Transport vositalarining elektr jixozlari va elektron tizimlari


Evropadagi generator firmalari



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/162
Sana23.07.2022
Hajmi7,74 Mb.
#843306
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   162
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish

Evropadagi generator firmalari. 
Evropada eng yetakchi avtomobillarga generator ishlab chiqadigan firmalar 
Bosch (Germaniya), Valeo (Frantsiya) va Magneti Marelli (Italiya). 
Masalan: Bosch firmasi Germaniyada – Mercedes, BMW, Audi, Opel, 
Volkswagen va xokoza., Frantsiyadagi Valeo firmasi – Peygeot, Citroen, Renault, 
Volvo avtomobillari uchun generator ishlab chiqadi. Angilyadagi ko‟pgina 


37 
avtomobillarni generatorini Lucas firiasi ishlab chiqadi. Rossiya avtomobillarini 
ko‟pchiligida Bosch generatorlar ishlatiladi. 
4.3-rasm. O‟zgaruvchan tok generatori. 
 
4.4-rasm. O‟zgaruvchan tok generatorini detallari. 
1 – gayka va shayba; 2 – shkiv; 3 – oraliq shayba; 4 – plastinani ushlab 
qotiruvchi bolt; 5,12 – oldingi va orqa qopqoq; 6,9 – podshipniklar; 7 – ushlovchi 
plastina; 8 – rotor; 10 – podshipnik kistirgichi; 11 – stator; 13 – siquvchi bolt; 14 – 
rostlagich bloki; 15 – rostlagich blokini qotiruvchi bolt; 16 – kojux; 17 – kojux 
maxkamlovchi bolti; 18 – shyotkaushlovchi; 19 – shyotkaushlovchi maxkamlovchi 
bolti; 20 – shyotka; 21 – shyotka prujinasi. 
Doimiy magnitlar yordamida uyg‟otiladigan o‟zgaruvchan tok generatorlari 
Mamalakatimiz 
sanoati 
mazkur 
gruppadagi 
generatorlardan 
G-3O3 
generatorini ishlab chiqaradi (4.5-rasm). U startyor, rotor va old hamda ketingi 
qopqoqlardan tuzilgan. 


38 
4.5-rasm. Doimiy magnitlar yordamida uyg‟otiladigan o‟zgaruvchan tok 
generatorining tuzilishi. 
1 - aylanuvchi magnit; 2 - uyg‟otish chulg‟ami; 3 - o‟zak; 4 - cho‟g‟lanma 
lampa; 5 -korpus. 
Startor lak qatlami bilan izolyatsiyalangan 0,5 mm qalinlikdagi alohida 
elektrotexnikaviy po‟lat plastinalardan (uyurma tokni kamaytirish maqsadida) 
yig‟ilgan. Plastinalar ichida 12 ta chiqiqlar (qutblar) bo‟lib, ularning har biriga 
startyor fazaviy chulg‟amining g‟altagi joylashgan. Parchinlangan plastinalar 
startyor paketini hosil qiladi. Har bir g‟altak 0,62 mm diametri PEV-2 markadagi 
izolyatsiyalangan simning 73 o‟ramidan tashkil topgan. Juft g‟altaklar ketma-ket 
ulangan, ya‟ni bitta g‟altak o‟ramining oxiri ikkinchi g‟altak o‟ramining boshiga 
ulangan (yondagiga emas, bittadan keyingisiga). Har bir juftdan simning erkin uchi 
iste‟molchilar ulanadigan qismaga chiqarilgan. galtaklar juftlari soniga qarab bunday 
qismlardan oltita bor va ularga 1 - 6 raqamlari yozilgan. 
Har bir juftning ikkinchi uchi umumiy qisma M ga (massaga) chiqarilgan. 
SHunday qilib, har bir iste‟molchi nomerlangan qismaga va qisma M ga o‟langan. 
Rotor val, olti qutbli magnit va yuritish shkividan tuzilgan. Magnit alniko 
qotishmasidan (temirning nikel va alyuminiyli qotishmasidan) tayyorlangan. 
Qopqoqlarga rotor vali aylanadigan zichlamali sharikli podshipniklar va o‟rnatilgan. 
Generator qopqoqlari va korpus ikkita taranglash bolti yordamida bir butun qilib
biriktirilgan. 
Ketingi qopqoqqa izolyatorlar o‟rnatilgan bo‟lib, ular orqali qismlar 
chiqarilgan. Qopqoqlarda teshikli chiqiqlar bo‟lib, bu teshiklardan generatorni 
dvigatel kronshteyniga mahkamlaydigan bolt o‟tadi. Bu bolt yuritish tasmasi 
tarangligini bo‟shatish zarur bo‟lganda generatorni burish uchun ham xizmat qiladi. 
Bunday generatorlar gruppasiga, shuningdek, GTI-A generatori ham kiradi. 
Startyor, rotor, qopqoq va markazdan qochirma rostlagich uning asosiy qismlaridir. 
Startyor chulg‟ami fazaviy g‟altaklari joylashgan 36 ta qutbga ega. Startyor 
chulg‟ami uch fazali bo‟lib, yulduz usulida ulangan. Rotor val, magnit va yuritish 
shkividan tuzilgan. Magnit uchta paketni o‟z ichiga oladi: ikkitasi valga qo‟zg‟almas 
qilib o‟rnatilgan, uchinchisi esa bronza vtulkada burala oladi.
U rotorning aylanish tezligi o‟zgarganda generator qismlaridagi kuchlanishni 
doimiy saqlashga xizmat qiluvchi markazdan qochirma kuchlanish rostlagichi 
saqlashga xizmat qiluvchi markazdan qochirma kuchlanish rostlagich ta‟sirida 
buriladi. Rostlagich mushtcha markazdan qochirma yukcha prujina va gaykali 
taranglash vintlaridan tuzilgan. Mushtcha berkitish vinti yordamida rotor valiga 
qo‟zg‟almas qilib o‟rnatilgan. Mushtcha teshiklariga prujinaning taranglash vintlari 
qo‟yilgan ikkita kronshteyn mahkamlangan. Prujinalar ikkinchi uchi bilan o‟qi 
magnitning qo‟zg‟aluvchan paketiga mahkamlangan markazdan qochirma yukchaga 
ulangan. 
Rotorning aylanish soni ortganda markazdan qochirma yukchalarprujinalar 
tortish kuchini yenggan holda markazdan qochma kuchlar ta‟sirida tarqaladi.
Qo‟zg‟aluvchan paket bunda qo‟zg‟almas paketga nisba tan siljiy boshlaydi va 
rotor magnit oqimi kamayadi. Bu hol generator ishlab chiqaradigan e.yu.k. ning 
kamayishiga olib keladi. Rotorning aylanish soni kamayganda yukchalar prujinalar 
ta‟sirida dastlabki holatiga qaytadi va qo‟zg‟almas paketni magnit oqimi ko‟payishi 


39 
tomon buraydi. Odatda fazaviy kuchlanish rotorning 3000-4700 ayl

min aylanish 
sonida 10-13V bo‟ladi. 

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish