Osiyo moliyaviy inqirozi avjga chiqqan palla - 1998-yilda Kuala-
Lumpur shahrida (Malayziya) o‘tkazilgan
sammitda OTOIH doira-
sidagi iqtisodiy va moliyaviy integratsiyaga majburiy tus berish
haqida takliflar yangradi. Ammo inqiroz bartaraf etilishiga qarab ular
shu jumladan Yaponiya pozitsiyasi tufayli o‘z rivojini topmadi. To-
kio vakillari “Tarmoqlami ilk ixtiyoriy liberallashtirish” dasturining
amal qilish doirasiga kiruvchi ro‘yxatga baliqchilik va o‘rmon sanoati
mahsulotlarining kiritilishiga qarshilik ko‘rsatdi. Bu borada Yaponi
ya bilan til topa olmagan AQSH tez orada asosiy e’tibomi Osiyo-
Tinch okeani mintaqasida savdoni liberallashtirishning eng muhim
yo‘nalishi sifatida Xitoyning BSTga qo‘shilish shartlarini kelishishga
qaratdi.
Tarmoqlami ilk ixtiyoriy liberallashtirish mavzusi
BSTga muho-
kama uchun berildi. Bu OTOIH savdo sohasida muzokaralar olib
borishga tayyor emasligidan va mazkur hukumatlararo tashkilot in-
qirozidan darak berar edi. Tarmoqlami ilk ixtiyoriy liberallashtirish
tashabbusining barbod bo‘lishi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar
taklif qilgan umummintaqaviy erkin savdo zonasini jadal sur’atlarda
tashkil etish konsepsiyasi fommning rivojlanayotgan mamlakatlardan
iborat a’zolari tomonidan qo‘llab-quwatlanmaganini ko‘rsatdi.
Osiyo moliya inqirozi sharoitida “ochiq regionalizm”
prinsipiga
tayanish ham jabr ko‘rgan mamlakatlarga yordam bermadi. OTOIH,
bir tomondan, mintaqadan tashqaridagi kuchlaming salbiy ta’siri
oqibatlarini yumshata olmadi, boshqa tomondan esa, ko‘p miqdorda
valyuta zaxiralariga ega bo‘lgan Osiyo davlatlarini mintaqa bo‘yicha
qo‘shnilariga tezkorlik bilan yordam ko‘rsatishga majbur etuvchi
mexanizmlami yaratishga ojizlik qildi. Natijada global moliyaviy ar-
xitekturani o ‘zgartirish va Osiyodan tashqaridagi aktorlarga qarshilik
ko‘rsatishga qodir bo‘lgan Osiyo institutsional mexanizmlarini (ya-
gona valyuta, Osiyo valyuta jam g‘armasi va sh.k.) yaratish g ‘oyalari
keng qo‘llab-quwatlandi. Mintaqaviy va submintaqaviy integratsi-
yani rivojlantirishga doir yangi g‘oyalar
va konsepsiyalami topish
yo‘lidagi izlanishlar faollashdi. 1997-yilda “ASEAN+3” (ASEAN
mamlakatlari, Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi) paydo bo‘ldi.
205
Umuman olganda, OTOIH faoliyatida 1990-yillaming oxiridan
e’tiboran kuzatila boshlagan inqiroz asta-sekin Osiyo-
Tinch okeani
mintaqasining dekonstruksiya qilinishiga olib keldi. Bunga maz
kur mintaqa mamlakatlari o‘rtasida tarixiy va madaniy aloqalaming
yo‘qligi, norasmiy regionallashuv jarayonlari rivojlanmagani ham
imkoniyat yaratdi.
Amerika yoki aytaylik, Avstraliyaga xos bo‘lgan
zehniyat Sharqiy Osiyoga xos bo‘lgan zehniyatdan ancha farq qiladi,
shu bois, umumiy mintaqaviy tafakkurning mavjudligi to‘g ‘risida
so‘z yuritish o‘rinli bo‘lmaydi.
Shu bilan bir vaqtda, aynan ishtirokchilaming rang-barangligi va
a’zolikka nisbatan keng yondashuv OTOIHning Osiyo-Tinch okeani
mintaqasidagi ulkan rolini belgiladi: har yili o ‘tkaziladigan sammitlar
jahon davlatlari va mintaqaviy davlatlar - AQSH, Yaponiya, Xitoy,
Rossiya, shuningdek, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari, Tayvan va
boshqalaming liderlarini bir joyda to‘playdi.
Sammitlar ularga ikki
tomonlama va mintaqaviy munosabatlar masalalarini muhokama
qi-lish uchun “bir chekkada” uchrashish imkoniyatini ham yaratadi.
Natijada OTOIH sammitlarining kun tartibi unga iqtisodiy muammo-
lardan tashqari xavfsizlik sohasida hamkorlik masalalarining kiritili-
shi hisobiga sezilarli darajada kengaydi. Chunonchi, 1999-yil Oklend
(Yangi Zelandiya)da o ‘tkazilgan sammitda BMT qo‘shinlarini Shar
qiy Timorga yuborish to‘g ‘risidagi qaror, tezkorlik bilan kelishildi,
2001-yil Shanxay (Xitoy)da bo‘lib o ‘tgan sammitda terrorizmni
qoralovchi rezolyutsiya qabul qilindi, bir
qator sammitlarda Koreya
yarim orolining xavfsizligi muammolari muhokama qilindi.
1990-yillaming oxirida BST formatida va makro-mintaqaviy da-
raja (OTOIH)da savdoni liberallashtirish g ‘oyasini ilgari surishda
mavjud jiddiy muammolar Osiyo-Tinch okeani mintaqasida ikki to
monlama savdo bitimlarining jadal o‘sishiga olib keldi. Dastavval bu
sohada Singapur peshqadamlik qildi - rivojlangan qishloq xo‘jalik
sektorining yo‘qligi muzokaralarda uni qulay hamkorga aylantirar
edi. Bu jarayonga AQSH ham asta-sekin qo‘shildi. Tinch okeani
havzasidagi mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama savdo bitimla-
rini tuzishga Vashington Osiyo-Tinch okeani mintaqasida o‘z ta’siri
doirasini kengaytirish vositasi sifatida qaradi. 0 ‘z navbatida, Xitoy
206
ASEAN mamlakatlari bilan erkin savdo to‘g‘risida bitimlar tuz-
ish orqali Janubi-sharqiy Osiyoda o ‘z mavqeyini sezilarli darajada
mustahkamladi.
1997-1998-yillar moliyaviy inqirozi barham topganidan so‘ng,
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari uchun siyosiy-iqtisodiy faoli-
yatda urg‘u savdodan moliyaviy oqimlarga ko‘chdi
va mazkur omil
o‘z-o‘zidan “ASEAN+3” tashkiloti faoliyatida birinchi darajali aha-
miyat kasb etdi. Ammo bu jiddiy omil OTOIH faoliyatida o‘z aksini
topmadi, AQSH esa moliyaviy inqirozni bartaraf etish va mintaqada
o‘z tashqi siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun boshqa me-
xanizmlami qo‘llashni ma’qul deb topdi.
Qayd etilgan salbiy omillaming muhimligini tan olgan holda, bu
yerda OTOIHning institutsional yashovchanligidan darak beruvchi
ikki jihatni qayd etib o ‘tish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: