16-BOB. SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI
Dars maqsadi:
• Shanxay hamkorlik tashkiloti va uning o‘ziga xos xususiyat-
larini tushimtirish;
• integratsion va globallashuv jarayonida
Shanxay hamkorlik
tashkilotining faoliyatini o‘rgatish;
• mazkur bilimlarni mustaqil tahlil qilishga ko‘maklashish.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
Shanxay hamkorlik tashkilo
ti, MO davlatlari, chegara, bojhona, munozaralar, harbiy birlashuv,
mintaqa va mintaqaviylashuv, regionalizm, iqtisodiy birlashuv, siyo
siy birlashuv.
16.1. Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyati
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a ’zo mamlakatlar o ‘rtasida ham-
korlikning muvaffaqiyatli chuqurlashuvi
jahon hamjamiyatining
e ’tiborini tobora keng jalb etmoqda. Ushbu tashkilot bilan aloqa va
hamkorlikni o‘matish ishtiyoqidagi mamlakatlar va xalqaro tashkilot-
lar soni tobora ko‘payib bormoqda. Ochiqlik tamoyiliga rioya qilgan
holda, Shanxay hamkorlik tashkiloti bunga tayyor. 2003-yil Moskva
Sammitida qabul qilingan Shanxay hamkorlik tashkiloti Deklaratsi-
yasida ta’kidlanganidek, “Shanxay hamkorlik tashkiloti geografik
joylasluivdan qat’i nazar, boshqa xalqaro tashkilotlar va davlatlar
bilan hamkorlikka tayyor”. Shanxay hamkorlik tashkilotining tashqi
hamkorlik mexanizmlari qabul qilingan hujjatlarda nazarda tutilgan
va ular doirasida olib boriladi. Shanxay
ham korlik tashkilotiga
uning faoliyati asosida belgilangan tamoyillar va majburiyatlarga
rioya qilishga tayyor boshqa davlatlar ham a’zo bo‘lib kirishi mumkin.
Tashkilotning asosiy tamoyillari - uning boshqa davlatlarga qarshi qa~
ratilmaganligi, ham mintaqaviy, ham xalqaro hamkorlikni mustahkam-
lash maqsadida ko‘p vektorli muloqot olib borishga tayyorlikdir.
2002-yil noyabrida “oltilikning” tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida
“Shanxay hamkorlik tashkiloti tashqi aloqalarining muvaffaqiat
245
sxemasi” qabul qilingan bo‘lib, unga muvofiq, Shanxay hamkorlik
tashkiloti boshqa mamlakatlar va xalqaro
tashkilotlami tashqi ishlar
vazirlari yig‘ilishlariga va tashqi siyosiy masalalar bo‘yicha masla-
hatlashuvlarga mehmon sifatida taklif qilishi, shuningdek, o ‘z va-
killarini boshqa xalqaro tashkilotlaming tadbirlarida ishtirok etish
uchun yo‘llashi mumkin. Shu maqsadda “A’zo davlatlaming Tashqi
ishlar vazirliklari o ‘rtasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish va hamkor
lik to ‘g ‘risida Protokol” ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ko‘p pog‘onali
maslahatlashuvlar mexanizmi,
shu jumladan, Shanxay hamkor
lik tashkilotiga a’zo davlatlaming Birlashgan millatlar tashkiloti
qoshidagi Doimiy vakolatxonalari o‘rtasida muntazam uchrashuv-
lami o ‘tkazib borish nazarda tutiladi. “Shanxay hamkorlik tashkiloti
qoshida kuzatuvchi maqomi to‘g‘risida Nizom” 2004-yil Toshkentda
bo‘lib o ‘tgan Sammitda tasdiqlandi.
Ayniqsa, Shanxay hamkorlik tashkilotining Birlashgan millatlar
tashkiloti bilan hamkorligi muvaffaqiyatli rivojlanishi kuzatilmoqda.
Moskvada qabul qilingan Shanxay hamkorlik tashkiloti Deklaratsiya-
sida yozilganidek, “Davlat rahbarlari Birlashgan millatlar tashkiloti
va BMT Xavfsizlik Kengashining yirik xalqaro muammolami hal
etishdagi rolini tan olish fundamental ahamiyat kasb etadi. Birlash
gan millatlar tashkiloti jahonda ro‘y berayotgan o ‘zgarishlarga mos ra-
vishda, birinchi navbatda, jahon siyosati va xavfsizligi muammolarini
samarali hal etish ehtiyojidan kelib chiqib
isloh etilishi mumkin va
9
shunday bo‘lishi ham kerak.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a ’zo davlatlar, Birlashgan millat
lar tashkiloti Nizomi va xalqaro huquq normalariga muvofiq ravish-
da mojarolaming oldini olish bo‘yicha choralami amalga oshirishni
uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri deb biladi”. Bundan
tashqari, mazkur Deklaratsiyada ta’kidlanganidek, “Shanxay hamkor
lik tashkiloti doirasidagi aloqalami rivojlantirish bilan bir qatorda,
a ’zo davlatlar Birlashgan millatlar tashkiloti Xavfsizlik Kengashi
ning Aksilterrorchilik qo‘mitasi bilan faol hamkorlik qilish niyatida”.
0 ‘z navbatida, Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyati va shu for-
matda o‘zaro aloqalarning chuqurlashuvi BMT tomonidan iliq qarshi
olinmoqda. Masalan, 2004-yil yanvarida Shanxay hamkorlik tash-
246
kiloti Kotibiyatining
ochilishi munosabati bilan, BMT Bosh kotibi
Kofi Annan shunday deb ta’kidlagan edi: “Oxirgi bir necha yil ichida
Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkiliy jihatdan mustahkamlandi va
xavfsizlik sohasida tobora muhim tashkilotga aylanib bormoqda.
Uning olti nafar a ’zosi muloqot va hamkorlikda anchagina tajriba
to‘pladi, o ‘zaro anglashuvni rivojlantirdi va umumiy kelajak uchun
jamoaviy mas’ullikni his etishdi”131. BMT Bosh kotibi ta ’kidlashicha,
oxirgi bir necha yil ichida Shanxay hamkorlik tashkilotining qator
a’zo davlatlari anchagina iqtisodiy muvaffaqiyatlami qo‘lga kiritdi.
Boshqalari o ‘z salohiyatini ishga solishga astoydil intilib kelmoqda.
Shu bilan birga, Shanxay hamkorlik
tashkilotining barcha mam-
lakatlari uchun terrorizm va mojarolar xavfi barqarorlik va taraqqi-
yot hamda universal qadriyatlami ilgari surish uchun asosiy tahdid
bo‘lib qolayotgan ekan, Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibi
hozirgi zamon muammolarini bartaraf qilishda sa’y- harkatlami bir-
lashtirishni taklif qildi va BMT Shanxay hamkorlik tashkilotining
ko‘ptomonlama hamkorligiga umid bildirishini bayon qildi.
Fikrimizcha, ushbu ikki tashkilot
maqsadlari va yondashuvla-
rining o'zaro yaqinligi va mosligi tufayli ulaming rasmiy aloqalari
juda laol rivojlanmoqda. Masalan, Shanxay hamkorlik tashkiloti
vakillari BMT Xavfsizlik Kengashi Aksilterrorchilik qo‘mitasining
yig‘ilishida (2003-yil mart, Nyu-York), YeXHT sheriklari muloqo-
tining yig‘ilishida (2003-yil aprel, Vena), BMT va Mintaqaviy tash-
kilotlaming Yuqori darajadagi beshinchi yig‘ilishida (2003-yil iyul,
Nyu-York), Yevropa xavfsizlik va ham korlik tashkilotining ter-
rorizmga qarshi kurash va uning oldini olish bo‘yicha yig‘ilishida
(2003-yil sentabr, Lissabon) ishtirok etishdi.
2003-yil 2-sentabrida Umumxitoy xalq vakillarining doimiy
yig‘ini raisi U. Bango va Filippin Parlamenti
vakillar palatasi raisi
Xose de Venesia ASEANga a ’zo davlatlar Shanxay hamkorlik tash
kiloti bilan xalqaro terrorizm jinoyatchiligiga qarshi hamkorlikda
kurash to‘g ‘risida Bitim imzolashi kerakligini bayon qilishgan.
Ushbu parlamentariylar o‘zlarining boshqa Osiyo mamlakatlaridagi
Do'stlaringiz bilan baham: