33
xususiyatiga ega. Shunday usullar yordamida hozirgi vaqtda 20 % gacha
interferonga bo’lgan talab qondirilmoqda.
1982 yildan buyon α- interferon oqsilini ham sanoat asosida ishlab chiqarish
yo’lga qo’yildi (AQSh ning “Eli-Lilli” firmasi), hozirgi kunda dunyoning ko’p
mamlakatlari, sh.j. Rossiyada ham bu mahsulot sanoat asosida ishlab
chiqarilmoqda. Bu oqsil tipi leykomiya, teri raki, kon’yuktivit kabi kasalliklarni
davolashda qo’llanilmoqda.
Biotexnologiya
fani,
shu
jumladan
mazkur
fanning
istiqbolli
yo’nalishlaridan hisoblangan gen injenerligi biologiya fanlari ichida eng yosh
sohalardan hisoblanadi.
Genetik
injeneriya
sohasida
olib
borilgan
dastlabki
tadqiqotlar
xromosomalar sonini kariotipda sun’iy ravishda ma’lum miqdorda oshirish yoki
kamaytirish bilan bog’liq. Bunga misol qilib N.P.Dubininning (1934y) meva
pashshasi ustida o’tkazilgan tajribalarini ko’rsatish mumkin. Bu tajribalarda
rentgen nurlaridan foydalangan holda drozofil pashshasi populyatsiyasida
xromosomalar to’plami bo’yicha farqlanadigan yangi formalarini hosil qilish
mumkinligi isbotlandi.
Hozirgi zamon biotexnologiya fanining boshlanishini ko’pchilik olimlar
1940 yil, ya’ni antibiotiklar, steroidli gormonlar va mikroblar yordamida boshqa
xil dorivor moddalarning ishlab chiqarilishidan deb qaraladi.
1956 yili E.Sirs tomonidan rentgen nurlari ta’sirida egilops o’simligi
xromosomasida barg zangi kasalligiga chidamlilikni ta’minlovchi gen joylashgan
bo’lagini yumshoq bug’doy xromosomasiga ko’chirib o’tkazish, 1971 yilda
V.A.Strunnikovning tut ipak qurti autosomasidan tuxum rangini ta’min etuvchi
gen joylashgan bo’lagini jinsiy xromosomalarga ko’chirib o’tkazish mumkinligini
ko’rsatib berish gen injenerligi sohasida erishilgan yutuqlardan hisoblanadi.
Gen injenerligi usullarini ishlab chiqish va ularni sanoatda qo’llash XX-
asrning 70-yillar oxiri va 80-yillar boshiga to’g’ri keladi. Bunda genetik axborotni
tashuvchi DNK molekulasini ajratib olish va shu DNK qo’shbog’ining oxirida
chiqib turgan bir ipli “yopishqoq”uchiga ximiyaviy usulda sintezlangan ikki ipli
DNK molekulasini payvandlashga erishildi. Hosil bo’lgan rekombinant gen
plazmidasini ichakning tayoqchasimon bakteriyasi hujayralariga kiritildi. Natijada
shu bakteriyalar “ximer”li bakteriyalar sintez qila boshladi, ya’ni asosiy qismi
tayoqchasimon bakteriyalarga monand bo’lsada, oxiri (dumi)da sintetik gen
belgilari bo’lgan. Birinchi marta gen injenerligi usulida yaratilgan gen –
Do'stlaringiz bilan baham: