Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Boshqalarning vazifalarni boshqarishini kuzatish



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

Boshqalarning vazifalarni boshqarishini kuzatish. 
Oʻziga  ishonish  samaradorligining  ikkinchi  manbasi  sifatida 
boshqalarning  vazifalarni  boshqarishini  kuzatishdan  yoki  boshqalar 
muvaffaqiyatini  kuzatishdan  kelib  chiqadi  (Shunki,  Zimmerman,  1997). 
Boshqacha  aytganda,  boshqalarning  muvaffaqiyatga  erishishini  kuzatish  sizni 
ham  muvaffaqiyatga  erishishingizni  ta’minlashi  mumkin.  Ushbu  kuzatishning 
natijasi  kuzatuvchi  tomonidan  koʻnikma  yetishmasligi  va  oʻz  qobiliyatiga 
ishonchsizlikda yana ham samaraliroq hisoblanadi.  Agar kuzatuvchi tomonidan 
kuzatiluvchi  holat  uning  ustoziga  yoki  doʻstiga  tegishli  boʻlsa,  unda  ushbu 
omilning  samarasi  yanada  ortadi.    Xatto  ushbu  holatlarda  ham  koʻnikmalarni 
kuzatish  shaxsiy  tajribachalik  ta’sirchan  emas.  Sabablar  esa  tushunish  uchun 
juda ham qiyin emas.  Tasavvur qiling, sizning ustozingiz yoki hurmat qiladigan 
doʻstingiz biror kuyni oʻxshatib ijro etishni uddaladi, lekin siz oʻzingiz buni qila 


138 
 
olishingizga  ishonmaysiz.    Bu  holatda  siz  oʻzingizning  ichki  kuchingizga 
ishonishingiz  kerak,  lekin  biroz  oʻz  samaradorligingizga  shubha  bilan 
qarashingiz  mumkin.  Boshqa  tomondan  agar  siz  boshqalarning  kuyni 
oʻxshatishiga  guvoh boʻlmasligingiz mumkin, lekin sizning oʻz shaxsiy kuylash 
tarixingiz bor, bu  boshqa tarixda.  Bu holatda  siz   boshqalarning ijro etishidan 
koʻra koʻproq oʻzingizga ishonishga moyil boʻlasiz. 
Boshqaruv  bu  shunday  yoʻnaltiruvchi  kuchki,  u  insonlardagi  ijodiy 
potensial imkoniyatlarini oladigan sharoitlarni yuzaga chiqarishni maqsad qilib 
qoʻyadi.  Shunday  ekan,  oʻqituvchining  ta’lim-tarbiya  jarayonini  toʻgʻri  va 
oqilona  boshqara  olishi  oʻquvchi  shaxsi  kamolotida  nihoyatda  kattadir. 
Faoliyatdan  kutiladigan  natija  psixologiyada  maqsad  deyiladi.  Oʻquv 
jarayonining  boshqarilishi  ikkita  asosiy  maqsadni  koʻzda  tutadi.  Ulardan 
birinchisi,  oʻquv  jarayonini  toʻgʻri  tashkil  eta  olish,  ikkinchisi  esa 
oʻquvchilarning  shaxsiy  qiziqish  va  ehtiyojlarini  qondirishdir.  Ana  shu 
maqsadlar boshqarishning vazifalarini belgilab beradi. Demak, oʻquv jarayonini 
boshqarishning:  -  birinchi  vazifasi  tashkiliy  boʻlib,  oʻquvchilarning  ta’lim  va 
tarbiyasi  boʻyicha  ijtimoiy  buyurtmalarni  qondirish;  -  ikkinchi  vazifasi  - 
bevosita  oʻquvchining  qiziqish  va  talablarini  qondirishga  yoʻnaltirilgan 
holatdagi  ijtimoiy  vazifadir.  Shuningdek,  bu  vazifa  oʻquvchilarning 
koʻtarinkilik,  yaxshi  kayfiyat  va  oʻquv  jarayonidagi  ishchanlikni  yuzaga 
keltirishni  ham  uz  ichiga  oladi.  Afsuski,  koʻp  yillar  davomida  boshqarishning 
ana shu ijtimoiy vazifasiga juda kam e’tibor berilgan. Boshqaruvning ikkinchi 
vazifasi  bu  ijtimoiy-psixologikdir.  Bu  vazifa  oʻquvchilarda  samarali  faoliyat 
uchun zarur boʻlgan ijtimoiy-psixologik holat va xususiyatlarni rivojlantirishga 
qaratilgandir.  Bu  holat  va  xususiyatlar  oʻquvchilarni  oʻzaro  jipslashtirish, 
nazorat,  oʻz-oʻzini  boshqarish,  shuningdek,  mustaqil  ta’lim  olishlarini 
rivojlantirishdan iboratdir. 
Oʻquv  jarayonini  boshqarish  uchun  quyidagi  tarkibiy  qismlarni 
egallashlari  lozim:  1.  Berilgan  oʻquv  topshirigini  yechish  uchun  vositalar 
tanlash.  2.  Topshiriqlarni  yechish  jarayonida  oʻz-oʻzini  nazorat  qilish.                          
3.  Oʻzlashtirilgan  bilimlar,  malakalar,  koʻnikmalar  sifatini  baholash.  4.  Oʻquv 
topshiriklarini  bajarilganligini  tekshirish.  5.  Oʻz  oldiga  maqsad  kuya  olish.  6. 


139 
 
Turli  belgilar  bilan  predmetning  ichki  munosabatlari  muvofiqligini  kura  olish. 
Oʻqitishning ikkita usuli mavjud. Biri an’anviy oʻqitish usuli - bunda oʻqituvchi 
muammoni  belgilaydi,  vazifalarni  aniqlanaydi  va  muammoni  yechib  beradi. 
Oʻquvchi esa masalani yechish yoʻllarini eslab qoladi va uni yechishni mashq 
qiladi. Bunda  oʻquvchilarda  reproduktiv  tafakkur  shakllanadi. Rivojlantiruvchi 
ta’lim  oʻqitishning  muammoli  usulida  oʻqituvchi  oʻquvchilarning  bilish 
jarayonlarini  boshqaradi,  uni  tashkil  etadi  va  nazorat  qiladi.  Oʻquvchi  esa 
muammoni  tushunadi.  Uni  yechish  yoʻllarini  qidiradi  va  uni  yechadi.  Bunday 
xollarda  oʻquvchi  tafakkurining  maxsuldorligi  oshadi  va  uning  mustaqilligi 
rivojlanadi.  Oʻquvchining  oʻqishga  boʻlgan  qiziqishini  rivojlantirish  uchun 
oʻqituvchi  quyidagi  qoidalarga  tayanishi  lozim:  1.  Oʻquv  jarayonini  shunday 
tashkil  etish  lozimki,  bunda  oʻquvchi  faol  harakat  qilishi,  mustaqil  izlanishi, 
yangi bilimlarni oʻzi kashf etishi va muammoli xarakterdagi masalalarni yechish 
uchun  sharoit  izlashi  kerak.  2.  Oʻquvchilarga  bir  xil  oʻqitish  usullari  va  bir 
turdagi  ma’lumotlarni  berishdan  qochish  kerak.  3.  Oʻrgatilayotgan  fanga 
nisbatan  qiziqishning  namoyon  boʻlishi  uchun  ayni  shu  fan  yoki  bilim, 
oʻquvchining  oʻzi  uchun  qanchalik  ahamiyatli  va  muhim  ekanligini  bilishi 
kerak.  4.  Yangi  material  qanchalar  oʻquvchi  tomonidan  avval  oʻzlashtirilgan 
bilimlar bilan bogʻliq boʻlsa, u oʻquvchi uchun shunchalik qiziqarli boʻladi. 5. 
Xaddan  ziyod  qiyin  material  oʻquvchida  qiziqish  uygʻotmaydi.  Berilayotgan 
bilimlar oʻquvchining kuchi yetadigan darajada boʻlishi lozim.  
Oʻqituvchi oʻrganilayotgan mavzu yoki bilimining ahamiyatini koʻrsatish, 
oʻquvchining  oʻquv  faolligini  oshirish  uchun  qiziqarli  misollar,  aqliy 
oʻyinlardan keng foydalanishi lozim. Lekin, ta’limdagi har bir beriladigan bilim 
yorqin,  qiziqarli  boʻlavermaydi,  shuning  uchun  oʻquvchilarda  iroda,  qat’iylik, 
mehnatsevarlik kabi hislatlarning kamol toptirilishi nihoyatda zarurdir. Ana shu 
hislatlar  oʻquvchining  kelgusida  oʻz-oʻzini  nazorat  qilishga,  oʻz-oʻzini 
baholashga va mustaqil ta’lim olishga asos boʻlish kerak. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish