Tarjimon (1883 – 1917) Gazetasidagi Turkiston Materiallarining Izohli Bibliografiyasi
5
Rossiya imperiyasi hududida Peterburg akademiyasi, Qozon universiteti, Qozon
shahridagi ikki xususiy, Turkiston general gubernatorligi va Bog‘chasaroydagi
“Tarjimon” bosmaxonalari arab xarfidagi matn va kitoblarni nashr qilish
imkoniyatiga ega edi.
15
Turkistonda kitob chop etish 19-asrning 70-yillaridan, Rossiyaning
o‘lkani bosib olishi bilan boshlandi. Turkistonda bundan oldin kitob chop
etilmagan bo‘lsada, sayyohlar va hajdan qaytayotgan kishilar tarafidan
Hindiston va Turkiyadan turli bosma kitoblari olib kelingan va keng tarqalgan
edi. Ushbu kitoblarning aksariyati fors tilida bo‘lgan.
16
Ba’zi manbalarda
ko‘rsatilishicha, Buxoroda hind bosma kitoblari turk bosma kitoblaridan ancha
ko‘p tarqalgan.
17
Turkistonda birinchi bosmaxona 1868-yili Turkiston general
gubenatorining okrug shtabida ochildi. Bu bosmaxona juda kichik bo‘lganidan,
bosma imkoniyatlari chegaralangan edi. Unda faqat Turkiston okrugi harbiy
qo‘shiniga oid buyruqlar hamda turli ish qog‘ozlarigina chop etilgan. 1870-yilga
kelib bosmaxona uskunalari ko‘paytirildi va hukumatning “Turkestanskiya
Vedomosti” gazetasini chop etishga moslashtirildi.
18
O‘sha yilning o‘zida
bosmaxona mahalliy aholi uchun mo‘ljallangan “Turkiston Viloyatining
Gazeti”ni nashr qilish uchun arab harflari bilan ham ta’minlandi.
1882-yili toshkentlik savdogar Esanboy Husaynboy o‘g‘li bir litografik
bosma uskunasini sotib oldi va uni ishlatish uchun rus kishiga berdi. Oradan bir
yil o‘tib ushbu kichik litografik bosmaxona Esanboy Husaynboy o‘g‘lining
moliyaviy ko‘magi bilan So‘fi Olloyorning “Sabotul-ojiziyn” asarini bosmadan
chiqardi. Shundan so‘ng boshqa ayrim kichik bosmaxonalar ham shartnoma
asosida turli adabiy kitoblar nashr qila boshladi. 1917-yilga kelib faqat
Toshkentning o‘zida 13 turli bosmaxonalar faoliyat olib bordi va musulmoncha
kitoblarni tarqatishda asosiy vazifani bajardi.
19
Toshkentda birinchi xususiy bosmaxona 1877-yili Semen Laxtin
tarafidan ochildi. Oradan 22 yil o‘tib, 1899-yili ushbu bosmaxona Vasiliy Il’in
qo‘liga o‘tdi va shahardagi eng oldi bosmaxonalaridan biriga aylandi.
20
20-asr
boshigacha Turkistonda tashkil etilgan barcha bosmaxonalar ruslar qo‘lida edi.
Aynan ana shu bosmaxonalar rus tilidagi kitoblar bilan bir qatorda mahalliy
tildagi adabiy kitoblarni chop qildi. Kitob bosma ishining bu zaylda davom
etishi ruslar uchun ham siyosiy ham iqtisodiy tarafdan juda foydali edi.
15
Gasp
ı
ral
ı
Ismail. Seçilmi
ş
е
serleri: 2. Fikri Eserleri. Ne
ş
re haz.: Yavuz Akp
ı
nar. –
İ
stanbul: Ötüken, 2004, – S.246.
16
Do'stlaringiz bilan baham: