Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MEDIADARS TUSHUNCHASI
Jumamurotova Dilbar Shukurlayevna
Xorazm viloyati Shovot tumani 23-maktab
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
jumamurotovadilbar @gmail.com//90-725-00-36
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda mediadars bilimlarni yanada oshirish
vositasi ekanligi haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
mediadars,interfaol usullar,multimedia vositalari,elektron darslik
Bugungi kunda ta’lim tizimiga bo‘lgan e’tibor juda katta.Chunki ta’lim kelajagimizni
belgilaydi,sifatli ta’lim berish esa bosh maqsadimizdir. Har bir vatanparvar yurtdoshimiz
davlatimizni rivojlangan davlatlar qatorida ko‘rishni istaydi.Shu bois davlatimiz tomonidan
yoshlarga,ularning ta’lim-tarbiyasiga katta e’tibor qaratilmoqda.Chunki yoshlar bizning
kelajagimizdir. XXI asr-axborot texnologiyalari asri hisoblanadi. Axborotlashtirish jarayoni
tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda mamlakatimizning ta’lim tizimiga yangi
texnologiyalarni joriy qilish,axborot resurslaridan o‘quv jarayonida samarali foydalanishga alohida
e’tibor qaratilmoqda.Yangilanayotgan ta’lim tizimida yakuniy natija bevosita ta’lim-tarbiya
jarayonini amalga oshiradigan o‘qituvchi mehnatining qanday tashkil etilishiga borib taqaladi.
Bu vazifani hal qilish uchun yoshlarni hayotga tayyorlashning yangi texnologiyasi,metod,usul,
vositalardan foydalanish lozim bo‘ladi.Ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan ulkan vazifalar esa ta’lim
berishga munosabatni,yondashuvni o‘zgartirishni talab etadi. Natijada maktablarda “mediadars”
degan tushuncha paydo bo‘ldi.Bu tushuncha dastlab boshlang‘ich ta’limga kirib keldi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga dasr jarayonida multimedia vositalari,disklar,elektron darsliklar
va boshqa turli vositalardan foydalanish tavsiya qilindi. Multimedia-ta’limni rejalashtirish va
boshqarishda multimedia vositalari,ya’ni audio,video,teleimkoniyatlardan foydalanish demakdir.
Mediadarsda grafik,surat,harakatli tasvirlar hosil qilish va namoyish qilishda multimedia vositalari
katta rol o‘ynaydi.Zamonaviy ta’limning eng muhim vositasi o‘quvchiga faqatgina muayyan
bilimni o‘rgatish emas,ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilimlarni interfaol metodlar
orqali yanada kengaytirish va egallagan bilimlarni amalda samarali qo‘llay olish ko‘nikmasini
shakllantirishdan iborat.Bunda mediadarsning ahamiyati katta.Faqatgina darslik orqali o‘tiladigan
darslarda o‘quvchilarning bilimlari yaxshi shakllanmaydi.
O‘quvchi shu mavzuga oid turli grafik,fotosuratlar,harakatli va videotasvirlar, ko‘rsatmali
xaritalarni ko‘rish va eshitish orqali o‘rganadi.Bu esa darsning qiziqarli,rang-barang,faol
harakatlar asosida o‘tilishini ta’minlaydi. Darslar ko‘rsatmali va interfaol usulda bo‘lgani
bois o‘quvchilarning e’tiborini jalb etadi va faolligini oshiradi. Mediadarslarda kompyuter
texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning savodxonligini oshiradi,mustaqil fikr yuritish
ko‘nikmasini rivojlantiradi. Boshlang‘ich ta’lim darslarida ma’lumotlarni faqat kitobdan
o‘qib,ko‘proq tushunchaga ega bo‘lish qiyin.Mavzularni o‘quvchi nazariy bilish bilan birga
amalda ham ko‘rsa,o‘simlik va hayvonlarni,shaharlar va ishlab chiqarish korxonalarini
videodarslar orqali ko‘rib o‘rgansa,mavzu yanada qiziqarli va tushunarli bo‘ladi.
Sifatli elektron darslik ham davr talabi. O‘quv qo‘llanmalardagi dasturlar an’anaviy dars ti-
zimiga moslashtirilgan, shu sababli elektron darslik tuzishda noan’anaviy dars usuliga moslab
animatsiyali dasturlar, test va krossvordlar va “Ortiqchasini top”, “Men kimman?” singari o‘yin
uslublaridan foydalanishga katta ahamiyat berishimiz darkor. Elektron darsliklar talab darajasida
yaratilishini har bir fan o‘qituvchilari o‘z zimmasiga olishi shart, deb o‘ylayman.
O‘qituvchi o‘z texnologiyasini va ish usullarini tanlash huquqiga ega, chunki har bir o‘qituvchi
o‘quvchining rivojlanishi uchun tinimsiz izlanishda bo‘lmog‘i lozim.
Xulosa qilib aytganda,interfaol metodlar,innovatsion texnologiyalar asosida tashkil qilinadigan
mediadarslar o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amaliy bilib olish ko‘nikmalarini tarbiyalashga
yordam beradi.Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tatbiq etganda ta’lim
oluvchilar juda yaxshi bilim,ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishadi. Ta’lim tizimiga joriy
qilinayotgan bu islohotlardan asosiy maqsad davlatimizni yanada rivojlantirish,unga munosib
vorislar yetishtirishdir. Demak, ta’lim tizimiga axborot kommunikatsiya vositalarini keng
joriy etib, o‘quvchilarga mediadarslar orqali saboq berilsa,yosh avlod zamonaviy texnika
88
Do'stlaringiz bilan baham: |