Fransuz tilini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish.
San’at Matkarimov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Maqolada fransuz tilining o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola mavzusini yoritishda qiyosiy va chog‘ishtirma metodlardan foydalanilgan.
Kalit so‘zlar: metodika, fransuz tili, ta’lim sistema, darslik, dars, o‘quv jarayoni.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Pespublika Oliy Majlis IX sesiyasida so’zlagan nutqida jamiyatimizning yangilanish, taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan ishlohotlarimiz samarasi – zamon talablariga javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan bog’liqligini qayt etdi. Ta’limdan asosiy maqsad bolalarga bilim berishgina emas, balki bilim olish yo’llarini o’rgatish, ularni ta’lim jarayoning faol ishtirokchisiga aylantirish demakdir. Yangicha intimoiy, iqtisodiy sharoitda ona tilini o’qitish mazmunini takomillashtish, darslarni jahon andozalariga mos ravishda tashkil qilish talaba faolligini oshiradigan muhim omillardan hisoblanadi.
Nutqiy faoliyatda har bir til xodisaning o’z o’rni, o’z vazifasi bor. Yoshlar til imkoniyatidan vaziyatga qarab foydalanish malakasiga ega bo’lishlari, o’z fikrini aniq ifodalashga, zarur bo’lgan so’z va gap shakillari, ibora va tasviriy ifodani tanlay va qo’llay bilishlari davr talabidir.
Buning uchun ona tili o’qituvchisi o’z ixtisosini puxta bilishi ilg’or pedagogik texnologiya hamda zamonaviy o’quv – texnik vositalardan yaxshi xabardor bo’lishi lozim.
Shundagina ta’lim samarasi ham, o’qitish darajasi ham yuqori bo’ladi. O’quv mashg’ulotlarini yangi zamonaviy shakl va usullarda tashkil etish, talabalarni dars jarayonida dars jarayonida maqsadli boshqara olish ayni kunda o’qituvchilik faoliyatining bosh mezoni deb qaralmoqda. Shunday ekan an’anaviy yo’nalishdagi dars o’tish uslubidan voz kechib, ilmu fan sohalaridagi yangi – yangi yutuqlardan foylalangan holda dars (mashg’ulot)ni tashkil etish va qo’llashni davrning o’zi taqazo qila boshladi shu asnoda “Ilg’or pedagogik texnoligiyaga asoslangan zamonaviy dars turlari va shakillari” degan tushuncha paydo bo’ldi. Ilg’or pedagogik texnologiya asoslangan dars turlari va ularning xos tomonlari haqida qo’yidagicha fikr yuritishimiz mumkin.
Musobaqa darslari. Fransuz tili ta’limida musobaqa darslarini o’tkazishdan maqsad o’quvchining til darsida olgan bilimlarini sinab ko’rish, o’zaro munozara – muloqat jarayonida til imkoniyatlaridan foydalana olish, nutqiy mahorat, tez va aniq fikrlash darajasini, muammoli vaziyatlardan chiqa olish malakasini baholashdan iboratdir. Musobaqa darslari o’quvchilarda faollik, topqirlik, zukkolik fazilatlarini shakillantiradi ularni mustaqil ijodiy fikr yuritishga odatlantiradi, zarur va foydali ko’nikmalarni hosil qilishga yordam beradi. Samarali dars shakillaridan biri bo’lgan musobaqa darsi til mashg’ulotlarining qiziqarli o’tishi va o’quvchilarning faol ishtirokini ta’minlovchi vositadir. Musobaqa darslari uchun mavzular “Nutq tovushlarining siri”, “So’z harfidan so’z yasang”, “Tilni belgilari musobaqasi”, “So’z musobaqalar anjumani” ba boshqalar.
Masalan: “Musobaqa darslari” ni tashkil etishda “Beshinchi ortiqcha texnoligiyasi” dan foydalanish mumkin.
O’quvchilarning mantiqiy tafakkur yuritish ko’nikmalariga ega bo’lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega.
O’rkazish tartibi:
- O’rganiladigan mavzuga mos tushunchalarning tizimini shakillantirish;
- Hosil bo’lgan tizimda mavzuga taalluqli bo’lgan to’rtta tushunchaning o’rin olishiga erishish;
- O’quvchilarga mavzuga taalluqli bo’lmagan tushunchani aniqlash va uni chiqarish vazifasini topshirish;
- O’quvchilarni o’z xarakatlarini mohiyatini sharxlashga undash.
Mavzuga xos bo’lgan tushunchalarni ko’rsata olish o’quvchlarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarni asoslay olish, shuningdek, tengdoshlarining fikrlari bilan shaxsiy mulohazalarini o’zaro taqqoslash ko’nikmalarini ham shakillantiradi. Masalan ona tili darslarida ushbu metoddan foydalanganda ot so’z turkumi bo’yicha:
Keldi maktab, qalam, belkurak, xona. Vient, l’école, le stylo, la chambre,la table., Bunda o’quvchilar vient so’zi ortiqcha so’z ekanligini topadilar. Ba’zida bunday topshiriqlar o’quvchilarning o’zlariga topshiriladi. O’quvchilar o’zaro hamkorlikda mavzu bo’yicha fikrlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |