32
Muhokama uchun savollar
1.Fermentlar to‘g‘risida ma’lumot bering.?
2.Fermentlarni texnoogik jarayonlarda qo‘llanilishi.
3.Fermentlarni xalq xo‘jaligidagi ahaimyati?
4. Fermentlarni qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi.
5-MODUL
Mavzu:Gen muhandisligi
Reja
1.
Gen injenerligi to’g’risida tushuncha
2.
Gen injenerligining rivojlanish bosqichlari.
3.
Gen, genom, transkriptsiya va translyatsiya to’g’risida tushuncha
4.
Gen tuzilishi va ekspressiyasining boshqarilishi.
Tayanch iboralar va tushunchalar:
Gen, genom, transkriptsiya,
translyatsiya, gen injenerligi,
hujayra injenerligi, tsistron, mukon, rekon,
ekspressiya,
fermenter,
vaktsina,interferon,
insulin,
interleykin,kariotip,”yopishqoq”uchli,
leykomiya,kon’yuktivit,
ximer-gen,
avtoreproduktsiya, rekombinant.
Hujayra injenerligining ijobiy tomonlari bilan birga, uning ayrim
muammolari ham yo’q emas. Shular jumlasiga o’simlik va hayvon hujayralarini
sun’iy muhitda o’stirish uchun talab etiladigan
oziqa muhitining juda ham
qimmatligi va sun’iy muhitda hujayralar o’sish sur’atining unchalik faol emasligi,
mahsulotning ham, mikroblarga nisbatan sekin ishlab chiqarishligini ko’rsatish
mumkin.
Yuqoridagi muammolarni hal etish maqsadida olimlar tomonidan mikrob,
bakteriya kabi tirik organizmlarning o’ziga xos bo’lmagan oqsillarni sintez qila
olish yo’llarini qidira boshladilar. Bu borada olib borilgan izlanishlar natijasida
bakteriyalardan inson organizmi uchun zarur bo’lgan insulin, interferon, o’sish
gormaonlari (interleykin), har xil kasalliklarga
qarshi vaktsinalar, sh.j OIDT
(SPID) ga qarshi vaktsinalar sintez qilinmoqda.
Oddiy sharoitda, an’anaviy usul bilan mingta kasal odamlarning insulinga
bo’lgan ehtiyojini ta’minlash uchun 30-40 ming hayvondan 4 tn oshqozon osti bezi
shirasini yig’ish talab etiladi. Bakteriyalar yordamida esa uncha katta bo’lmagan,
sig’imi 20 m
3
lik fermenterda bir fermentatsiya davomida shuncha miqdordagi
insulinni ishlab chiqarish mumkin ekan.
Interferon- organizmning har xil kasalliklarga bardoshliligini oshiruvchi
himoya oqsili hisoblanadi. Uning tarkibida 146-148
ta aminokislotadan iborat
bshlgan uchxil – α, β va γ tipidan iborat. α- interferon leykotsitlar sintez qiluvchi
toza,
tabiiy
interferon
hisoblanadi,
β-
va
γ-interferonlar
esa
modifikatsiyalashtirilgan, ya’ni toza interferonga fermentlar ta’sir ettirish
natijasida qand qoldiqlari birikmasi kiritilgan. Bakteriya hujayralari bunday
moddalarni sintez qila olmaydi, shuning uchun odam geni ko’chirib o’tkazilgan
bakteriya shtammlari β- va γ-interferon oqsili molekulasini sintez qilish
33
xususiyatiga ega. Shunday usullar yordamida hozirgi vaqtda 20 %
gacha
interferonga bo’lgan talab qondirilmoqda.
1982 yildan buyon α- interferon oqsilini ham sanoat asosida ishlab chiqarish
yo’lga qo’yildi (AQSh ning “Eli-Lilli” firmasi), hozirgi kunda dunyoning ko’p
mamlakatlari, sh.j. Rossiyada ham bu mahsulot sanoat asosida ishlab
chiqarilmoqda. Bu oqsil tipi leykomiya, teri raki, kon’yuktivit kabi kasalliklarni
davolashda qo’llanilmoqda.
Biotexnologiya
fani,
shu
jumladan
mazkur
fanning
istiqbolli
yo’nalishlaridan hisoblangan gen injenerligi biologiya
fanlari ichida eng yosh
sohalardan hisoblanadi.
Genetik
injeneriya
sohasida
olib
borilgan
dastlabki
tadqiqotlar
xromosomalar sonini kariotipda sun’iy ravishda ma’lum miqdorda oshirish yoki
kamaytirish bilan bog’liq. Bunga misol qilib N.P.Dubininning (1934y) meva
pashshasi ustida o’tkazilgan tajribalarini ko’rsatish mumkin. Bu tajribalarda
rentgen nurlaridan foydalangan holda drozofil pashshasi populyatsiyasida
xromosomalar to’plami bo’yicha farqlanadigan yangi formalarini hosil qilish
mumkinligi isbotlandi.
Hozirgi zamon biotexnologiya fanining boshlanishini ko’pchilik
olimlar
1940 yil, ya’ni antibiotiklar, steroidli gormonlar va mikroblar yordamida boshqa
xil dorivor moddalarning ishlab chiqarilishidan deb qaraladi.
1956 yili E.Sirs tomonidan rentgen nurlari ta’sirida egilops o’simligi
xromosomasida barg zangi kasalligiga chidamlilikni ta’minlovchi gen joylashgan
bo’lagini yumshoq bug’doy xromosomasiga ko’chirib o’tkazish, 1971 yilda
V.A.Strunnikovning tut ipak qurti autosomasidan tuxum rangini ta’min
etuvchi
gen joylashgan bo’lagini jinsiy xromosomalarga ko’chirib o’tkazish mumkinligini
ko’rsatib berish gen injenerligi sohasida erishilgan yutuqlardan hisoblanadi.
Gen injenerligi usullarini ishlab chiqish va ularni sanoatda qo’llash XX-
asrning 70-yillar oxiri va 80-yillar boshiga to’g’ri keladi. Bunda genetik axborotni
tashuvchi DNK molekulasini ajratib olish va shu DNK qo’shbog’ining oxirida
chiqib turgan bir ipli “yopishqoq”uchiga ximiyaviy usulda sintezlangan ikki ipli
DNK molekulasini payvandlashga erishildi. Hosil bo’lgan rekombinant gen
plazmidasini ichakning tayoqchasimon bakteriyasi hujayralariga kiritildi. Natijada
shu bakteriyalar “ximer”li bakteriyalar sintez qila boshladi, ya’ni asosiy qismi
tayoqchasimon bakteriyalarga monand bo’lsada, oxiri (dumi)da
sintetik gen
belgilari bo’lgan. Birinchi marta gen injenerligi usulida yaratilgan gen –
Do'stlaringiz bilan baham: