198
14-BOB. XALQARO MUNOSABATLARDA OSIYO TINCH
OKEANIMINTAQASI DAVLATLARI
Dars maqsadi:
• mazkur ma’ruzani o‘qitishdan ko‘zlangan maqsad talabalar-
ning Osiyo Tinch okeani mintaqasi davlatlarining zamonaviy xalqaro
munosabatlardagi o ‘mi haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish;
• talabalar jahon mamlakatlaridagi, xususan, OTOM siyosiy ja-
rayonlar borasida tasavvur hosil qilishlariga ko‘maklashish;
• magistrant va talabalarga nazariy tushunchalardan foydala-
nishni hamda amaliyotda ulami qo‘llashni o‘rgatish;
• magistrant va talabalarga OTOMdagi siyosiy jarayonlar bora-
sidagi to‘la maTumotlami yetkazish hamda ushbu jarayonlarning
o‘ziga xos jihatlari bilan ulami tanishtirib borish.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
ASEAN va OTOM, Janubi-
sharqiy Osiyo, Vyetnam, Laos, Myanma, Kambodja, Tailand, Ma-
layziya, Indoneziya, Filippin, Singapur, Bruney.
14.1. OTOM davlatlari va ulam ing siyosiy xususiyatlari
Jahonda jo ‘g ‘rofiy o‘lchamlari va davlat chegarasi bilan aniq
belgilanadigan “tabiiy” mintaqalar ko‘p emas. Aksariyat mintaqa-
lar jahon davlatlari va mintaqaviy davlatlaming manfaatlariga qarab
o ‘zgarib turadi. Ular jumlasiga bir-biridan jiddiy siyosiy, iqtisodiy,
madaniy-sivilizatsion farqlar bilan ajralib turuvchi davlatlami bir-
lashtirgan
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi
ham kiradi. Tinch okeani
havzasiga kirish belgisiga ko‘ra, mamlakatlaming mazkur mintaqaga
kiritilishi mintaqani shakllantirishga nisbatan sof iqtisodiy yondashuv-
ni aks ettiradi. Bunda asosiy urg‘u savdo, investitsiyalar va boshqa
sohalarda Tinch okeani havzasida joylashgan mamlakatlar o‘rtasidagi
aloqalarga beriladi. Bu holda Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga Shar
qiy, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, AQSH, Kanada,
Avstraliya va boshqalar kiradi.
Ayrim tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Osiyo-Tinch okeani mintaqasini
mustaqil mintaqa sifatida ajratish jahon xalqaro munosabatlar tizimi-
199
dagi vaziyatni buzadi. Shu bois, ular Osiyo-Tinch okeani mintaqasi
tushunchasidan voz kechish va baholar berishni uning submintaqalari
darajasida amalga oshirishni taklif qiladi. B a’zi tadqiqotchilar min-
taqani universal geosiyosiy va geoiqtisodiy asosda tuzadi va jahondagi
jarayonlaming qarshi oqimlari to ‘rt “eski” mintaqa - Markaziy, Janu-
biy, Shimoli-sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyoni jipslashtirishini, bu
esa Sharqiy Yevrosiyo makonida yangi geosiyosiy mintaqaviy komp-
leks - Katta Sharqiy Osiyo pay do bo‘lishiga imkoniyat yaratishini
qayd etadi. Bu yerda gap uning g‘arbiy chegarasida Xitoy ta’sirining
mustahkamlanishi, ASEAN mamlakatlari bilan integratsiya jarayon-
lariga XXR va Yaponiyaning qo‘shilishi, Hindiston iqtisodiy va har-
biy-siyosiy mavqeyining kuchayishi, Markaziy Osiyoda AQSHning
faollashuvi singari jarayonlar haqida boradi.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining o ‘zaro foydali
hamkorligi manfaatlarida Tinch okeani iqtisodiy uyushmasini tashkil
etish g ‘oyasi havoda 60-yillardan beri kezib yurar edi. “Osiyo-Tinch
okeani iqtisodiy hamkorligi” (OTOIH) hukumatlararo forumining
paydo bo‘lishiga asosan yirik biznesning harakatlari va 1980-yilda
ta’sis etilgan Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik kengashining faoliyati
zamin yaratdi. Mazkur xalqaro nohukumat tashkiloti doirasida Osiyo-
Tinch okeani mintaqasida iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha
muloqotga ishtirokchi-mamlakatlaming hukumat, amaliy va ilmiy
davralaming vakillaridan tarkib toptirilgan milliy qo‘mitalari jalb
qilindi. Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik kengashining institutsional
mexanizmlari va ko‘p tomonlama xalqaro tajribasidan OTOIHni tu-
zishda keng foydalanildi.
OTOIH forumi, bir tomondan, Osiyo mintaqasida globallashuv
jarayonining in’ikosiga, boshqa tomondan esa, Qo‘shma Shtatlar to
monidan ittifoqchilar - Yaponiya va Avstraliya ko‘magida ro‘yobga
chiqarilgan Tinch okeani regionalizmi g ‘oyasining amaliy ifodasiga
aylandi. Yaponiya va Avstraliyaning bu boradagi harakatlariga boshqa
mintaqalarda savdo bloklarining tashkil topishi, shuningdek, jadal
sur’atlarda rivojlanayotgan Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi bilan
aloqalarni mustahkamlashga intilish turtki berdi. Umuman olganda,
OTOIH forumi asoschilari unda umumiy bozomi yaratish yo‘lida faol
200
harakatlanayotgan Yevropaning “qudrati”ga qarshilik ko‘rsatish vosi-
tasini ko‘rdilar. Shimoliy Amerikadan tashqarida joylashgan mam
lakatlar uchun esa, bu mazkur qit’ada proteksionizmning kuchayishi
ehtimolidan himoyalanishga urinish edi.
Shunday qilib, OTOIHning tashkil etilishi asosan iqtisodiy omillar
bilan belgilanar edi. Ammo keyinchalik mazkur Forum faoliyati siyo
siy xususiyat kasb etib bordi. Avstraliya, Bruney, Indoneziya, Kanada,
Koreya Respublikasi, Malayziya, Yangi Zelandiya, Singapur, AQSH,
Tailand, Filippin va Yaponiya OTOIH muassislariga aylandi.
Mazkur davlatlar tashqi ishlar, iqtisodiyot va savdo vazirlarin-
ing birinchi uchrashuvi 1989-yil noyabrda Kanberra shahrida (Avs
traliya) bo‘lib o ‘tdi. Keyinchalik tashkilotga 9 mamlakat: XXR,
Gonkong, Tayvan, Meksika, Papua-Yangi Gvineya, Chili, Peru, Ros
siya va Vyetnam qo‘shildi. OTOIHning jadal rivojlanishi uning faoli
yati globallashuv jarayonlariga, regionalizm mezonlariga va a’zo-
davlatlaming rivojlanish ehtiyojlariga mos kelishidan darak berar edi.
Atigi to‘rt yil ichida bu hukumatlararo tashkilot vazirlar darajasidagi
konferentsiyadan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yetakchi davlatlari-
ning rahbarlari ishtirokida har yili o‘tkaziladigan sammitlar daraja-
siga ko‘tarildi. 1993-yil Siyetlda o ‘tkazilgan birinchi sammit AQSH
Prezidenti B.Klinton tashabbusi bilan tashkil etildi.
Hozirgi vaqtda OTOIH forumining 21 ishtirokchisi jahon YalM
ning 55% (18 trillion dollar)ni, jahon savdosining 54% (5,2 trillion
dollar)ni beradi, ular hududida yer kurrasi aholisining 40% dan ortig‘i
(2,5 milliarddan ziyod kishi) yashaydi. Konsultativ maqomga egaligi-
ga qaramay, bu hukumatlararo tashkilot mintaqada savdo, investitsiya
va moliya faoliyati qoidalari va m e’yorlarini ishlab chiqadi, butun
dunyoda kuzatilayotgan davlatlar xo‘jalik faoliyatining intematsio-
nallashuvi jarayonini aks ettiradi.
0 ‘z ishida OTOIH ikki asosiy prinsipga:
Do'stlaringiz bilan baham: |