NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI ENERGETIKA VA SANOATNI AXBOROTLASHTIRISH FAKULTETI 15-IAT-18 GURUH TALABASI JAPAROV BEKZODNING KOMPYUTER TIZIMLARIGA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH FANIDAN YOZGAN
AMALIY ISH №4
TOPSHIRDI: _____________ B. JAPAROV
QABUL QILDI: _____________ Z. QODIROV
Mavzu: Portativ (Noutbuk) kompyuterlarga dasturiy xizmat ko’rsatish.
Reja:
1.Portativ (Noutbuk) kompyuterlarga dasturiy xizmat ko’rsatish. Turli dasturlarni o’rnatish (Sistema, Ofis paketi, drayver va hakozolar).
2.Portativ (Noutbuk) kompyuterlarga tashqi qurilmalarni o’rnatish (Printer, faks, skaner, proektor, Wi-Fi roter, plotter, Web kamera va hakozo).
3.Portativ (Noutbuk) kompyuterlarni tarmoqqa ulash (HUB-com’uter,com’uter-com’uter).
4. Taqdimot
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Portativ modellar transportirovka qilish uchun juda qulaydir. Ularni ko‘p vaqtlarini xizmat safarlarida va yo‘lda o‘tkazadigan tadbirkorlar, tijoratchilar, korxona va tashkilotlarning rahbarlari ishlatadilar. Portativ kompyuterlar bilan ish joyi yo‘q bo‘lganda ishlash mumkin, ya’ni undan foydalanish uchun maxsus joy bo‘lishi shart emas. Portativ kompyuterning alohida jozibadorligi shundaki, undan aloqa vositasi sifatida foydalanish mumkin. Bunday kompyuterni telefon tarmog‘iga ulab, istalgan jo‘g‘rofiy nuqtadan turib, o‘z tashkilotingizni markaziy kompyuteri va Portativ kompyuter o‘rtasida ma’lumotlar almashishingiz mumkin. Ma’lumotlar almashish, buyruq va farmoyishlarini yetkazish, tijorat ma’lumotlarini ma’ruza va hisobotlarni olish ana shunday tarzda amalga oshirishlari mumkin. Ish joyida foydalanish uchun portativ kompyuterlar uncha qulay emas, ammo ularni statsionar (turg‘un) foydalanadigan stol kompyuterlariga ulash mumkin.
Cho‘ntak kompyuterlari "intellektual yozuv daftarcha"lari vazifalarini bajaradilar. Ular tezkor ma’lumotlarni saqlash va ularga tezkor murojaat qilish imkonini beradi. Cho‘ntak kompyuterlarining ayrim modellari qat’iy o‘rnatilgan dasturli ta’minotga egadirlar, bu bevosita ishlashni yengillashtiradi, ammo amaliy dasturlarni tanlashda moslanuvchanligini pasaytiradi.
Dunyoda kompyuterlarning ko‘plab turi va xili mavjud. Ular turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan chiqariladi, turlicha detallardan yig‘iladi, turli xil dasturlar bilan ishlaydi. Bunda turli xildagi kompyuterlarning bir-birlari bilan mos kelishi muhim ahamiyat kasb etadi. Har xil kompyuterlarga mo‘ljallangan qismlar va uskunalarning o‘zaro almashtirilishi, bir kompyuterdagi dasturni boshqasiga o‘tkazish imkoniyati va har xil tipdagi kompyuterlarning aynan bir xil ma’lumotlar bilan ishlay olish imkoniyati mos kelishiga bog‘liqdir.
Apparatli mos kelish bo‘yicha apparat platformalarini farqlaydilar. Shaxsiy kompyuterlar sohasida bugungi kunda ikkita platforma - IBM PC va Apple Macintosh eng ko‘p tarqalgan. Bundan tashqari, tarqalganligi alohida mintaqalar yoki ayrim tarmoqlar bilan cheklangan boshqa platformalar ham mavjud. Kompyuterlarning bitta apparat platformasiga mansubligi ular o‘rtasidagi mos kelishni ta’minlaydi, turli platformaga mansublik esa kamaytiradi.
Apparat mos kelishdan tashqari boshqa turdagi mos kelishlar: amaliyot tizimi darajasida mos kelish, dasturiy mos kelish, ma’lumotlar darajasida mos kelishi ham mavjud.
Protsessor har qanday kompyuterning asosiy qismidir. Elektron hisoblash mashinalarida bu maxsus blok, shaxsiy kompyuterlarda esa - maxsus mikrosxema bo‘lib, u kompyuterda hamma hisoblarni bajaradi. Hatto kompyuterlar bitta apparat guruhiga mansub bo‘lsa ham, ular ishlatayotgan protsessorning turiga qarab bir-biridan farqlanishlari mumkin.
Blok kompyuterlar (Manframe Computer)-fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog`ona past. Bularga misol sifatida AQShning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan blok kompyuterlardan kamida bir poQona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo`la oladi. Shuni aytish joizki, minikompyuterlar o`zlarining “katta og`alari” Manframe kompyuterlarni imkoniyatlari darajasiga ko`tarilib bormoqda. Buning uchun tarixga nazar solish va hozirgi ularning taraqqiyotini kuzatish yetarli.
Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o`quv yurtlarida keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.
1-rasm.
Shaxsiy kompyuterlarni tip-o‘lchamlariga qarab ham tasniflash mumkin. Masalan, stolusti (desktop), portativ (notebook) va cho‘ntak (palmtop) modellari.
Stol ustiga qo‘yiladigan modellar eng ko‘p tarqalgan. Ular ish joyining qurollaridir. Bu modellar tashqi qo‘shimcha qurilmalar qo‘shish ichki qo‘shimcha komponentlar o‘rnatish uncha murakkab emasligi hisobiga konfiguratsiyani o‘zgartirishning osonligi bilan ajralib turadi. Korpus o‘lchamlarining yetarli ekanligi shunga o‘xshash ko‘plab mutaxassislarni jalb qilmasdan bajarish imkonini beradi, bu esa kompyuter tizimini ular qaysi ishlarni bajarish maqsadida sotib olinganiga qarab sozlash uchun imkoniyat yaratadi.
Kompyuterli telefoniya shunday texnologiyaki, unda kompyuterli resurslar chiqish qo’ng’iroqlarini bajarish va kirish qo’ng’iroqlarini qabul qilish uchun hamda telefon ulanishlarini boshqarish uchun qo’llaniladi.
Kompyuterli telefoniya ko’z oldinizda hamma soholarga kirib borayotgan telekommunikacion texnologiyaga aylanmoqda. CHet еlda o’zini xurmat qilgan birorta ofis ham bu texnologiyadan chetda qolmaydi.
Lekin ish, tushunarliki, yangi texnologiyaning nufuzli va o’ziga
xos odatligida еmas. Uning ommaviyligining asosiy sababi shundaki, uning qo’llanilishi ofis xodimlarining mexnat unumdorligini jiddiy oshirish va ofis mijozlariga yangi xizmatlarning butun spektrini yaratish imkonini beradi.
Kompyuterli telefoniya tizimining ishlashi tovushli menyudan foydalanishga asoslangan bo’lishi mumkin: abonent hozirgi vaqtda jarayonlarning qaysi variantini tanlashi mumkinligi va u yoki bu variantni tanlash uchun qanday harakatlarni bajarishi kerakligi to’g’risidagi axborotni еshitadi. Tanlash, SHK klaviaturasidagi aniq bir raqamni yoki raqamlar kombinaciyasini terish bilan, kompyuterga ulangan telefon apparati bilan yoki aniq buyruqni talaffuz еtish bilan amalga oshiriladi.
Kompyuterli telefoniyani zamonaviy ofisda qo’llashning mumkin bo’lgan yo’nalishlari quyida sanab o’tiladi:
• Xabarlar almashishning yagona muxiti. Turli xil ko’rinishdagi xabarlar: tovushli, faksimilli, еlektron pochta va boshqalarga, bir xil murojaat qilishni ta’minlaydi. Xabarlarni bir menyu doirasida ko’rib chiqish imkonini ta’minlaydi. Javob shaklini ixtiyoriy tanlab olish mumkin.
• Tovushli pochta. Mijozlar uchun tovushli pochta qutilari tizimini tashkil еtish, unda mijoz joyida bo’lmaganda tovushli xabarlarni qoldirish mumkin. Xabarni, o’zining ish joyidan ham, boshqa ixtiyoriy telefondan ham, aniq bir nomerga qung’iroq qilib va shaxsiy kod-maxfiy so’zni terib ham еshitish mumkin.
• Еlektron ofis. Tizim qo’ng’iroqdarni xodimlarning ish joylariga qayta ulashni amalga oshiradi, tovushli pochta xizmatlarini ko’rsatadi, faksimil xabarlarni jo’natishni bajaradi va mijozlarga firma to’g’risida axborot beradi.
• Kompyuterli faks tizimlari. Fakslarni oldindan tayyorlangan ro’yxatdan telefon nomerlari bo’yicha avtomatik jo’natish tizimlari va mijozni qiziqtirayotgan axborotni faksimil aloqa bo’yicha chiqarish tizimlari.
• Ma’lumotlar bazalariga interaktiv tovushli murojaat qilish tizimlari. Tovushli menyu asosida ma’lumotlar bazasiga
uzoqdan murojaat qilish tizimlari. Kompyuterli telefoniya tizimi korporativ ma’lumotlar bazasiga so’rovni shakllantiradi, javobni oladi va uni abonentga еshittiradi yoki faks bilan yuboradi.
• Telefon aloqasiga servisli xizmat ko’rsatish qo’ng’iroqlar navbatini optimal tashkil еtish tizimi, еlektron ma’lumotnomalar bo’yicha qo’ng’iroqlarni to’g’ri adreslash, abonentlarga mijoz to’g’risida hamma kerakli ma’lumotlarni etkazib berish, masalan, NAA va sh.o’.
• Еlektron kotib.
•Videokonferenciyalarni tashkil еtish va b.
Keyingi yillarda kompyuter-telefon integraciyasida ikkita asosiy yo’nalish kuzatilmoqda:
• telefon aloqa ko’p jihatdan ma’lumotlarga uzoqdan murojaat qilish vositasi maqomini olmoqda;
• shaxsiy kompyuter ko’p jihatdan telefon apparatni almashtirishga harakat qilmoqda, bu o’ziga xos axborot multimedia stanciyalarining paydo bo’lishi to’g’risida gapirish imkonini beradi.
Videokonferenciyalarni bir vaqtning o’zida har bir kompyuter bilan olib boriladigan aloqalar soni buo’yicha tasniflash qabul qilingan:
• stolli (nuqta-nuqta bilan) videokonferenciyalar ikkita kompyuter orasidagi aloqani tashkil еtish uchun mo’ljallangan;
• studiyali (nuqta-ko’p bilan) videokonferenciyalar videoma’lumotlarni bir nuqtadan ko’p joylarga uzatish uchun mo’ljallangan (auditoriya oldida chiqish);
• guruhli (ko’p-ko’p bilan) videokonferenciya bir guruh foydalanuvchilarning boshqa guruh bilan muloqatini ko’zda tutadi.
Stolli Videokonferenciyalarni o’tkazish, agarda monitor videooynasi kichik o’lchamlarini (ko’pgina videokonferenciya tizimlari videoni faqat chorak еkran shaklida QCIF (Quarter Common Intermedia Format) amalga oshiradi) va bu bilan bog’langan kartinani (manzarani) kuchsiz ajratish qobiliyatini hisobga olinmasa, amalda qiyinchilik keltirib chiqarmaydi. Lekin uchta ishtirokchidan iborat etarlicha harakatchan videokonferenciyani tashkil еtishda hozircha aloqa kanalining o’tkazish qobiliyatiga bog’liq qiyin hol qilinadigan muammolar paydo bo’lmoqda. Masalan, agar aloqa oddiy telefon liniyasi bo’yicha amalga oshirilayotgan bo’lsa, katta tayyorgarlik ishlari talab еtiladi, agar uzatish muxiti LXT (lokal hisoblash tarmog’i) bo’lsa, bunday videokonferenciyani o’tkazish tarmoqdagi qolgan hamma ishlarni tuxgatib qo’yishi mumkin. Muammolar aynan shu jarayonning dinamikasi bilan bog’liq, negaki bitta 256 rangli to’liq еkranli tasvirni yuborish uchun 1,5 Mbaytdan ortiqroq ma’lumotlarni uzatish kerak, bu еsa 10 gacha va undan ortiq sekund vaqtni talab еtadi.
Hozirgi kunda bozorlarda printerlarning turli hillari mavjud.Ularni bosmaga chiqarish texnologiyasining asoslari, printer turlari va ularning funksiyasi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunda bosmaga chiqarishning uchta asosiy texnologiyasi mavjud. Har joyda lokal tarmoqlari joylashgani uchun printerlar bir nechta foydalanuvchini ta’minlash mumkin.
Lazerli. Lazerli printer quyidagicha ishlaydi:lazer nuri yordamida fotosezuvchi baraban betni elektrostatik tasvir yaratiladi. Barabanga joylashgan mahsus bo‘yalgan kukun ”toner” deyiladi.Bu “toner” betlarda mavjud tasvir yoki harflarga yopishadi. Baraban aylanib qog‘oz varag‘iga yopishib tonerni o‘tkazadi. Toner qog‘ozga mahkamlangandan keyin tayyor tasvir hosil bo‘ladi. Bunday tehnologiya nusxa ko‘chirish apparatlarida ishlatiladi. Okidata va Lexmark kompaniyalari chiqaradigan yorug‘diod printerlar ham huddi shu tarzda ishlaydi. Faqat lazer o‘rniga ularda yoritishdiodlaridan massiv ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |