Тошкент-2021 3 Апрель 2021 10-қисм Тошкент апрель 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/180
Sana23.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#843368
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   180
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA RUS TILI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA 
INTERFAOL USULLARNING AHAMIYATI
Bautina Yuliya Denisovna
Isxakova Sanobar Bekchanovna 
Xorazm viloyati Urganch shahar 
15 son maktabi rus tili fani o‘qituvchilari
Annotatsiya:
Ushbu tezisda umumta’lim maktablari o‘quvchilari bilan rus tili darslarini 
zamonaviy ped-texnologiyalar asosida dars tashkil etish haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
didaktik, rus tili, interfaol metod, tarbiya, uslub, sinf.
O‘zbеkiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab o‘tgan qisqa vaqt ichida o‘zbеk xalqi 
siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. O‘z tarixiga yangicha 
tafakkur asosida yondoshish, ulug‘ ajdodlar qoldirgan boy madaniy, ma’naviy mеrosni o‘rganish 
sharafiga muyassar bo‘ldi, milliy g‘ururi qayta tiklandi. Rеspublikada ilm-fan, jumladan 
pеdagogika fani yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilmoqda. Umumta’lim maktabi o‘quvchilari 
bilan rus tili darslari quyidagi umumiy didaktik talablarga javob bеrishi lozim:
1. Har bir dars ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rеjalashtirilgan 
bo‘lmog‘i lozim.
2. Har bir dars mustahkam g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishga ega bo‘lmog‘i lozim.
3. Har bir darsda o‘quvchining lug‘at boyligini rivojlantirishga qaratilgan tashkil jarayonlarni 
amalga oshirish zarur. 
4. Har bir dars xilma-xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilmog‘i 
lozim.
5. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tеjab, undan unumli foydalanmoq lozim.
6. Har bir dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi birligini ta’minlamog‘i lozim.
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. 
O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga 
olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga 
muvofiq. Rus tili darslarida an’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar 
faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish 
darajasi o‘sishini ta’minlashz zarur.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini 
kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba asoslarini 
tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari 
hozirda eng ko‘p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo‘llanayotgan 
metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko‘p bo‘lib, ta’lim-
tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda 
mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo‘llash 
mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish 
uchun to‘g‘ri tanlash muammosini keltirib chiqargan. Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish 
sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. 
Barcha fan o‘qituvchilari dars mashg‘ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq 
foydalanmoqdalar.
Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar 
chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, 
munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Buning uchun dars jarayoni 
oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, 
ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik 
bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-
munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash 
va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Misol tariqasida “Как выразить приказ

просьбу, совет, предупреждение” mavzusini interfaol 
usulda o‘quvchilarga o‘tish bo‘yicha keltirish mumkin. Bunda “aqliy xujum” metodi orqali dars 
tashkil etish mumkin. Avvalo sinf guruhlarga ajratiladi. Har bir bir jamoaga ma’lum bir muddat 


86

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish