Ona tili darslarida modulli o’qitish texnologiyasini qo’llash
Bugungi globallashuv jarayonida o’sib kelayotgan yosh avlodni zamon talablari asosida o’qitish, tarbiyalash eng dolzarb vazifalardan biridir. Bu esa pedagoglar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Bugungi kun o’qituvchisi o’z kasbining mohir bilimdoni, o’z ustida tinmay ijodiy ishlaydigan, yangilikka intiluvchan, o’quvchilar qalbidan munosib o’rin egallaydigan bo’lishi lozim. Shu bilan birga, o’quvchilarning yoshi, qobiliyati, psixologiyasini hisobga olgan holda o’qitishning ilg’or texnologiyalaridan mohirona foydalana bilishi lozim.
Ona tili darslarida o’quvchilarni fanga qiziqishlarini orttirish, go’zal va jozibador tilimizning sir-asrorlaridan bahramand etishda yangicha yondashuv yaxshi samara beradi.
O’z ish tajribamdan kelib chiqib, ona tili darslarida har xil grammatik topshiriqlar, turli didaktik o’yinlar asosida mavzuga yondashaman. O’quvchilarni darsga jalb etish, mustaqil, ijodiy fikrlashga o’rgatish maqsadida “Kimning xati chiroyli?”, “Zanjir”, “Xatosini toping”, “Savol bering, javob beramiz”, “Oq terakmi, ko’k terak?”, “Xotira mashqi”, “Krossvord – aql charxi”, “Matn tuzish”, “Kim birinchi?”, “Jumlani davom ettiring” kabi usullarni qo’llayman. Bu usullar mavzuning sodda, murrakkabligiga, o’quvchilar bilim darajasiga, ma’naviy muhitga ko’ra tanlanadi. Filologik fanlarni o’qitish boshqa fanlarga qaraganda birmuncha qiyinroq, ilmiylikka asoslanadi. Bunda oldi-qochdi gaplar, his-tuyg’uga berilish holatlari yo’q. Shu sabab bola darsda zerikishi, mavzuni tushunmasligi, tushunishni xohlamasligi tabiiy. Bunday hollarda yuqoridagi usullar ko’mak beradi.
Bundan tashqari ona tili o’qitish metodikasida modulli o’qitish texnologiyasidan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Ona tili darslarida modul texnologiyasi elementlarini qo’llash orqali o’qituvchi o’quvchi bilan individual ishlashi, uning bilim darajasiga qarab alohida topshiriqlar berishi mumkin. Avvalo, modulli o’qitish texnologiyasi haqida tushuncha berish lozim.
“Modulli o’qitish” atamasi xalqaro tushuncha- modul bilan bog’liq bo’lib, uning bitta ma’nosi faoliyat ko’rsata oladigan o’zaro chambarchas bog’liq elementlardan iborat bo’lgan tugunni bildiradi. Bu ma’noda u modulli o’qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan axborot bloki sifati tushuniladi.
Modulli o’qitish – o’qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki odam bosh miyasi o’zlashtirish tizimiga yaxshi moshlashgan. Modulli o’qitish, asosan, inson bosh miyasi to’qimalarining modulli tashkil etilganligiga tayanadi.
Modulli o’qitish ta’limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama yechish imkoniyatini yaratadi:
modul - o’qitish mazmunini optimallash, o’zgaruvchanligini, moslashuvchanligini ta’minlaydi;
o’qitishni individuallashtiradi;
o’quvchini amaliy faoliyatga o’rgatadi;
motivatsiya (qiziqtirish) asosida o’quv jarayonini faollashtiradi;
o’quvchida mustaqillik va o’ziga ishonchni oshiradi.
Modulli o’qitish test sinovi asosida yakunlanishi lozim.
O’qitishning bu usulini 8-sinf ona tili darslarida IV chorak mobaynida o’tkazilishi jarayonida ko’rib chiqamiz. Sintaksis bo’limi yakunlanib, “Mustahkamlash” darslarida ushbu texnologiyani qo’llash mumkin. O’qituvchi bunday dars uchun kompyuter orqali material tayyorlaydi:
bosqich:
O’quvchilar 3 guruhga bo’linib, har bir guruh o’z mavzusi bo’yicha ma’lumot berishga tayyorlanadi.
“So’z birikmasi” guruhi so’z birikmasiga ta’rif aytishadi, misollar keltirishadi. Xuddi shuningdek, boshqa guruhlar ham xuddi shu usulda o’z bilimlarini yodga olishadi.
2-bosqich:
Guruhlarga o’qituvchi tomonidan tayyorlab kelingan chizmali kartochkalar tarqatiladi, bu kartochkalarni o’qituvchi o’quvchining bilim saviyasiga qarab “soddadan murakkabga” usulida tayyorlaydi. Misol uchun 1-kartochka :
ning i
uchun
Chizmadan tobe so’z kataktachasini topib, uni bo’yang. Joylashish o’rnini tushuntiring .
2-kartochka:
ning si
Katakchalar o’rniga so’z qo’ying. U qanday vositalar yordamidaa bog’lanyapti?
Xuddi shu tarzda 2-guruhga ham kartochkalar tayyorlanadi.
1-kartochka:
?
Berilgan chizmaga mos gap tuzing. Qoidasini ayting.
2-kartochka:
!
Chizmaga mos gap tuzing. Qoidasini tushuntiring.
3-kartochka:
.
Gap tuzing. Nuqta qanday gaplar oxiriga qo’yiladi.
4-kartochka:
?!
Gap tuzing. Qoidasini tushuntiring.
“Gap bo’laklari” guruhiga ham kartochkalar beriladi.
1-kartochka:
.
Chizmaga mos gap tuzing.
2-kartochka:
……. .
Gap tuzing. Kesimga ta’rif bering.
3-kartochka:
……. _ _ _ _ .
Chizmaga mos gap tuzing. Egani ta’riflang.
4-kartochka:
……… , ………. , .
Chizmaga mos gap tuzing. Ajratilgan bo’lakni toping.
Shu tariqa o’quvchilar bilan yakka holda ishlab, ularning bilim darajasi aniqlab olinadi.
3-bosqich:
Bunda monitor orqali har bir savolning javobi ko’rsatilib, o’qituvchi tomonidan sharhlanadi. O’quvchi o’z xatosini topishi mumkin. Bu modulli o’qitish texnologiyasining “Xatoliklarga tayanish tamoyili”ga mos keladi. Bu tamoyilning amalga oshirilishi o’quvchida tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.
4-bosqich: Test sinovi
O’qituvchi tomonidan tayyorlangan test asosida o’quvchilar bilimi mustahkamlanadi. Test monitor orqali beriladi. Ekranda grafik (ko’zga ko’rinuvchi) axborot berib borish o’quvchining mavzuning chuqurroq o’zlashtirishida amaliy yordam beradi. Bu usul texnologiyaning “Kognitiv vizuallik (ko’z bilan kuzatiladigan) tamoyili” uchun xosdir. Ko’rgazmali axborot og’zaki axborotdan ko’ra, ahamiyatliroq va unumliroqdir. Ko’rish mexanizmining axborotni qabul qilish qobiliyati eshitishnikidan ko’ra ancha yuqoridir. Bu esa o’z navbatida ko’rish tizimiga, inson qabul qilinadigan axborotning qariyb 90 foizini yetkazish imkoniyatini beradi. Undan tashqari ko’rgazmali axborot bir vaqtning o’zida beriladi. Shuning uchun axborotni qabul qilish va eslashga og’zaki axborotdan ko’ra kam vaqt talab etiladi. Ko’rgazmali axborot ishlatilganda taassurot hosil bo’lishi og’zaki bayondan ko’ra o’rtacha olti marotaba tezroq kechadi. Insonning ko’rgazmali axborotdan ta’sirlanishi, og’zaki axborotdan ko’ra ancha yuqori bo’ladi. Shuning uchun “Yuz bor eshitgandan ko’ra, bir bor ko’rgan afzalroqdir” deb bejiz aytilmagan. Shu bilan birga, ko’rgazmali axborotda qabul qilish va eslash unumi, uni ko’rsatilishi orasida muddatning uzoqligiga bog’liq bo’lmaydi, og’zaki axborotning o’zlashtirilishi esa bunga bog’liq bo’ladi. Demak, simvolli-ko’rgazmali axborotni qabul etish o’qitish samarasini oshiradi. Shuning uchun o’quv ilmiy adabiyotlardan va kompyuter texnikasi vositasidan olinadigan axborotni ko’paytirishga shart-sharoit yaratish zarur. Bu esa o’qitishni individuallashtirish zarurligini ko’rsatadi.
Shunday qilib, modulli o’qitish texnologiyasining ayrim jihatlaridan foydalangan holda ona tili darslarini tashkil etish tajribasi bilan tanishdik. O’qitishning har qanday ilg’or usullari ham dars samamradorligini oshiradi, o’quvchi faolligini,qiziqishini kuchaytiradi, lekin shuni unutmasligimiz ham kerakki, bu usullar DTS talablariga ham mos kelishi zarur.
Maqsadimiz – zamon talablariga mos va xos o’quvchi yoshlarga ta’lim berish va tarbiyalashdan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Avliyoqulov N.H., ”O’qitishning modulli va pedagogik texnologiyasining amaliy asoslari”Buxoro-2000.
2. Saydahmedov N. S., “Yangi pedagogik texnologiyalar” T. Moliya-2003.
3. Ziyomuhammedov B., Abdullayeva Sh., “Ilg’or pedagogik texnologiyalar” T.2001.
Ergasheva Shohida Qodirjanovna
Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani XTB ga qarashli 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Tel:+998941501466
Do'stlaringiz bilan baham: |