asos bilan tavsiflanuvchi G‘arb modelidan butunlay farq qiladi. “ASEAN
yo‘li” uchun tashkilot a ’zolarining ichki ishlariga aralashmaslik print-
sipi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. U davlat suverenitetining
daxlsizligini so‘zsiz tan olishga asoslanadi.
О ‘z tuzilishiga ко ‘ra,
OTOIH - muayyan qoidalarga muvofiq ish-
laydigan forumlar birlashmasi. Oliy organ
qarorlari ijro etish uchun
majburiy emas. Oliy organ ikki “palata”: vazirlar (tashqi ishlar va
savdo vazirlari) uchrashuvi va liderlar (davlat va hukumat rahbarlari)
ning norasmiy sammitidan iborat. Sammit qaysi mamlakat hududida
o ‘tkazilsa, shu mamlakat yil mobaynida forumga raislik qiladi. U
sammitni tashkil etish xarajatlarini o‘z bo‘yniga oladi va o ‘z raislik
muddati (bir yil) uchun OTOIH ishining mavzularini belgilaydi. Sam
mit natijalariga ko‘ra, deklaratsiyalar qabul qilinadi va ularda o‘tgan
yil uchun tashkilot ishining yakunlari ko‘rib chiqiladi, ishtirokchi-
laming mintaqa yoki jahon iqtisodiyoti voqealari xususidagi nuqtayi
nazari va forum strategiyasi ta’riflanadi.
Katta mansabdor shaxslar uchrashuvi - vazifasi liderlar va vazir
lar qabul qilgan qarorlami amalga oshirish borasidagi ishlami mu-
vofiqlashtirishdan iborat bo‘lgan organ;
u oliy organ bilan OTOIH
tarkibiy bo‘linmalari maqomiga ega boigan forumlar o ‘rtasida
bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida ham amal qiladi. Tuzilmaning muhim ele-
menti Amaliy maslahat kengashi bo‘lib, u har bir davlatdan uchtadan
vakil kiruvchi mustaqil biznes-forumni o ‘zida ifodalaydi.
OTOIH organlari forumlar deb ataladi. Ular jumlasiga uch qo‘mita
(savdo va investitsiyalar bo‘yicha, iqtisodiy, budjet
v&
boshqaruv
bo‘yicha) va 11 ishchi guruh kiradi.
OTOIH Kotibiyati Singapurda joylashgan va vazifalarini joriy
yilda raislik qiluvchi mamlakat vakili bajaradigan ijrochi direktor,
ijrochi direktor o ‘rinbosari (OTOIHda kelasi
yili raislik qiladigan
mamlakat vakili), professional xodimlar shtati (forumning har bir
ishtirokchisi amaldorlari) va mahalliy texnik xodimlardan iborat.
1994-1995-yillar OTOIH faolligi o‘z cho‘qqisiga etgan davr hisob-
lanadi. Bu davrda vazifalar belgilandi va mintaqada erkin savdo va
investitsiyalami shakllantirish borasidagi harakatlar rejasi e’lon qi
lindi. Bogor deklaratsiyasi (1994-y.)ga muvofiq, erkin savdo zonasini
203
tashkil etish iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar uchun 2010-yilgacha,
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun esa - 2020-yilgacha bo‘lgan davr
uchun nazarda tutildi. 1995-yilda qabul qilingan Osaka harakatlar
dasturida hukumatlararo tashkilot faoliyatining prinsiplari mustahkam-
landi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida
iqtisodiy hamkorlikning
uch asosiy yo‘nalishi belgilandi: savdo va investitsion liberallashti-
rish, savdo va investitsiyalarga ko‘maklashish, iqtisodiy va texnik
hamkorlik.
Shunga qaramay, OTOIH negizida keng ko‘lamli integratsion gu-
ruhni shakllantirish imkoniyatlari muayyan emas va bu asosan anglo-
sakson va rivojlanayotgan Osiyo davlatlari manfaatlarining muvofiq
emasligi bilan belgilanadi. Chunonchi, AQSH savdo va moliyaviy
oqimlami tez va to‘liq liberallashtirishdan, Sharqiy Osiyo mamlakat
lari bozorlarining ochilishidan manfaatdor.
Shu sababli Vashing-
ton OTOIHning institutsionallashuv darajasini oshirishni va qabul
qilinayotgan qarorlaming majburiyligi prinsipini joriy etishni talab
qilmoqda. Bunda AQSHni Kanada, Avstraliya,
Yangi Zelandiya va
boshqa bir qator davlatlar qo‘llab-quwatlamoqda. 0 ‘z navbatida,
ASEAN mamlakatlari, Yaponiya va Janubiy Koreya bu jarayonning
ixtiyoriy xususiyatini himoya qilmoqda128. Janubi-sharqiy Osiyoning
rivojlanayotgan mamlakatlari OTOIH uchun birinchi o‘ringa savdo
va kapitalni
liberallashtirishni emas, balki savdoga ko‘maklashish
hamda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni qo‘ymoqda.
Pekinga kelsak, u ham OTOIH, ham Kengash faoliyatida
faol ishtirok etmoqda. Chunonchi, XXR' Kengashning har yili
o‘tkaziladigan yig‘ilishini Pekinda tashkil etish (1990-y.) va OTOIH
sammitini Shanxay da o‘tkazish (2001-y.) tashabbusi bilan chiqdi, bu
anjumanlarda mazkur tashkilot a’zolari
sifatida Tayvan va Gonkong
vakillari ishtirok etdi. Umuman olganda, Xitoy OTOIH ishiga eng
avvalo iqtisodiy va texnik hamkorlik, kichik va o ‘rta biznesni rivoj
lantirish singari yo‘nalishlarda salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: