nishi lozim edi. Shu o ‘rinda R.Akamatsu tomonidan ishlab chiqilgan
“uchayotgan yow oyi g ‘ozlar galalari” (wild flying geese) yoki “quvib
yetuvchi rivojlanish” konsepsiyasini qayd etish mumkin. Yaponiyada
e ’zozlanadigan mazkur obraz Janubi-sharqiy Osiyoning shakllanish
va sanoatlashish jarayoninigina emas, balki mamlakatlar o‘rtasidagi
kuchlar nisbatini ham namoyish etadi. Konsepsiyaga ko‘ra, gala
(Janubi-sharqiy Osiyo) boshida boshlovchi (Yaponiya) uchadi, unga
qolgan g‘ozlar (Osiyo mamlakatlari - Singapur, Gonkong,
Koreya
Respublikasi, Tayvan, Malayziya, Tailand, Filippin, Indoneziya va
boshqalar) ergashadi.
Janubi-sharqiy Osiyo,
shuningdek, mazkur mintaqa mamlakat
lari so‘nggi o ‘n yilliklar mobaynida tashqi
siyosat sohasidagi tad-
qiqotlaming muhim obyektiga aylandi. Bu, eng aw alo, jahon siyosati
va iqtisodiy tizimida mazkur mintaqa va bosh mintaqaviy markaz-
ASEANning ahamiyati oshgani bilan belgilanadi. 1980-90-yil-
larda mintaqaning yetakchi mamlakatlari - Indoneziya, Malayziya,
Singapur va Tailand YalM hajmini har yili o‘rta hisobda 7% gacha
ko‘paytirish va o‘n yillik ichida uni ikki baravar oshirish yo‘li bilan
iqtisodiy sakrashni amalga oshirdi. 2000-yilda jahon umumiy YalM
da Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining ulushi 3,9% ni tashkil etdi.
Mintaqadagi aksariyat mamlakatlaming jami ichki
mahsuloti miqdori
2-3 baravar o ‘sdi. Ayni vaqtda, 4,5 ming kv. km. maydonni egalla-
gan Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida jahon aholisining taxminan
8,3%i (500 mln. kishi) yashaydi, ulaming yillik jami milliy mahsuloti
miqdori qariyb 800 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. 2003-yilda
ASEAN aholisining jon boshiga YalM miqdori 1266 AQSH dollarini
tashkil qildi.
Shunga qaramay, Osiyoda 1997-yilda yuz bergan iqtisodiy inqiroz
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining zaif jihatlarini namoyish etdi.
Moliyaviy inqirozning oldini olish imkonini beruvchi vositalar ularda
mavjud emasligi ay on bo‘lib qoldi. Inqirozning mintaqa mamlakat-
lariga ta’siri mintaqaviy aloqalaming siyosiy jihatdan nozik tizimi
buzilishi xavfini paydo qildi.
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari innovatsion rivojlanish mode-
liga amal qiladi. Mazkur model iqtisodiy o‘sish uchun yangi imkoni-
215
yatlar
yaratishni, eksportga xos ashyo ishlab chiqarishdan voz ke-
chishni, axborot-kommunikatsiya sohasidagi yutuqlardan foydala-
nishni, jahon darajasidagi infratuzilmani davlatning faol ishtirokida
amalga joriy etishni, Janubi-sharqiy Osiyoda integratsiya jarayonla-
rini jadallashtirish va chuqurlashtirish uchun
yangi shart-sharoitlar
yaratishni nazarda tutadi.
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari jadal sur’atlarda rivojlanishi
ASEAN doirasida yevroga o ‘xshash yagona valyutani joriy etish im-
koniyatlari bilan integratsiya jarayonini olg‘a siljitish uchun zamin
yaratdi. Yevropa komissiyasi iqtisodiyot va moliya bosh boshqarma-
sining rahbari K.Regling fikriga ko‘ra, “hozirgi vaqtda Osiyoda, shu
jumladan, Janubi-sharqiy Osiyoda yuz berayotgan iqtisodiy jarayon-
lar Yevropa qit’asida birlashtirish va yagona valyutani joriy etishdan
oldingi yillarda sodir bo‘lgan jarayonlarga ko‘p jihatdan o ‘xshash.
Mintaqa mamlakatlariga xos bo‘lgan makroiqtisodiy barqarorlik,
moliya vazirlari va Osiyodagi yetakchi banklar rahbarlarining yaqin
hamkorligi bunga misol boiishi mumkin”130. Bizningcha,
Janubi-
sharqiy Osiyo mamlakatlarida yagona valyuta joriy etilishi mum
kin, lekin bunga hali ancha vaqt bor. Ayni vaqtda shu narsa ayonki,
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari integratsiyaning mavjud samarali
modellaridan nusxa ko‘chirish niyatida emas, lekin o ‘z mintaqasi
ning xususiyatlari, ishlab chiqarish va iqtisodiy tizimlaming rivoj-
lanish darajasi, shuningdek, davlatlarning maqsad va vazifalari bilan
to‘qnashmaydigan elementlami ular tanlab oladi.
ASEAN tashkil topgan paytdan boshlab keskin muammolarga
duch keldi: uyushma a’zolari harakatlarining kelishilmaganligi, ular
o ‘rtasidagi ishonchsizlik, mamlakatlaming rivojlanish darajasi va ta-
rixiy shart-sharoitlaridagi farqlar salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Siyosiy ke-
lishmovchiliklar va millatchilik omillari “yagonalik rang-baranglik-
da” degan shior ostida milliy manfaatlaming ustunligiga asoslangan
o‘zaro aloqa jarayoniga, umumiy sa’y-harakatlar bilan o‘zaro ishonch
muhitini yaratishga, integratsiyani
chuqurlashtirishga, “kommunizm
xuruji”ni qaytarishni tashkil etishga turtki berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: