Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 
 


150 
 
3.1.4. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi 
Kasbiy  ta’limning  muhim  vazifalaridan  biri  kasbiy  tayyorgarlik  boʻlib, 
bunda  tayyorgarlik  ikki  xil  koʻrinishda  amalga  oshiriladi:  mustaqil  oʻrganish 
(qoʻshimcha  ta’lim  yoki  mustaqil  ta’lim)  va  maxsus  kasbiy  ta’lim 
muassasalarida  ta’lim  olish  orqali.  Kasbiy  ta’limning  muvaffaqiyatini 
belgilaydigan  muhim  psixologik  jarayon  ―ma’lum  bir  kasbga  tayyorgarlik  
holati  hisoblanadi.  Bu  holat  emotsional  va  motivatsion  tayyorgarlikni  ham 
nazarda  tutadi.  Kasb  tanlash  inson  hayotidagi  muhim  bir  bosqich  hisoblanib, 
bunda  inson  hayoti  uchun  muhim  qaror  qabul  qiladi  va  u  jamiyatda  oʻz 
imkoniyatlarini  roʻyobga  chiqaradi.  Bu  jarayon  inson  tomonidan  oʻz  ichki 
imkoniyatlari  tahlil  qilish  natijasida  ma’lum  kasbning  talablariga  uning 
imkoniyatlarining  mos  kelishiga  qarab  sodir  boʻladi.  Kasb  tanlash  ma’lum  bir 
kasbni  tanlayotgan  inson  (tanlov  sub’yekti)  bilan  tanlanayotgan  kasb  (tanlov 
ob’yekti)  munosabatlarini  oʻzida  aks  ettiruvchi  faoliyat  hisoblanadi.  Tanlov 
sub’yekti  va  tanlov  ob’yekti  oʻrtasidagi  munosabatlar  xarakteristikasini 
oʻrganish davrimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.  
Ongli  ravishda  kasb  tanlash  insonning  ijtimoiy  mavqei  bilan  bogʻliq 
ravishda  amalga  oshadi.  Agar  inson  uchun  asosiysi  ijtimoiy  nufuz  hisoblansa, 
unda  kasb  hozirda  mavjud  boʻlgan  qoidalar,  shuningdek,  jamiyatdagi  nufuzli 
kasblardan kelib chiqib tanlanadi. Koʻpchilik kasb tanlayotganda bu kasb ularga 
qanchalik  moddiy  ragʻbat  keltirishiga  tayanadi.  Insonlar  orasida  qiziqishlari 
tufayli  kasb  tanlovchilar  ham  boʻladi  va  bu  qiziqish  kamdan-kam  hollarda 
romantik  xarakter  kasb  etadi.  Kasb  mansabga  intilish  asosida,  haqiqiy  tashqi 
taassurotlar  zamirida,  ota-ona,  doʻstlarining  maslahatlari  orqali  yoki  omadga 
bogʻliq  holda  tanlashi  mumkin.  Lekin  kasbdagi  romantika  odatda  tezda 
yoʻqoladi va uning oʻrnida inson hali na hissiy, na jismoniy va na psixik jihatdan 
tayyor boʻlmagan ―ogʻir ish kunlari  qoladi. Tanlagan kasbi oʻzi uchun qiyin 
boʻlib,  koʻp  hollarda  turli  toʻsiqlarni  yuzaga  keltiradi  va  ayrim  hollarda  oʻz 
kasbini  oʻzgartirishiga  toʻgʻri  keladi.  Bunday  hollarda  kasb  tanlash  koʻpgina 
sharoitlarga  bogʻliq  boʻlib  qoladi.  Lekin  hammasidan  oldin  kasb  tanlashga 
e’tiborni  tortish  kerak.  Koʻpgina,  tanlangan  faoliyatlar  insonning  qobiliyat  va 
moyiligiga  muvofiq  boʻladi.  A.K.Baymetov  pedagogik  faoliyat  motivlarini 


151 
 
oʻrganib, ulardan 3 ta asosiylarini birlashtiradi: a) muqarrarlik motivi (burchli); 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish