108
7-BOB: NARX SHAKLLANISHI MILLIY IQTISODIYOT
RAQOBATBARDOSHLIGINING ASOSIY OMILI SIFATIDA
Reja:
7.1. Narx shakllanishining makro va mikroiqtisodiy shart sharoitlari
7.2. Narxli raqobat (oligopoliya) sharoitida bozordagi iqtisodiy
muvozanat va uning tahlili
7.3. Davlatning narx siyosati raqobatli narx shakllanishining asosi
sifatida
7.1. Narx shakllanishining makro va mikroiqtisodiy shart sharoitlari
Bozor munosabatlari korxonalarning samarali faoliyat yuritishlari,
bozorda
yetakchi mavqyega erishishlari, raqobat kurashida ustunlikka ega bo‘lishi uchun
murakkab vazifalarni qo‘yadi. Bozorda hukmronlikka erishgan firma menejerlari
uchun bu erkin raqobat sharoitidagidan ham murakkab vaziyatdir. Chunki narx har
doim raqobat kurashining asosiy vositalaridan biri bo‘lib qoladi.
Erkin raqobat
sharoitida firmalar narxning shakllanishiga hyech qanday ta‘sir ko‘rsata
olmaydilar. Ularning asosiy vazifasi ishlab chiqarish xarajatlarini tartibga solishga
qaratiladi. Monopol korxonalar narxni belgilab berishiga qaramasdan, ular uchun
talabning tebranib turishiga va xususiyatining o‘zgarib ketishi katta xatardir
61
.
Iqtisodiyotda bozor narxiga sezilarli ta‘sir ko‘rsata oladigan yetakchi firmalar
va unga nisbatan o‘z narxini belgilaydigan raqobatchi firma-autsayderlar
tushunchasi mavjud. Firmalar strategik ustunliklaridan
foydalana olgan va
bozorning katta ulushiga ega bo‘lgan taqdirda hukmron mavqyega ega bo‘ladi.
Bunday firmalarga ―Kodak‖ (65%), IBM (68%), ―Djeneral Elektrik‖ (53%),
―Boing‖ (60%), ―Djeneral Motors‖ (46%) kabilarni kiritish mumkin. Bozorda
hukmronlikka ega bo‘lishning asosiy sabablari quyidagilar:
1.Harajatlar bo’yicha peshqadamlik.
Ayrim korxonalar mahsulot birligiga
to‘g‘ri keladigan xarajatlarning pastligi bilan raqib korxonalar oldida ustunlikka
ega bo‘ladi. Bu yetakchi korxonaning samarali va
zamonaviy texnologiyalardan
yoki eng sifatli xomashyodan foydalanishi; yetakchi firmada raqib korxonalarga
nisbatan to‘plangan ilg‘or tajribaning mavjudligi hamda ishlab chiqarish miqyosi
bilan amalga oshadi.
2. Yetakchi korxonaning autsayderlarga nisbatan sifati yuqoriroq mahsulot
ishlab chiqarishi
. Yuqori sifat har doim mahsulotning iste‘mol xususiyati bilan
belgilanmaydi. Bunda samarali marketing, reklama, korxona nufuziga ham bog‘liq
bo‘lib, iste‘molchilar ongida ijobiy tasavvur uyg‘ota olgan korxonalar ustunlikka
erishadi.
3. Ikki va undan ortiq korxonalarning o’zaro kartel tuzishi
. Korxonalar
faoliyatini tartibga solish xuddi yirik korxona tomonidan narxni tartibga solish kabi
amalga oshadi. Agarda tarmoqdagi korxonalarning barchasi kartel kelishuvida
61
Пиндайк Р., Рабинфельд Д.Микроэкономика. / Пер. с англ. — СПб.: Питер, 2002. — 608 с. 338-407 б
109
ishtirok etsa, ularning faoliyati monopoliyaga xos bo‘ladi va bozorda yetakchi
korxona modeliga bo‘ysunadi.
Narx bo‘yicha peshqadamlikning
muhim jihati shundan iboratki, yetakchi
korxona tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga naxni belgilaydi, raqobatchi
korxonalar shunga asoslanib o‘z narxlarini o‘rnatadilar. Yetakchi korxona o‘z
raqiblariga mahsulotlarni o‘zlari uchun nafli bo‘lgan narxda sotish imkoniyatini
berganligi uchun narxni pasaytirish uchun hyech kim manfaatdor emas. Aksincha
raqobatchi korxonalar narxni oshirgudek bo‘lsalar bozor ulushini yo‘qotadi. Bu
shuni
ham anglatadiki, tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulot yuqori darajada
standartlashganligi bilan ham ajralib turadi. Raqobatchi korxonalar mahsulotining
sifati bir muncha past bo‘lsada, yetakchi korxona hisobiga bozor ulushiga ega
bo‘ladi. Bu kabi strategiyadan ko‘pgina koreya, gonkong firmalari taniqli yevropa
va yaponiya brendlari nomidan foydalanish orqali qo‘llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: