislari iqtisodiy hayo-

tidagi roli kuchaydi. Huquqiy jihatdan ular meteklarga teng-

lashtirilib, ijtimoiy jihatdan hunarmand va savdogarlar om-

masiga qo‘shildilar. Mehnat va hayot kechirishning o‘xshash-

ligi fuqaro va fuqaroligi bo‘lmagan kishilarni bir-biriga yaqin-

lashtirdi. Mil.avv. IV asrda polislarda turli ijtimoiy tabaqalar 

o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchaydi. Boylar va kambag‘allar o‘rta-

sidagi qarama-qarshiliklar davlat hokimiyatining zaiflashuviga 

olib keldi. Davlat hokimiyatining tabaqalar o‘rtasidagi nizolarni 

hal qilishga urinishi natija bermadi. 

Mil.avv. IV asrning birinchi yarmida Spartaning Yunonis-

tondagi mavqei kuchaydi (mil.avv. 404–379-yillar). Sparta po-

lislarning ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralasha boshladi. Bu 

ko‘pchilik polislarning noroziligiga olib keldi. Oqibatda, Yuno-

nistonda Spartaga qarshi harbiy harakatlar boshlandi va Spar-

taning Yunonistondagi yetakchiligi tugatildi. Yana bir yunon 



394

polisi Fivaning yunon dunyosiga yetakchiligi ham vaqtinchalik 

bo‘ldi. Afinaning dengiz ittifoqini qayta tiklashga urinishi ham 

natijasiz tugadi. Mil.avv. IV asr ning 60-30-yillarida biror-bir 

yunon polisi qandaydir mustahkam birlashuvni tashkil qilish va 

unga rahbarlik qilish qobiliyatiga ega emas edi. Yunon polislari 

endilikda o‘zaro kelishmovchiliklarni bartaraf qila olmay qoldi. 

Qudratli Eron davlatining yunon polislaridagi ta’siri kuchaydi. 

U polislar o‘rtasidagi nizolarni hal qilishda asosiy hakam sifa-

tida chiqishi odatdagi holga aylandi. Ko‘pgina yunon polislari 

o‘zaro urushlardan xoli bo‘lish uchun forslarning homiyligini 

ko‘ngilli qabul qildilar. Mil.avv. IV asr o‘rtalarida na Sparta, na 

Afina yoki Fiva yunon-polis davlatlarini birlashtirish qobilyati-

ga ega emasligi yaqqol ko‘rindi. Notiq Isokrat kuchli Makedoni-

yaning boshchiligida tarqoq yunon-polislarini kuch ishlatib bir-

lashtirish g‘oyasini ilgari surdi. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish