Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Kasbiy tanlov xulosasi va uning ahamiyati



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 
3.2.2. Kasbiy tanlov xulosasi va uning ahamiyati 
Kasbiy  faoliyatning  pedagogik  jihatlari  .Bundan  koʻzlangan  maqsad 
shundaki, biz koʻrib chiqayotgan mavzuni, ya’ni shaxsning kasb tanlashi, kasbiy 
shakllanishi va kasbiy faoliyati muammolarini chuqurroq yoritish orqali shaxsni 
aynan  kasbiy  oʻz  oʻzini  aniqlash  jarayonini  bosqichma  bosqich  koʻrib 
chiqishimiz  zarur  boʻladi.  Shunday  qilib,  kasbiy  oʻz  oʻzini  aniqlash  beshta 
bosqichni oʻz ichiga qamrab oladi: 1. Kasbni ilk tanlash bosqichi. Bu bosqichda 
bola  kasblar  olami  haqida  yetarlicha  tasavvurga  ega  boʻladi,  oʻz  ichki 
imkoniyatlari haqida kam biladi, uning kasbiy intilishi hali sust darajada boʻladi. 
Bu bosqich kichik maktab yoshiga taalluqli boʻlib, unda kasbning mazmuni va 
ish sharoitlari haqida bolada savollar tugʻilmaydi. 2. Kasbiy jihatdan oʻz-oʻzini 
aniqlash  bosqichi  katta  maktab  yoshiga  toʻgʻri  keladi  (15-17  yoshlar).  Bu 
bosqichda  ilk  professional  intilishlar  paydo  boʻladi  va  rivojlanadi  hamda 
mehnatning  turli  xil  sohalari  ichidan  oʻziga  ma’qulini  tanlash  jarayoni 
kuzatiladi.  3.  Kasbiy  ta’lim  bosqichida  tanlangan  kasbni  oʻzlashtirish  jarayoni 
sodir  boʻladi.  4.Kasbiy  moslashish  bosqichi  kasbiy  faoliyatning  individual 
uslubining  paydo  boʻlishi  hamda  kishining  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy 
                                                 
1
 Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. – 75-bet. 


166 
 
munosabatlar  tizimiga  bogʻlanishi  bilan  xarakterlanadi.  5.  Mehnatda  oʻzini 
koʻrsatish  bosqichi  (qisman  yoki  butunlay)  kasbiy  mehnatga  taalluqli  boʻlgan 
talablarning  (kutilmalarning) bajarilishi  yoki bajarilmasligi bilan bogʻliq holda 
kechadi.  Shunday  qilib,  kasbiy  jihatdan  oʻz  oʻzini  aniqlash  -  shaxs  kasbiy 
faoliyatining barcha davrlarini, ya’ni kasbiy intilishning paydo boʻlishidan tortib 
to  mehnat  faoliyatidan  butunlay  ozod  boʻlgungacha  boʻlgan  davrlarni  oʻzida 
mujassamlashtirgan  jarayondir.  Aytish  mumkinki,  u  insonning  butun  hayot 
yoʻlini  qamrab  oladi.  Albatta,  bu  jarayonning  eng  muhim  bosqichlaridan  biri 
kasb  tanlash  amalga  oshiriladigan  bosqichdir.  Toʻgʻri  tanlangan  kasb,  bir 
tomondan, shaxsning ichki imkoniyatlariga mos tushadi va uning insoniy baxti 
hamda  kamolotini  belgilaydi,  ikkinchi  tomondan  esa  yaxshi  kasb  egasining 
samarali mehnati ta’sirida jamiyat rivoji jadallashadi. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish