15.3. Xitoy Xalq Respublikasining tashqi siyosiy maqsadlari
Xitoy Xalq Respublikasi, garchi u BMT Xavfsizlik Kengashining
doimiy a ’zosi bo‘lsa-da, rivojlanayotgan davlatlar sirasiga kiradi va
tabiiyki, birinchi navbatda sarmoya chiqarishga emas, aksincha, kiri-
tishga intiladi. Mamlakatda dunyoning yetakchi firma va kompani-
yalari bilan ko‘plab qo‘shma korxonalar tuzilgan yoki yaqin ham
korlik o‘matilgan. Qariyb barcha sohaga xorijdan ilg‘or texnologiya
jalb qilinmoqda. XXR o ‘zining 1,25 mlrd.lik nufusi bilangina emas,
iqtisodiy qudrati bilan ham e ’tiborli. So‘nggi yillarda mamlakatda
iqtisodiy o ‘sish yiliga 8-10 foizni tashkil qilmoqda. Dunyo bo‘yicha
sarmoyaning qariyb 20-22 foizi XXRga kiritilmoqda. Bu juda kat-
ta ko‘rsatkichdir. Biroq XXRning o ‘zi hozircha xorijga sarmoya
chiqarish uchun unchalik katta imkoniyatga ega emas. Ayni holatni
0 ‘zbekistonda ham kuzatish mumkin.
1964-1986-yillarda jahon taraqqiyoti muammolariga Xitoyning
yangi konseptual yondashuvi shakllandi. Xalqaro ahvolni tahlil etish-
238
da ko‘pqutblilik yondashuvi qoilaniladi. 1988-yil may oyida XXR
ning o‘sha paytdagi tashqi ishlar vaziri Syan Sichen Pekin rasmiy qa-
rashlarini konsepsiya shaklda ifoda etdi. Unda XXRning Markaziy
Osiyo davlatlariga nisbatan siyosatining asoslari ishlab chiqilgan.
So‘nggi 50-yil mobaynida XXR tashqi siyosati sobiq SSSRga
yo‘naltirilgan «bir vektorlik»dan jahondagi yetakchi davlatlarga nis
batan «ochiq eshiklar siyosati»gacha bo‘lgan y o in i bosib o‘tdi.
XXR mustaqillikni qo‘lga kiritgach, tashqi siyosati oldiga o ‘z
mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, o ‘zini tan olgan barcha
davlatlar bilan keng qamrovli aloqalar o‘matish va Tayvanni jahon
hamjamiyatidan ayirish maqsadini qo‘ydi. Shunga tayangan holda
Xitoy Xalq Respublikasi bilan diplomatik aloqalami o ‘matish istagi
bo‘lgan mamlakatlar oldiga quyidagi 3 shart qo‘yish belgilab olindi:
Birinchidan, Tayvan bilan aloqalami uzish va XXR hukumatini
yagona Xitoy hukumati, Tayvan esa XXR tarkibida ekanligini tan
olish.
Ikkinchidan, XXRga do‘stona munosabatda bo‘lish va BMTda
o ‘zining qonuniy o‘mini egallashda ko‘mak berish.
Uchinchidan, Xitoy Xalq Respublikasiga samimiy ehtiromni mu-
zokaralar o ‘tkazish orqali ifoda etish.
Bugungi kunda XXR oldida turgan muhim masalalardan biri -
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ham ikki tomonlama, ham ko‘p
tomonlama aloqalami shakllantirish, o ‘z milliy va davlat xavfsizligini
ta ’minlashdan iborat. Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim omillar-
dan biri - mintaqadagi yadro qurolining mavjudligi edi.
Markaziy Osiyo mintaqasi Pekin tomonidan XXR uchun hayotiy
muhim mintaqa sifatida qaralmoqda. Xitoylik tadqiqotchilaming fik
richa, Markaziy Osiyo davlatlari o‘z xavfsizliklarini Xitoy Xalq Res
publikasi yordami va qo‘llab-quvvatlashisiz ta’minlay olmaydilar.
Xitoylik mutaxassislar XXRning Markaziy Osiyo mintaqasiga
nisbatan pozitsiyasini quyidagicha ifodalaydilar:
Birinchidan, Markaziy Osiyo Rossiya monopoliyasidan chiqib,
XXR va jahonning boshqa mamlakatlariga ochildi. Bu bilan uzoq
muddat davom etgan Rossiyaning XXRga nisbatan bosimining
yo‘qolishiga olib keldi.
239
Ikkinchidan, XXR va Yevropani bog‘lovchi «Ikkinchi temir yo‘l
ko‘prigi»ni o‘tkazish imkoniyati tug‘ildi. Bu holat XXRning Yev-
ropaga xomashyo va Xitoy eksport mollarini olib o‘tishda Rossiyaga
bog‘liqlikdan ozod etdi. Eron temir yo‘llarini Mashxad - Seraxs -
Tejen qismida Transosiyo magistrali bilan bog‘lanish XXRga Shan-
xaydan shimolroqda joylashgan Lyanyungan portidan Stambulgacha
bo‘lgan y o id a tovar yetkazish vaqtini 25 30%ga tejashga imkon be
radi.
Uchinchidan, Markaziy Osiyo hududi XXR uchun Yevropa va Ja-
nubiy Osiyo mamlakatlari, Yaqin Sharqqa ham siyosiy, ham iqtisodiy
jihatdan qulay koridor bo‘lib qoldi.
XXRning Rossiya bilan chegarasi nisbatan ahamiyatsiz, muno-
zarasiz va xavfsiz bo‘lib qoldi. Eng muhimi, xitoylik siyosatshunos-
laming fikricha, ikki mamlakat o‘rtasida Xitoyga tahdid solmaydigan
- Mongoliya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, 0 ‘zbekiston, Tojikiston va
Turkmaniston kabi davlatlardan iborat «bufer hudud»ning paydo
bo‘lganligidir.
XXRning hisoblashicha, Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasida
nisbatan tinchlik va barqarorlik hukm surmoqda. Biroq uning
o‘zgaruvchanligi bir qator muammo va mojaroni keltirib chiqarmoq-
da. Ular orasida quyidagi mojarolami ko'rsatish mumkin: Koreya
Yarim orolidagi vaziyatni, Sharqiy va Janubiy Xitoy dengizlaridagi
hududiy bahslar yoki bu mintaqadagi quryDanish poygasi. Yana bu
ro‘yxatga Pekin bir qancha iqtisodiy qarama-qarshilikni qo‘shmoqda.
Bu esa “nizoli hudud”ning kengayishiga olib kelishi mumkin. Yaqin
vaqtlar surilib, o ‘miga iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiy qarama-qarshi-
lik yuzaga keladi. Buni AQSH va Yaponiya o‘rtasida ko‘rish mum
kin. Uning kelajagi xatarli boigani uchun bu mintaqa xavfsizligini
ta’minlash muhim masaladir.
Xitoy manbalarida bunday qarama-qarshilik juda ham katta aha-
miyat kasb etishi ta’kidlangan. Ulami ko‘rsatishicha, bunday holat
mazkur mintaqadagi davlatlami birlashtirish o‘miga bo‘lib yuboradi.
Buning ustiga Sharqiy Osiyo mintaqasida diniy qarama-qarshi-
liklami alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu nafaqat davlatlar
o‘rtasida, balki, Xitoy tahlilchilarining fikriga ko‘ra, Xitoy ichkarisida
240
ham yuz berishi mumkin. Masalan, Tibet avtonom rayonidagi bud-
dist ayirmachilari harakati. Xitoy ekspertlari Sharqiy Osiyo mintaqa-
sidagi xavfsizlik masalasini hal qilish haqida o‘ylar ekan, 4 asosiy
derjavalami ham hisobga oladi. Bularga AQSH, Xitoy, Yaponiya va
Rossiya kiradi.
Xitoy va Yaponiya rivojlanish pallasida Rossiya sobiq Ittifoq par-
chalanganidan so‘ng “mintaqa derjavasiga aylanib qolgan bo‘lsa,
AQSH “buyuk Derjava”ga aylandi. Shuning uchun aynan AQSH bu
mintaqada XXR hamma manfaatlarini hisobga olgan holda harakat
qilishi kerak. Sshuning uchun iqtisod, siyosat, xavfsizlik sohasida
AQSH Pekinning keng qamrovli tashqi siyosatiga alohida e’tibor
bermoqda. Xitoy va AQSH olimlari shu narsani e ’tirof etishadiki,
AQSH va Xitoyning Sharqiy Osiyodagi qarashlari bir-biriga mos
kelsa-da, biroq ular o ‘rtasida keng qamrovli muammolarga nisbatan
farqlar mavjud. Biroq AQSHning bu mintaqadagi siyosati Xitoyni
ancha xavfsiratib qo‘ygan. Bu, ayniqsa, AQSHning Xitoy ichki si
yosatiga aralashishida namoyon bo‘ladi. AQSH asosan, Xitoyning
inson huquqlarini buzishi, Osiyo-Tinch Okeani mintaqasida o ‘z har
biy qudratini oshirishga intilishi, Yaponiya va Avstraliya bilan harbiy
aloqalaming mustahkamlanishidan norozi. Shu sababli AQSH doim
Xitoy ishiga aralashgan va Tayvanni ko‘p bora qo‘llab-quwatlagan.
Pekin oddiygina qilib aytganda, AQSHdan “ustunlik”ka erishish
uchun unga qarshi chiqqani yo‘q. Balki u AQSHning harbiy ustun-
ligiga qarshi kurashmoqda. Shuning uchun Sharqiy Osiyo amerika-
liklarga muhtoj emas. Bu pozitsiya birinchi bor Xitoy tashqi ishlar
vazirligi tomonidan 1997-yil aprelda Vashingtonning Osiyoda 100
ming harbiy xizmatchilarini saqlab turish kerakligini tasdiqlashiga
javoban rasmiy ravishda e ’lon qilindi.
Janubiy Osiyoda Xitoy 60-yillardan boshlab Pokiston bilan
aloqalarni mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlay boshladi. Chunki,
Xitoy Pokiston orqali 0 ‘rta Sharqqa kirish imkoniyatlarini qo ‘lga
kiritdi. U yerda Xitoy 70-yillardan iqtisodiy hamkorlik tashkilo-
ti a ’zolari bilan aloqalarni mustahkamlay boshladi. Bu B og‘dod
pakti SENTO o ‘rnidagi tashkilot edi. U, ayniqsa, Turkiya, Eron
va Pokiston bilan aloqalarni mustahkamladi. 1992-yilda Iqtisodiy
241
hamkorlik tashkilti (EKO)ga 5 ta Markaziy Osiyo Respublikasi va
A fg‘oniston qo‘shildi.
Xitoyning bir-biriga yaqin bo‘lgan mintaqalardagi davlatlar bilan
aloqalarining mustahkamlanishi, Xitoy uchun dunyo “okeani”dagi
geosiyosiy “shelfidir.
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari hududiy-akvatoriyasi bilan
bog‘liq muammolar, birinchi navbatda, mintaqadagi yetakchi tashilot
sanalgan ASEAN oldiga ulami iloji boricha qurolli tortishuvlar da-
rajasiga ko‘tarilmay turib bartaraf etishdek muhim vazifani qo‘yadi.
Buning uchun, eng avvalo, tashkilot muhim iqtisodiy hamkori
sanaluvchi Xitoy bilan murosaga borishi va bu jarayonda iloji bori
cha boshqa qudratli mamlakat aralashuviga yo‘l qo‘ymasligi kerak
bo‘ladi. Chunki 1970-yillarda Sharqiy Timomi Indoneziya tarkibidan
mustaqil qilish jarayonida sobiq SSSR bilan hamkorlikdagi Xitoy va
AQSH manfaatlarining to‘qnashuvi natijasida mintaqadagi vaziyat
tarang holatga kelib qolgan edi. Ayrim siyosiy va ijtimoiy jihatdan de-
mokratik boigan mamlakatlami hisobga olmaganda, deyarli barcha
mintaqa davlatlari harbiy tuzumga asoslangan hukumat boshqaruvi
ostida bo‘lib kelgan. Vyetnamdagi kommunistik hukumat, Indonezi-
yada 1975-yildan 1998-yilgacha hukumat tepasida bo‘lgan Suxarto
harbiy hukumati, Tailandda bir necha yillardan buyon davom etib ke-
layotgan siyosiy inqiroz va Myanmadagi harbiy xunta faoliyatlarini
yuqorida ta’kidlab o‘tgan voqealar natijasida sodir bo‘lgan, deya be-
malol aytishimiz mumkin. Shu sababli ham, ASEAN bu kabi holatlar
у ana qayta takrorlanmasligini ta’minlashi uchun eng avvalo mintaqa
da yirik davlatlar tomonidan amalga oshiriladigan siyosiy o ‘yinlardan
himoyalanishga harakat qilishi kerak bo‘ladi.
Umuman aytganda, XXR mustaqillikni qo‘lga kiritgach yuqorida
ta’kidlaganidek, tashqi siyosati oldiga o ‘z mustaqilligi va suvereni-
tetini mustahkamlash, o‘zini tan olgan barcha davlatlar bilan keng qa
mrovli aloqalar o‘matish va Tayvanni jahon hamjamiyatidan ayirish
ni maqsad etib belgiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |