Clastridium
turkumiga kiruvchi anaerob bakteriya tan olingan. Namlash
vaqtida ketayotgan jarayonda zig‘ir samonidan pektin moddasi parchalanadi va
uning tolasi ajralib chiqadi.
Teri ishlab chiqarish sanoatida mikrob proteaza fermenti terini oshlashda va
uni mayinlashtirishda ishlatiladi. Tarkibida proteaza va lipaza bo‘lgan kompleks
preparatni ishlatish natijasida jarayon tezlashadi va yuqori sifatli jun olish
imkoniyati vujudga keladi.
YUvish vositalari ishlab chiqarishda mikrob fermentlari keng miqyosda
qo‘llanilmoqda. Odatda ularga proteolitik, amiliolitik va lipolitik faollikka ega
bo‘lgan
Bac.subtilis
fermentlari qo‘shiladi. Preparatlar sirtqi faol moddalar bilan
birgalikda ishlatiladi. Tarkibida ferment bo‘lgan yuvish vositalari yuvish muddatini
qisqartiradi, to‘qimalarni saqlanish qobiliyatini o‘zaytiradi, chunki yuvish 40-60
0
S
dan oshmagan xaroratda olib boriladi.
Fermentlarni qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi ikki yo‘nalishda olib
borilmoqda:
1.
xayvonlarni ozuqasida foydalaniladi.
2.
ferment bilan ozuqaga ishlov berib, ularni xazm bo‘lishini oshiriladi.
Aspergillus oryzae
ni ozuqa muxiti yuzasida o‘stirish usuli bilan amilorizin -
preparati olinadi, bu asosan o‘stirilgan zamburug‘ning qurigani bo‘lib, tarkibidan
-amilaza,
dekstrinaza, maltoza, glyukoamilaza va proteaza bo‘ladi.
Glyukovamorin - kepakda o‘stirilgan
Asp.awamori
kulturasining qurigani, tarkibiy
qismi
-amilaza, dekstrinaza, maltoza, glyukoamilaza, nordon proteinaza va
gemitsellyulozadan iborat. Amilosubtillin preparati tarkibida
-amilaza, proteaza,
-glyukonaza va lizis qiluvchi fermentlar bo‘ladi.
Mikrob fermentlari tibbiyotning turli xil soxalarida terapevtik vosita sifatida
va klinik analizlarni olib borishda qo‘llaniladi. yallig‘lanish jarayonlarini va
kuyishni davolash uchun proteinaza preparatlari qo‘llaniladi. Odam organizmida
ayrim fermentlarni sintezlanishi buzilganda, aloxida va kompleks xolda fermentlar
iste’mol qilinadi. Masalan: oshqozon osti bezini funksiyasi buzilganda, tarkibida
proteinaza, amilaza va lipaza kompleksi bo‘lgan preparat qabul qilinadi.
Laktaza va glyukoamilaza sintez qilish qobiliyati yo‘qolganda
mikroorganizmlardan olingan shu nomli fermentlardan foydalaniladi. Ovqat xazm
qilish jarayoni buzilganda ayrim vaqtlarda kompleks fermentlar (
-amilaza,
sellyulaza, lipaza va proteinaza) iste’mol qilinadi. Mikrob fermentlarini tibbiyotda
qo‘llash juda istiqbollidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |