Transport vositalarining elektr jixozlari va elektron tizimlari


Uo signal nolga, ya‟ni  Uyp



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/162
Sana23.07.2022
Hajmi7,74 Mb.
#843306
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   162
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish

Uo
signal nolga, ya‟ni 
Uyp
signal
Ue
ga 
Ur
esa
Up
gateng bo‟lguncha 
o‟zgartiradi. 
5.1 - rasm. RRS 528 rele - rostlagichi. 
1 - korpus; 2 - sim o‟rami; 3 - yakor; 4 - yarmoq; 5 - egiluvchi plastini; 6 - tok 
cheklagich; 7 - qo‟zg‟almas kontakt ustuni. 
1.6. Yarim o‟tkazgichlarning xossalari 
Yarim o‟tkazgichli asboblar avtomobillarni elektr jihozlarida keng 
qo‟llaniladi. Yarim o‟tkazgichlar elektr toki o‟tkazish jihatidan o‟tkazgichlar va 
izolyatorlar orasidagi o‟rinni egalaydi. Ularning solishtirma qarshiligi temperatura, 
tashqi arlashmalarning borligi va boshqa omillarga qarab o‟zgaradi. Yarim 


45 
o‟tkazgichlarga ba‟zi metallar, ularning oksidlari, ba‟zi metallar qotishmasi va 
sulьfatli birikmalar kiradi. 
Yarim o‟tkazgichli asboblarni tayyorlashda germaniy va kremniydan keng 
foydalaniladi. Germaniy mo‟rt kumushsimon kul rang metall bo‟lib, u Mendeleev 
davriy tizimning to‟rtinchi gruppasiga kiradi. Demak, bu element atomining tashqi 
elektron qobig‟ida to‟rt valentli elektron bor. Bu elektron qo‟shni to‟rtta atom 
elektronlari bilan birga qo‟sh elektrik bog‟lanishdeb ataluvchi bog‟lanish hosil qiladi 
(5.2 - rasm). Bu bog‟lanish elementning kristall panjarasidagi atomlarni ushlab 
turadi. 
Kristaldagi germaniyning har bir atomi to‟rtta qo‟shni atom bilan bog‟liq 
bo‟lib qoladi. Bu bog‟lanishda mazkur va qo‟shni atomlar elektronlaridan ikkitadan 
qatnashadi. 
5.2-rasm. Yarim o‟tkazgichli diod sxemasi. 
Mutlaqo sof germaniyda juda past temperaturada erkin elektronlar bo‟lmaydi, 
ya‟ni tashqi orbitalardagi barcha elektronlar qo‟sh elektron bog‟lanishlarda 
qatnashadi. Bunday sharoitlarda germaniy sof dielektrik (izolyator) hisoblanadi. 
Biroq elektronlarning kinetik energiyasi issiqlik yoki yorug‟lik energiyasi ta‟sirida 
kattalashadi. Ularning ko‟pchiligi atomlar bilan tortishish kuchini yengib, o‟z 
bog‟lanishini uzadi va erkin bo‟lib qoladi. Elektr maydoni mavjudligida erkin 
elektronlar ma‟lum bir yo‟nalishda harakatlanadi va yarim o‟tkazgichda elektr toki 
hosil bo‟ladi. Yarim o‟tkazgichining erkin elektronlar harakati hisobiga 
o‟tkazuvchanligi elektron o‟tkazuvchanlik yoki 
n
tipidagi o‟tkazuvchanlik (negative-
manfiy) deb ataladi.
Tashqi orbitadan bir yoki bir necha elektron yo‟qotgan yarim o‟tkazgich atomi 
musbat ion bo‟ladi, yarim o‟tkazgichlardagi bunday atom teshikdeb nomlangan. 
Bunda bu atomda bitta elektron yetishmasligini ta‟kidlab o‟tish kerak. Hosil bo‟lgan 
teshikni qo‟shni atom elektroni to‟ldirishi mumkin, bunda qo‟shni bog‟lanishda 
xuddi yuqoridagidek elektron bilan to‟ldirish mumkin bo‟lgan yangi teshik hosil 
bo‟ladi va hokazo. Yarim o‟tkazgichda teshikning tartibsiz harakati sodir bo‟ladi, 
ya‟ni u elektron harakat yo‟nalishiga qarama-qarshi tomonga siljiydi. Avvalgidek 
zaryadlarni elektronlar tashisa ham, biroq ularning o‟tishi yagona musbat 
zaryadlarning qarama-qarshi tomonga siljishiga sabab bo‟ladi. Teshiklarning 
harakati tufayli o‟tkazuvchanlik teshikli o‟tkazuvchanlik yoki 
p
tipidagi (positive-
musbat) o‟tkazuvchanlik deb ataladi. 
Sof yarim o‟tkazgichda teshiklar soni erkin elektronlar soniga teng. 
O‟tkazuvchanlik ikki xil ishorali bir xil sonli zaryadlarning harakati bilan hosil 
qilinadi. Erkin elektronlar kristallda siljib, teshikka kirib qoladi va shunday qilib 
buzilgan bog‟lanishlar tiklanadi. Bu jarayon rekombinatsiya deb ataladi. Elektron va 


46 
teshiklarning o‟zaro qarama-qarshi yo‟nalishda siljishi natijasida elektron maydoni 
ta‟sirida yarim o‟tkazgichda elektr toki hosil bo‟ladi. Sof yarim o‟tkazgichlarning 
bunday elektron-teshikli o‟tkazuvchanligi, erkin elektronlarning hosil bo‟lishi va 
bulardan doim shu elektronlar miqdoricha teshiklar hosil bo‟lishi, xususiy 
o‟tkazuvchanlik deb ataladi. Xususiy o‟tkazuvchanlik uncha katta emas, chunki 
erkin elektronlar normal sharoitda o‟tkazgichda ko‟p emas. 
Yarim o‟tkazgichning o‟tkazuvchanligini oz miqdorda maxsus aralashma 
qo‟shib oshirish mumkin. Natijada elektronlar soni bilan teshiklar soni orasidagi 
muvozanat buziladi va elektr toki ko‟pincha bir xil ishorali zaryadlar tomonidan 
hosil qilinadi. (Bu elektron yoki teshiklardan qaysi birining ko‟pligiga bog‟liq). 
Elektron o‟tkazuvchanlik hosil qiluvchi aralashmalar donorlardeb ataladi. 
Mendeleev davriy sistemasining to‟rtinchi gruppasiga oid yarim o‟tkazgichlar uchun 
donorli aralashmalar beshinchi gruppa elementlaridan olinadi. Odatda bunga surma, 
mishyak, fosfor kiradi. Teshikli o‟tkazuvchanlik hosil qiluvchi aralashmalar 
aktseptorlardeb atalib, odatda ular uchinchi gruppa elementlaridan olinadi. Ular 
ichida indiy, alyuminiy va bor ancha ko‟p tarqalgan. 
Aralashmalar yarim o‟tkazgich o‟tkazuvchanligiga qanday ta‟sir etishi bilan 
tanishib chiqamiz. 5.2a - rasmda elektron o‟tkazuvchanlikning hosil bo‟lishi sxemasi 
keltirilgan. Donorli aralashma atomi besh valentli elektronga, yarim o‟tkazgich 
(masalan, germaniy) atomi esa faqat to‟rt valentli elektronga ega. Aralashma 
atomining to‟rtta elektroni va yarim o‟tkazgich atomining to‟rtta elektroni ishonchli 
elektron bog‟lanishni hosil qiladi, biroq beshinchi elektron ortiqcha deb tuyuladi. 
Uni hatto yarim o‟tkazgichni xona temperaturasigacha isitib, atomdan ajratib olish 
oson. Bu elektronlarga elektr maydoni ta‟sir etganda elektr toki hosil bo‟ladi ya‟ni 
elektron o‟tkazuvchanlik hosil bo‟ladi. 
5.2b - rasmda teshikli o‟tkazuvchanlikning hosil bo‟lish sxemasi ko‟rsatilgan. 
Aktseptorli aralashma atomi faqat uch valentli elektronga ega. Bu holda aralashma 
atomlari va yarim o‟tkazgichning qo‟shni atomlari orasida faqat uchta to‟ldirilgan 
bog‟lanish hosil bo‟ladi. To‟rtinchi elektron bog‟lanish to‟lmay qoladi, ya‟ni teshik 
hosil bo‟ladi. Uni elektron bilan to‟ldirish mumkin, lekin qo‟shni atomda elektron 
“ketishi” bilan yana teshik hosil bo‟ladi. SHunday qilib aktseptorli aralashmani 
qo‟shish teshiklar sonining erkin elektronlar sonidan ko‟payishi va yarim 
o‟tkazgichning o‟tkazuvchanligi teshikli bo‟lib qolishiga olib keladi. 
Agar e.yu.k. manbai bo‟lmasa, unda teshiklar erkin elektronlar kabi yarim 
o‟tkazgichda tartibsiz siljiydi, e.yu.k. ta‟sirida esa tartibli harakatlanadi. 

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish