faol yuksalishi hamda buning natijasi o ‘laroq, mintaqaviy muhitni
o ‘z manfaatlarida tashkillashtirishga, ya’ni uncha yirik bo‘lmagan
mintaqaviy davlatlar bilan mintaqaviy davlatning siyosiy va iqtisodiy
vazifalariga mos keluvchi munosabatlami kelishuvlar yoki norasmiy
amaliyotlar vositasida o ‘matishga ulaming intilishi bilan bog‘liq.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida mintaqaviy va submintaqaviy
darajadagi savdo-iqtisodiy tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi. Submin
taqaviy tashkilotlar jumlasiga Janubi-sharqiy
Osiyo mamlakatlari
uyushmasi - ASEAN ham kiradi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasida
integratsiya jarayoni ayni shu tashkilotdan boshlangan.
ASEAN siyosiy, iqtisodiy va madaniy mintaqaviy hukumatlararo
tashkilot hisoblanadi. U o‘z saflarida JShOda joylashgan mamlakat-
lami birlashtirgan. Uni bevosita tashkil etgan davlatlar Indoneziya,
Malayziya,
Singapur, Tailand va Filippin hisoblanadi. ASEAN
tarkibiga quyidagi davlatlar kiradi: Indoneziya, Malayziya, Singapur,
Filippin (1967-y.), Bmney (1984-y.), Vyetnam (1995-y.), Laos (1997-
y.), Myanma (1997-y.), Kambodja (1998-y.). ASEAN a’zolari egal-
lagan umumiy maydon 4,5 mln. kv. km.ga teng. Mazkur hududda 592
mln. kishidan iborat aholi yashaydi. Uyushma a’zolari 14 rasmiy tilda
so‘zlashadi, kamida 7 dinga e’tiqod qiladi.
Janubi-sharqiy Osiyoda umummintaqaviy integratsion guruhni
tuzish g‘oyasi taniqli yapon tahlilchisi K.Kodzima
Sharqiy Osiyo
erkin savdo zonasi konsepsiyasini ta’riflab bergan 1960-yillaming
o'rtalarida ilgari surilgan. 1970-yillarda Tinch okeani ffiintaqasini
shakllantirish konscpsiyasi paydo bo‘lgan. XX asr 80-yillarining oxi-
ri
90-yillari boshida Janubi-sharqiy Osiyoda Avstraliya va Yangi
Zclandiya ham qo'shilgan “ycna” integratsion guruhini shakllanti
rish imkoniyatlari muhokama qilingan. Bu ssenariy “yena valyutasi”
doirasida faoliyat ko‘rsatuvchi Osiyo mamlakatlari blokining vu-
judga kelishini nazarda tutadi. Bunda uning asosiy harakatlantiruvchi
kuchi
siyosat emas, balki iqtisod, ya’ni mazkur blokni shakllantiruv-
chi keng savdo-investitsiya oqimlari hisoblanishi ko‘zda tutiladi. Ya
poniya bu yerda bosh o ‘yinchi hisoblanadi (masalan, G‘arbiy yarim
sharda AQSH singari). Bu ssenariy jahonda uch blokning mavjudligi-
dan kelib chiqadi: shulardan biri - Yaponiya atrofida birlashgan mam-
213
lakatlardan iborat bo‘lgan, Shimoliy Amerika va Yevropa bloklari bi
lan raqobatlashadigan blok.
0 ‘z milliy mustaqilligi va suverenitetini himoya qilib, Osiyo-
Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari 1967-yilda Janubi-sharqiy
Osiyo mamlakatlari uyushmasi (ASEAN)ga birlashdi. ASEAN Bang
kok deklaratsiyasida qayd etilishicha, mazkur birlashishning maqsadi
mintaqada jadal iqtisodiy
va madaniy rivojlanish, ijtimoiy taraqqi
yot, tinchlik va barqarorlikni saqlashni ta’minlovchi tashkilotni tu-
zishdan iborat. Mintaqa mamlakatlari tomonidan tuzilgan ASEAN
tashkiloti Janubi-sharqiy Osiyoda mintaqa doirasida davlatlararo
munosabatlar uchun zamin yaratdi. Xalqaro
voqealami baholashda
kelishmovchiliklar mavjudligiga qaramay, ASEAN davlatlari tash
kilotning mavjudlik davri mobaynida jahonda yuz berayotgan siyo
siy jarayonlarga nisbatan umumiy nuqtayi nazami shakllantirishga
muvaffaq bo‘ldi. Bu jarayonda Yevropa bilan o‘zaro munosabatlami
chetga surish va Yaponiya bilan yaqinlashish birinchi darajali ahami
yat kasb etdi. Mazkur yaqinlashish eng avvalo iqtisodiy aloqalaming
rivojlanishida, shuningdek, ushbu mintaqada AQSH ta’sirining chek-
lanishida namoyon bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: