14.4. OTOMxaqaro munosabatlarda
Ulkan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Shimoli-sharqiy va Janubi-
sharqiy Osiyoni, Avstraliyani, Janubiy Koreyani, Yangi Zelandiyani,
Butun Koreyani, AQSH va Kanadani o‘z ichiga oladi. Ulkan hudud,
zamonaviy iqtisodiy qudrat, salohiyatli resurslar bazasi bu mintaqa-
ni butun dunyo bilan bog‘lovchi qulay dengiz y oilari o‘zi
haqida
aytib turibdi. 0 ‘zbekiston uchun nima muhim? Bizning OTOMga
e’tiborimizni qaratishimizning asosiy omillari ichida quyidagilami
ko‘rsatib o ‘tish lozim:
Birinchidan, OTOM “jahon iqtisodiyotining tezlashtiruvchi
mashina”si bo‘ldi. Mintaqa iqtisodiy o ‘sishda ishlab chiqarishga il-
miy texnologiyalami kiritishda yetakchi pozitsiyani ushlab turibdi.
Bashoratlarga ko‘ra, hatto butun dunyoda iqtisodiy o‘sishning pas-
ayishi kuzatilayotgan paytda mintaqa taraqqiyoti darajasida yetak-
chilikni saqlab qoladi. Mintaqaning xalqaro siyosatdagi ta’siri ham
sezilarli darajada o ‘syapti. OTOMdagi iqtisodiy
holatni aniqlashti-
rishga berilmay, faqatgina bir narsani ta’kidlaymiz: bu yerda kuza
tilayotgan etnomadaniy va shu kabi davlatlar taraqqiyot darajasining
notengligiga qaramay, ulaming birlashtimvchi iqtisodiy taraqqiyot
yoiidagi maslahatlashuv tendensiyasi kuchaymoqda.
Integrasion jarayonlar rivojlanmoqda. Muhim mintaqaviy me-
xanizmlar faoliyat yuritmoqda. Jumladan, Tinch okeani iqtisodiy
hamkorligi
ittifoqi, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik fommi
va boshqalar. Mintaqa quyidagi falsafa asosida yashayapti: iqtisod -
siyosatning salohiyati va xavfsizlikning asosiy shartidir. OTOMning
rolini kuchayishi harbiy kuch omilining pasayishi, iqtisodiyotning
yetakchiligi, geosiyosatdan geoiqtisodiyotga yo‘naltirilish,
siyosiy
regionalizmga o‘tish kabi tendensiyalarga xizmat qiladi. 0 ‘zbekiston
tashqi siyosat samarali bo‘lishi uchun OTOMni kuchini va ahami-
yatini hisobga olishi kerak.
Ikkinchidan, 0 ‘zbekiston geografik jihatdan Osiyo markazida
joylashgan. Va birinchi navbatda shundan kelib chiqish kerak. Tarixan
hozirgi 0 ‘zbekiston hududi eng qadimgi savdo yo‘llari “Ipak yo‘li”
o ‘tgan joy bo‘lgan, faol tashqi aloqalar va turli madaniyatlami o‘zaro
boyitish jarayonlari olib borilgan. 0 ‘zbekiston mintaqaviy mamlakat
224
hisoblanadi va u dengizga chiqish yo‘llariga ega bo‘lishi lozim. Bu
muammoning nazariy yechimi bir nechta: Afg‘oniston orqali Pokis-
ton Hind okeaniga chiqish mumkin; Turkmaniston, Eron orqali Fors
ko‘rfaziga chiqish mumkin; yana bir yo‘l - Qozog‘iston, Xitoy orqali
Tinch okeaniga chiqish yo‘lidir.
Afg‘onistondagi voqealar va bu davlatda yaqin kelajakda tinchlik
o ‘rnatilishi haqida gapirish shart emas.
Shia mazhabiga e’tiqod qiluvchi
Eron hamda sunniy Turkiya
o ‘rtasidagi murakkab munosabatlar va ulaming hududi orqali o ‘tuvchi
yo‘l yopilib qolmasligiga hech kim kafolat bermaydi.
Ko‘rinib turganidek, nisbatan barqaror yo‘l Tinch okeaniga chi
qish yo‘lidir. SSRI davrida Tinch okeani mintaqasining roli pasaysa-da,
Baykal Amur magistralini qurilishi ittifoq hukumatini bu mintaqaga
ko‘proq e ’tibor qaratganini ko‘rsatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, Ros
siya hozirgi paytda 0 ‘zbekiston tashqi iqtisodiy strategiyasini OTOM
bilan yaqinlashish foydasiga ko‘rib chiqmoqda. Qora dengiz va Bol-
tiq dengizidagi portlaming yo'qotilishi natijasida Rossiya uchun Tinch
okeani portlarining ahamiyati oshdi. Rossiyaning Yevropa qismini
Sibir va Uzoq Sharq resurslariga ehtiyoji oshmoqda. Buning ham-
masi Sibir va Uzoq Sharqni OTOM mintaqaviy-iqtisodiy komplek-
siga integratsiyasi zamriyatini keltirib chiqaradi. Shuningdek, OTOM
mamlakatlari ham Rossiya bilan hamkorlik aloqalaridan manfaatdor.
Uchinchidan, ruhiyat va tafakkur shakli - bular 0 ‘zbekistonni
uning Sharqiy Osiyodagi hamkorlari bilan bog‘laydi. Bu O‘zaro foy-
dali iqtisodiy aloqalaming o ‘matilishini
osonlashtiradi, chunki iqti
sodiy ot sohasidagi o ‘zaro hamkorlikning shartlaridan biri madaniy-
diniy jabhadagi o ‘zaro aloqalami mustahkamlash hisoblanadi. Mam
lakat xalqi boshqa davlatda sodir bo‘layotgan jarayonlar haqida qan-
chalik xabardor qilinsa, shuncha ko‘proq ishbilarmon odamlarimiz
bir-birinikiga borishadi, tadbirkorlarimizning hamkorligi samarador
va bir-birini tushunishlari osonroq bo‘ladi.
To‘rtinchidan, bu mintaqa dunyo siyosatining tutashgan qismi hi
soblanadi. Bu yerda ko‘pgina
davlatlar, jumladan, AQSH, Rossiya,
Hindiston, Xitoy va shu kabi davlatlaming manfaatlari to ‘qnashadi.
Bu davlatlar o‘z navbatida ushbu mintaqada sodir bo‘layotgan
225
ko‘pgina jarayonlarga hal qiluvchi ta ’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bugungi kunda Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining butun
tarix davomida eng yirik mintaqaviy moliyaviy va iqtisodiy inqirozni
muvaffaqiyatli yengib o‘tgan davlatlar sifatidagi xalqaro ahamiyati
barqaror va sezilarli oshmoqda. 0 ‘zbekiston kabi intensiv texnologik
va informatsion taraqqiyot asosida barqaror iqtisodiy o ‘sishga
qiziqqan mamlakatlar “Osiyo yo‘lbarslari” tajribasini iloji boricha
tezroq tushunib olishlari zarur.
Bugun 0 ‘zbekiston - bu faqatgina kapital kiritish uchun ulkan
tabiiy xomashyo, bepoyon bozor emas. Mamlakatimiz ulkan intellek-
tual, diniy va madaniy salohiyatga egadir. Bulaming barchasi qulay
geografik joylashuv
bilan birga, dunyoda yangi siyosiy va iqtisodiy
tartib shakllanayotgan paytda katta geosiyosiy va geostrategik qizi-
qish uyg‘otmasligi mumkin emas.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, hozirda insoniyatning tabiiy
resurslarga ehtiyoj sezayotgan paytda 0 ‘zbekiston tabiiy boyliklarga
ega bo‘lib qolmoqda. Kirib kelayotgan “texnologik urush” davrida
0 ‘zbekiston ilg‘or texnika va texnologiya borasida ulkan salohiyat
ga ega rivojlangan mamlakatlardan biri hisoblanadi. 0 ‘zbekiston -
so‘nmas ijodiy kuch va tuganmas ruhiyatli xalqqa ega mamlakatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: