Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


MIL.AVV. V ASR SO‘NGGI CHORAGI – IV ASRDA



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

MIL.AVV. V ASR SO‘NGGI CHORAGI – IV ASRDA 

YUNONISTON. POLIS TIZIMINING TUSHKUNLIGI

1. Peloponnes urushlari. 2. Polis tizimining tushkunligi.

1. Peloponnes urushlari. Yunon-fors urushlaridan so‘ng 

Yunonistonda iqtisodiyotning umumiy o‘sishi kuzatildi. Polislar 

o‘rtasida va xalqaro savdo rivojlandi. Bu jarayon savdo-hunar-

mandchilik bilan shug‘ullanadigan polislar o‘rtasida raqobatni 

kuchaytirdi. Ayniqsa, gavjum savdo-hunarmandchilik, dengiz 

savdosi bilan shug‘ullangan Afinaning Korinf va Megara bilan 

raqobati kuchaydi. Afina va Sparta boshchiligidagi ikki kuch-

li harbiy-siyosiy ittifoqlar o‘rtasidagi muvozanat buzildi. Afina 

yunon polislaridagi demokratik tuzumlarni, Sparta esa oligar-

xiya hukm surgan polislarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qildi. 

Yana shuningdek, Sparta va Afina o‘rtasida Yunonistonda ye-

takchilik uchun raqobat qariyb 30 yil davom etgan Peloponnes 

urushlariga olib keldi. Urush mil.avv. 431-yilda Sparta qo‘shin-

larining Attika hududiga bostirib kirishi bilan boshlandi. Afi-

na harbiy kuchlarini boshqargan Perikl quruqlikda mudofaa 

taktikasini qo‘llash, dengizda esa faol urush harakatlarini olib 

bo rish kerak, deb hisobladi. Sparta qo‘shinlari Attika hududini 

talon-taroj qilayotgan paytda barcha aholi Afina shahriga kirib 

jon saqladi. Tezda shaharda oziq-ovqat tanqisligi boshlanib, 

xolera epidemiyasi tarqaldi. Xalq norozi bo‘ldi. 15 yil davomi-

da arxont lavozimiga ketma-ket saylangan Perikl birinchi mar-

ta mil.avv. 430-yilda arxont etib saylanmadi. U sudga tortilib, 

jarima to‘lashga majbur qilindi. Lekin mill.avv. 429-yilda u ozi-

ni oqladi va arxont etib saylandi. Ammo u shu yilda yuqumli 

kasallikdan vafot etdi. 

Periklning o‘limi natijasida Afinada siyosiy beqarorlik bosh-

lanib, tinchlik bitimi tuzish tarafdorlari bo‘lgan mo‘tadillar Ni-

kiy va savdo-hunarmandlar manfaatlarini aks ettirgan radikal 

demokratlar Kleon boshchiligida o‘zaro kurash boshladilar. 

Natijada davlat boshqaruvi faol urush harakatlarini olib borish 

tarafdori bo‘lgan Afina demokratiyasining vakillari qo‘liga o‘tdi. 

Uning rahbarlaridan biri Kleon kelib chiqishi hunarmandlar-

dan bo‘lgan ustaxona egasi edi. U ajoyib notiq, shijoatli siyosat-



389

chi  bo‘lib, urushni g‘alabagacha davom ettirish tarafdori edi.



 

Uning  davrida  Afina  floti  Peloponnes  qirg‘oqlarida  faol  urush 

harakatlarini  boshladi.  Afinaliklar  mil.avv.  425-yil  Messeni-

yadagi muhim Pilos hududi va uning qarshisidagi Sifakteriya 

orolchasini bosib oldilar. Spartaliklarning ahvoli og‘irlashib 

qoldi. Ular urush harakatlarini shimolga – Frakiyaga ko‘chir-

dilar.  Bu  yerdagi  bir  qancha  shaharlar  Afina  bilan  ittifoqdan 

chiqdi. Mil.avv. 422-yilda Amfiopol shahri yaqinida katta jang 

bo‘lib, har ikki tomondan ko‘plab qurbonlar berildi. Afinaliklar 

Kleon boshchiligida jangda yengildilar.

Yunonlar uchun urush faqat ba’zida bosqinlar o‘tkazish va 

dushman shaharini qamal qilish bilan cheklangan. Chet el 

bosqinchilari bilan urush siyrak bo‘lgan. Sarkardalar o‘z askar-

larining intizomi, jangovar qobilyatiga, jang bo‘ladigan joyda qu-

lay o‘rnashishga suyangan. Jang boshlanishi bilan jangchilarni 

boshqarish qiyin bo‘lgan. Bir yoki bir necha sarkardalarning 

o‘limi yoki qochishi, qo‘shinda hujumga o‘tishga qo‘rquv, va-

himaga, to‘s-to‘polonga sabab bo‘lgan. Yunon qoshinining aso-

siy qismi og‘ir qurollangan piyodalar (goplitlar) bo‘lib, ular yelka-

ma-yelka saf tortib (falanga) jang qilganlar. Ular bardosh berib, 

safni buzmay o‘z qatorlari bilan himoya qilinganlaar. Lekin ular 

vahimaga tushsalar, saflari buzilib, dushman 30 kg og‘irlikdagi 

qurol-aslahali goplitlarni yakka-yakka to‘zitib yuborishi oson 

bo‘lgan. 

Ahmoniylar bu urushda har ikki raqib tomonlar bilan mu-

nosabatda o‘z foydasini ko‘zlab ish olib bordilar. Kariya satra-

pi, tajribali diplomat Tissafern Kichik Osiyodagi yunon koloni-

yalarini fors davlatiga qaytarish sharti bilan mil.avv. 412-yil 

Sparta ga yordam ko‘rsatdi. Mil.avv. 411-yilda esa u Alkiviad 

vositachiligida  Afina  bilan  muzokara  olib  bordi.  Har  ikki  to-

mondagi urushni davom ettirish tarafdorlarining kuchlari zaif-

lashdi. Natijada Afina bilan Sparta o‘rtasida 50 yil muddatga 

tinchlik shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma Afinaning elchi-

si Nikiy nomi bilan Nikiy shartnomasi deb ataldi. Ammo bu 

tinchlik  uzoqqa  bormadi.  Afinada  mil.avv.  420-yilda  Sparta  

bilan urushni davom ettirish tarafdorlari Periklning jiyani Al- 

kiviad boshchiligida hokimiyatga keldilar va bir necha Pelo-

ponnes polislarida Spartaga qarshi fuqarolarning chiqishini 

uyushtirdilar. Alkiviad Sitsiliyani bosib olish g‘oyasini ilgari 

surdi. Bundan tashqari, Janubiy Italiya, hatto Karfagenni 




390

bosib olishni orzu qildi. Uning istilochilik rejalari Afinada keng 

qo‘llab-quvvatlandi.  Mil.avv.  415-yil  afinaliklar  Sitsiliya  ora-

lig‘idagi Sirakuza shahriga qarshi harbiy dengiz ekspeditsiyas-

ini uyushtirdilar. Alkiviad bu urushda qatnashmadi. Chunki 

u urush boshlanishida diniy jinoyatda ayblanib, Spartaga qo-

chib  ketdi.  Spartaning  yordami  bilan  Sirakuza  Afina  qo‘shin-

larini  tor-mor  qildi.  Natijada  7000  afinalik  asirga  olinib,  qul 

qilindi.  Afina  dengiz  flotining  Sitsiliyadagi  halokati  natijasida 

uning dengiz davlati qudratiga putur yetdi. Afina ittifoqchilari 

bo‘lgan bir necha yirik shahar va orollar vaziyatdan foydalanib, 

Afinadan ajralib ketdi. 

Yunon polislarida maxfiy siyosiy ittifoqlar – geteriyalar tuzi-

lar edi. Geteriyalarni tuzishdan asosiy maqsad, saylovlarda 

o‘zaro yordam uchun o‘z a’zolarini sudda himoya qilish, diniy 

muloqot qilish edi. U oligarxiya va demokratiya yo‘nalishlarida 

tuzilgan.  Afinada  mil.avv.  411–404-yillardagi  oligarxik  to‘nta-

rishlarda geteriya muhim rol o‘ynadi. Sparta o‘z hukmronligini 

o‘rnatishning tayanchi deb qarab, uni qo‘llab-quvvatladilar. 

Sparta Eronning yordami bilan Kichik Osiyodagi yunon sha-

harlariga o‘z ta’sirini kuchaytirdi. Afinada hokimiyatni oligarx-

lar bosib oldilar (mil.avv. 411-yil) va ular Sparta bilan tezda 

tinchlik o‘rnatish harakatini boshladilar. Peloponnes urushi-

ning ikkinchi bosqichi Dekeley urushi (mil.avv. 415–404-yillar) 

deb ataldi. Spartaliklar Qora dengizga boradigan yo‘llardagi 

bo‘g‘ozlarni  bosib  oldilar.  Bu  Afinani  oziq-ovqat  bilan  ta’min-

lashni qiyinlashtirdi. Afinaning yunon dunyosidagi obro‘-e’tibori 

tushib ketdi. Yunonistonda Spartaning gegemonligi o‘rnatildi. 

Peloponnes urushlari davrida vaziyatga qarab, har ikki tomon-

ga  yordam  berib  turgan,  aslida  Afina  va  Sparta  munosabat-

larini keskinlashtirgan Eron asta-sekin yunon polislarida o‘z 

ta’sirini kuchaytirdi. Aslini olganda, biror-bir yunon polisi bu 

urushdan foyda ko‘rmadi, aksincha, bu urush yunon


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish