Transport vositalarining elektr jixozlari va elektron tizimlari


Uyg‟otish chulg‟ami aylanadigan va elektromagnit yordamida uyg‟otiladigan



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/162
Sana23.07.2022
Hajmi7,74 Mb.
#843306
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   162
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish

Uyg‟otish chulg‟ami aylanadigan va elektromagnit yordamida uyg‟otiladigan 
o‟zgaruvchan tok generatorlari.
Bu gruppadagi generatorga yuk avtomobillariga o‟rnatiladigan G250-I1 
generatori (4.6-rasm). U startyor, rotor, ikkita qopqoq va to‟g‟rilash blokidan iborat. 
4.6-расм. Ўзгарувchан ток генератори 
Startyor umumiy paketga parchinlar bilan biriktirilgan 0,5mm qalinlikdagi 
elektrotexnikaviy po‟lat plastinalardan yig‟ilgan. Ichki yuzasida 18 ta qutb bo‟lib, 
ularning har biriga beshta o‟ramdan iborat chulg‟am kiygizilgan. SHunday qilib, har 
bir fazada o‟zaro ketma-ket ulanadigan oltita g‟altak bor. Fazalarning oxiri chiqish 
qismlari bilan, boshi yulduz usulida ulangan. 
Uning tuzilishi rotor, val, yuritish shkivi, uchlik, vtulka, uyg‟otish chulg‟ami 
va kontakt mis halqadan iborat. Uyg‟otish chulg‟ami vtulkaga mahkamlanadi. 
CHulg‟am chiqishlari kontakt halqalarga qalaylangan. Uchliklarda qutbiyligi 
almashuvini oltita qutb bo‟lib, u ikki qismdan iborat: birinchi qism qutbi ikkinchi 
qism qutbi orasidagi uyiqqa olib boradi. 
Kopqoqlarga zichlamasi bor sharikli podshipniklar o‟rnatilgan bo‟lib, ketingi 
qopqoqqa ikkita cho‟tka tutqich mahkamlangan: bulardan biri massadan 
izolyatsiyalangan musbat cho‟tka va ikkinchisi massadan izolyatsiyalanmagan 
manfiy cho‟tkadir. Mis-grafitli cho‟tkalar kontakt halqalarga prujinalar yordamida 
siqilgan. Musbat cho‟tka, cho‟tka tutkich qismasi SH bilan kanat vositasida ulangan. 
To‟g‟rilash bloki o‟zgaruvchan tokni o‟zgarmas tokka aylantirish uchun xizmat 
qiladi. U uch sektsiyaga yig‟ilgan va panelga o‟rnatilgan oltita kremniyli dioddan 
iborat. Radiatorli har bir sektsiya issiqlik eltish qovurg‟ali alyuminiy tsilindrdan 
iborat. TSilindr ichiga turli o‟tkazuvchanlikka ega bo‟lgan ikkitadan diod 
joylashtirilgan. Radiatorlarda startyor chulg‟ami chiqishlari ulangan kontakt boltlar 
bor. Ketingi qopqoqqa to‟g‟rilash blokidan tashqari “

” va “-” ishorali qismlar, 
shuningdek qisma SH o‟rnatilgan. qisma “

” rele-rostlagichning qismasi V bilan, 
qisma “-” generator korpusi bilan, qisma SH rele-rostlagichning bir xil ishorali 
qismasi bilan ulangan.


40 
Generator qismlarida kuchlanish 13,2-15,2V ga yetganda o‟zak prujina 
kuchini yengib, yakorni tortadi va rele kontaktlari ulanadi. Bunda tranzistor bazasi 
to‟g‟rilagichning musbat qismasiga ulanadi, bu hol boshqarish tokining yo‟qolishi va 
tarnzistorning berkilishiga sabab bo‟ladi. Natijada generatorning uyg‟otish 
chulg‟amidan o‟tuvchi quyidagi tok zanjiri hosil bo‟ladi: to‟g‟rilagich va rele-
rostlagich qismlari V (musbat chiqishlari) berkituvchi diod D
b
tezlatuvchi rezistor R
t
-qo‟shimcha rezistorlar D
q
-himoya relesining ketma-ket chulg‟ami KCH rele-
rostlagich va generator qismlari SH-generatorning uyg‟otish chulg‟ami GUCH-
massa to‟g‟rilagichning manfiy qismasi.
Zanjirga qarshiliklar ulash natijasida generatorning uyg‟otish chulg‟amidagi 
tok kamayadi va generator qismlardagi kuchlanish ham kamayadi. natijada RN-
o‟zagining magnitlanishi susayadi, kontaktlar yakor prujinasi ta‟sirida uzatiladi, 
tranzistor ochiladi va generator qismlaridagi kuchlanish yana ortadi. 
Himoya relesi rele-rostlagich tranzistorini qismlar SH ning massa bilan 
tasodifan tutashishi tufayli hosil bo‟ladigan tokdan saqlaydi. Himoya relesining 
o‟zagi uchta chulg‟amga ega: ketma-ket chulg‟am KCH, qaramaq-qarshi chulg‟am, 
qCH va tutib turuvchi chulg‟am TCH. Ketma-ket chulg‟am o‟zakni magnitlashga 
xizmat qiladi, u generatorning uyg‟otish chulg‟amiga ketma-ket ulangan. qarama-
qarshi chulg‟am rele o‟zagini magnitsizlashga xizmat qiladi va shuning uchun 
o‟ramlarining yo‟nalishi ketma-ket chulg‟am o‟ramlari yo‟nalishiga qarama-
qarshidir. Uning oxirgi uchlaridan biri ketma-ket chulg‟amga, ikkinchisi massaga 
ulangan, ya‟ni u chulg‟am GUCH ga parallel ulangan. Tutib turuvchi chulg‟am rele 
kontaktlarini u ishlayotganda tutashgan holatda tutib turishga xizmat qiladi. 
CHulg‟am biri massaga, ikinchisi rele o‟zagiga ulanadi, ya‟ni uning o‟ramlarining 
yo‟nalishi ketma-ket chulg‟am o‟ramlari yo‟nalishi bilan bir xil. Bu chulg‟am 
zanjiriga taqsimlash diodi D
t
ulangan. 
Generator normal ishlayotganda (ya‟ni qismlar SH massaga tutashmaganda) 
uyg‟otish toki ketma-ket chulg‟amdan ikki qismga bo‟linib o‟tadi: bir qismi 
generatorning uyg‟otish chulg‟amidan, ikkinchisi esa qarama-qarshi chulg‟amdan 
oqib o‟tadi. SHu toklar hosil qilgan bir-biriga qarama-qarshi bo‟lgan ikkita magnit 
oqimining o‟zaro ta‟siri natijasida rele o‟zagi magnitsizlanmaydi, uning kontaktlari 
ajraladi. Bunday hollarda tutib turuvchi chulg‟amda tok bo‟lmaydi, chunki zanjirda 
taqsimlash diodi D
t
tok o‟tishga to‟sqinlik qiladigan holatda turibdi.
Qismlar SH yoki ularni massaga ulovchi simlar tasofidan ulanib qolsa, 
relening ketma - ket chulg‟amida tok keskin oshadi. Himoya relesining qarama - 
qarshi chulg‟amida tok bu vaqtda nolgacha kamayadi, chunki chulg‟amining ikkala 
uchi massaga ulanganbo‟ladi. So‟ngra qarama - qarshi chulg‟amda magnit oqimi 
yo‟qoladi, ketma - ket chulg‟amda esa magnit oqimi aksincha ko‟payadi, bu 
kontaktlarning ulanishiga sabab bo‟ladi. Berk kontaktlar orqali tezlashtiruvchi 
chulg‟am zanjiriga ulanadi va uning magnit oqimi ketma-ket chulg‟am magnit 
oqimini kuchaytiradi. SHuning uchun rele kontaktlari berk bo‟ladi. Bir vaqtda 
tranzistor bazasi akkumulyator batareyasi yoki generator to‟g‟rilagichining musbat 
chiqishi bilan yarmo, berk kontaktlar va taqsimlash diodi D
t
orqali ulanadi. 
Tranzistor berkiladi, ya‟ni emitter-kollektor o‟tishining qarshiligi ortadi va qisqa 
tutashish tokining zanjiri uziladi. Tranzistor qismalar SH massadan ajralmaguncha 
berk bo‟ladi. 


41 
Rele-rostlagichdagi mavsumiy rostlash qayta ulagichi MRP generator 
qismlaridagi kuchlanishni mavsumga qarab (qish va yoz) o‟zgartirish uchun xizmat 
qiladi. Konstant simdan iborat beshta o‟ramdan tuzilgan, 2,5 Om qarshilikka ega 
bo‟lgan chulg‟am qayta ulagichning asosi hisoblanadi. qayta ulagich chulg‟ami 
kuchlanish rostlagich KR ning asosiy chulg‟ami yuqorisida joylashgan. Agar muhit 
temperaturasi 5

S dan oshsa, rostlash vintini L harfi (yoz) tomon qayta ulagichning 
latun plastinasiga taqalguncha otvyorka bilan buraladi. KR chulg‟amidan o‟tayotgan 
tok bunda o‟zgarmaydi va qayta ulagich kuchlanishni rostlashda ishtiroq etmaydi. 
Agar temperatura 5

S dan past bo‟lsa, rostlash vinti Z harfi (qish) tomon oxirigacha 
buraladi va unda KRCH chulg‟ami zanjiriga 2,5 Om ga teng bo‟lgan qarshilik 
ulanadi. Endi kontaktlar KR ni uzish uchun 0,8-1,2V ko‟p kuchlanish kerak bo‟ladi, 
natijada generator qismlaridagi umumiy kuchlanish shuncha ko‟payadi. Bunday 
rostlash qishda quyidagi sabablarga ko‟ra zarur: qishda akkumulyator batareyasining 
ichki qarshiligi ortadi va uni zaryadlash uchun ko‟p kuchlanish kerak bo‟ladi, 
bundan tashqari, batareya tezroq zaryadsizlanadi, chunki startyor ko‟p energiya talab 
qiladi va yoritish asboblari tez–tez yoqib turiladi. 
Qayta ulagich MPR yordamida generator kuchlanishini rele-rostlagich 
qopqog‟ini ochmasdan vaqtincha o‟zgartirish mumkin. Masaslan, agar qayta ulagich 
L holatdaligida akkumulyator batareyalarining muntazam zaryadsizlanishi kuzatilsa, 
unda rostlash vinti Z holatga o‟tkaziladi, natijada generator qismalarida kuchlanish 
va zaryad toki ortadi va aksincha, agar Z holatda batareya muntazam ortiqcha 
zaryadlansa (elektrolitning qaynashi va sathining kamayishi), bu generator 
qismlarida kuchlanish oshganini bildiradi, unda vintli L holatga o‟tkazib, 
kuchlanishni kamaytirish mumkin. 

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish