Mavzu: O’zbekistonning shanxay hamkorlik tashkilotidagi o’rni va ishtiroki Reja: Kirish



Download 265,22 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi265,22 Kb.
#222456
  1   2   3   4
Bog'liq
O’zbekistonning shanxay hamkorlik tashkilotidagi o’rni va ishtiroki


Mavzu: O’zbekistonning shanxay hamkorlik tashkilotidagi o’rni va ishtiroki

Reja:

  1. Kirish

Shanxay hamkorlik tarixi

  1. Asosiy qism

2.1 Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etdi

2.2. Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent sammiti

III. Xulosa

IV. Foydalanilgan adabiyotlar




KIRISH

Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shaxrida 6 mamlakat — Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (15-iyun 2001-yil). SHHTning vujudga kelish tarixi „Shanxay beshligi“ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bogʻliqdir.

Dastlab QozogʻistonXitoyQirgʻizistonRossiyaTojikiston davlatlari rahbarlari („Shanxay beshligi“) uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Unda chegaradosh mamlakatlar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash (1996) va qoʻshma chegarada qurolli kuchlar va qurolyarogʻlarni qisqartirish (1997) toʻgʻrisida 2 ta bitim imzolangan edi. 1998 yildan „beshlik“ mamlakatlarining oʻzaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi — Xitoy chegarasi boʻylab harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va koʻp tomonlama iqtisodiy hamkorlikni taʼminlash choralariga oʻtishga qaratildi. SHHTning Dushanbe (2000) sammitida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda „beshlik“ negizida koʻp tarmoqli tashkilot tuzish toʻgʻrisida taklif ilgari surildi. SHHT taʼsischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi. Shanxay sammitida (2001-yil iyun) yangi tashkilotning maksad va prinsiplarini eʼlon qilgan Deklaratsiya, shuningdek, Terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilindi. Tashkilotning SanktPeterburgda boʻlgan 2-sammitida (2002-yil iyun) ustav hujjati — SHHT Xartiyasiga imzo chekildi. SHHT ning oliy organi Davlat boshliqlari kengashidir. Tashkilot strukturasi Hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat (Pekin shahrida joylashgan) hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT; Toshkent shahrida joylashgan)dan iborat. Mintakaviy aksilterror tuzilmasi 1-yanvar 2004-yildan faoliyat koʻrsatadi. Mazkur tuzilma zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qoʻmitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orkali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Shu maqsadda tuzilma tarkibida kengash va ijroqoʻm faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Kengashga 6 davlat maxsus xizmatlari rahbarlarining vakillari kiritilgan. Ijroqoʻmda esa oʻzaro tasdiqlangan lavozim oʻrinlariga muvofiq SHHTga aʼzo davlatlardan vakillar ishlaydi. SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining 2004-yil 17-iyunda Toshkentda boʻlgan majlisida Tashkilotning shakllanish davri yakunlanganligi qayd etildi. Majlis yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻg'risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doyr hujjatlar imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasining Tashkilotga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarning yangi taxdid va xurujlarga qarshi turishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan doimiy uchrashuvlarini oʻtkazib turish haqidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi. SHHT aʼzo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir. Iqtisodiy hamkorlik borasida oldinda transport infratuzilmasini rivojlantirish, tabiiy, mineral xom ashyo zaxiralarini oʻzlashtirish, suv energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, ekologiyaga oid va boshqa masalalar bor.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida o‘tgan navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin raisligida o‘tgan yig‘ilishda, shuningdek, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bosh vaziri Sadir Japarov, Qozog‘iston Respublik



asi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi ishtirok etdilar.

Bundan tashqari, sammit ishida ShHT huzuridagi kuzatuvchi davlatlar vakillari – Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani, Mo‘g‘uliston Prezidenti Xaltmaagiyn Battulg‘a, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenko hamda ShHT Bosh kotibi Vladimir Norov va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Jumaxon G‘iyosov qatnashdilar.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish sammit ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi.

Uchrashuv kun tartibiga muvofiq yangi global xatar va tahdidlarning kuchayishi sharoitida ShHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tashkilotga a’zo va kuzatuvchi maqomidagi davlatlar delegatsiyalarining rahbarlari ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p tomonlama munosabatlarning bugungi holatini tahlil qilib, ularni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutq so‘zlar ekan, Shanxay hamkorlik tashkiloti o‘z taraqqiyotining prinsipial jihatdan yangi bosqichida turganini alohida ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari yaxshi qo‘shnichilik, teng huquqlilik, o‘zaro ishonch va manfaatlarni hisobga olish an’analarini asrash va ko‘paytirishga chaqirdi. “Umumiy qadriyatimiz, birgalikda rivojlanishga intilishimiz, madaniyatlar xilma-xilligiga hurmatimiz ifodasi bo‘lgan ko‘p tomonlama hamkorlikning noyob tajribasi - “Shanxay ruhini” mustahkamlash bugun har qachongidan muhim” ekanini ta’kidladi.

O‘zaro qo‘llab-quvvatlash, Shanxay hamkorlik tashkiloti kun tartibidagi asosiy masalalarga birgalikda murosa izlash keng Yevroosiyo makonida xavfsizlik, barqaror taraqqiyotni ta’minlashning bosh sharti sifatida qayd etildi. “Har birimiz kuchli bo‘lsakkina ShHT ham kuchli bo‘ladi”.

Shu munosabat bilan, Prezidentimiz tomonidan Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslar ilgari surildi.

Xususan, pandemiya salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida ShHTning savdo-iqtisodiy hamkorlik, oziq-ovqat xavfsizligi va sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish bo‘yicha uzoq muddatli hujjatlarini qabul qilish orqali savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kuchaytirish taklif etildi.

Davlatimiz rahbari iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda axborot texnologiyalarining roli ortib borayotganini qayd etib, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va aholini o‘qitishga qaratilgan ShHTning raqamli savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha dasturini ishlab chiqish taklifini ilgari surdi.

O‘zbekiston rahbari kambag‘allikni qisqartirish masalalarida yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning dolzarb ahamiyatini alohida qayd etdi. Tashkilot doirasida mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari yig‘ilishlari mexanizmini yaratish va tegishli dasturiy hujjat tayyorlash taklif etildi. Kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida mamlakatimiz xalqaro forum o‘tkazishga tayyor ekani bildirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ShHTning Epidemiya tahdidlariga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarning kompleks rejasi tasdiqlanganini ma’qullab, xavfli infeksion kasalliklarning tarqalishiga qarshi hamkorlikni yanada faollashtirish, yuqumli kasalliklar bo‘yicha tibbiyot muassasalari tarmog‘ini yaratish, Telemeditsina sohasidagi hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif etdi.

Davlatimiz rahbari yangi shakllar kasb etayotgan terrorizm, ekstremizm va narkobiznes tahdidlariga qarshi kurash masalalari Shanxay hamkorlik tashkiloti e’tibori markazida bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Bunga ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasini tashkilot makonida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha prinsipial jihatdan yangi vazifalarni hal qilishga moslashtirish hamda vakolatli idoralar orasidagi muloqotlarni yanada ko‘paytirish xizmat qiladi.

O‘zbekiston Prezidenti sammit ishtirokchilarini Afg‘onistondagi tinchlik jarayonlarini va ushbu mamlakatni mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarga jalb etishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Shu munosabat bilan “ShHT-Afg‘oniston” muloqot guruhi doirasida Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tez fursatda qabul qilish taklif etildi. Afg‘onistonga uning Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lab turuvchi ko‘prik sifatidagi tarixiy rolini qaytarishga xizmat qiladigan transport yo‘laklarini barpo etish tashabbuslariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu va boshqa masalalar O‘zbekiston tashabbusi bilan 2021-yilning aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Xatar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasining kun tartibiga kiritilishi mumkin.

Kelgusi yilda Shanxay hamkorlik tashkiloti 20 yoshga to‘ladi. Prezidentimiz ushbu muhim sana arafasida “ShHTning zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi roli” xalqaro forumini o‘tkazishni taklif etdi.

Sammit yakunida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining Moskva deklaratsiyasi qabul qilindi hamda tashkilot doirasidagi o‘zaro manfaatli ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar to‘plami imzolandi.

O‘zbekiston tashabbusi bilan sammitda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bayonoti qabul qilindi.


Download 265,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish