Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

Kasbiy  shakllanish.  Demak,  kasbiy  oʻz-oʻzini  aniqlash  kasb  tanlash, 
kasbiy  tayyorgarlik  masalalaridan  xabardorlik,  kasbiy  yoʻnalganlik,  kasbiy 
yaroqlilik  muhim  komponentlarga  boʻlinadi.  Quyida  ularga  alohida-alohida 
qisqacha toʻxtalib oʻtamiz. Kasbiy yoʻnalganlik inson shaxsi yoʻnalganligining 
bir  koʻrinishi  hisoblanib,  bu  holat  uning  chuqur  shaxs  tuzulmalarigacha  kirib 
boradi.  Kasbiy  yoʻnalganlik  insonning  individual-psixologik  va  individual-
tipologik  xususiyatlarigacha,  uning  qadriyatlar  tizimiga,  steriotiplariga, 
qobiliyatlari  va  qiziqishlariga  borib  taqaladi.  Kasbiy  yoʻnalganlik  tizimining 
quyidagi funksiyalarini ajratib koʻrsak boʻladi:  


169 
 
5)  Ijtimoiy  funksiyasi  deganda  jamiyatning  toʻlaqonli  va  teng  huquqli 
a’zosi sifatida ijtimoiy kasbiy faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini beradigan 
qadriyatlar,  normalar  va  bilimlarning  ma’lum  tizimini  oʻzlashtirish  nazarda 
tutiladi.  
6)  Iqtisodiy  funksiyasi  deganda  xodimlarning  sifat  tarkibini 
takomillashtirish, kasbiy faollikni yuksaltirish, ishlab chiqarish unumdorligini va 
malakasini oshirish tushuniladi.  
7)  Psixolog-pedagogik  funksiyasi  deganda  ma’lum  kasbni  tanlagan 
kishining individual xususiyatlarini aniqlash, shakllantirish va inobatga olishni 
tushunish mumkin. 
8)  Tibbiy  fiziologik  funksiyasi  deganda  sogʻliqqa  va  alohida  fiziologik 
xususiyatlarga  nisbatan  u  yoki  bu  kasbiy  faoliyatni  amalga  oshirishda  zarur 
boʻladigan talablarni hisobga olish nazarda tutiladi.  
Shunday  qilib  kasbiy  oʻzini-oʻzi  aniqlash  jarayonininng  muhim 
komponentlaridan  biri  hisoblangan  -  kasbiy  yoʻnalganlikni  hisobga  olmaslik 
insonning  notoʻgʻri,  oʻziga  mos  boʻlmagan  kasbni  tanlashga  olib  kelishi 
mumkin.  Bundan  shaxsning  oʻzi  ham,  jamiyat  ham  manfaatdor  emas.  Kasbiy 
oʻzini-oʻzi  aniqlashning  muhim  elementlaridan  biri  insonning  kasbiy 
yaroqliligidir.  Ma’lumki,  inson,  masalan  uchuvchi  boʻlishga  qiziqishi 
mumkin.Boringki,  uning  kasbiy  yoʻnalganligi  ham  toʻgʻri  kelishi  mumkin. 
Biroq  u  kasbiy  jihatdan  yaroqsiz  boʻlsa,  tabiiyki  bu  kasbni  tanlay  olmaydi. 
Demak, kasbiy yaroqlilik ham insonning kasbiy  oʻzini-oʻzi aniqlashida muhim 
oʻrin  tutadi.  Kasbiy  yaroqlilikning  ikki  xil  turi  farqlanadi:  mutloq  kasbiy 
yaroqlilik  (bunda  insondan  maxsus  qobiliyat  talab  qilinadigan  kasblar  uchun 
yaroqlilik  nazarda  tutiladi)va  nisbiy  kasbiy  yaroqlilik  (bunda  har  qanday 
sogʻlom  inson  uchun  imkon  darajasida  boʻlgan  kasblarga  yaroqlilik  nazarda 
tutiladi). Kasbiy yaroqlilikni aniqlash boʻyicha ma’lum bir psixologik testlardan 
foydalanishda  analitik,  sintetik  va  kompleks  yondoshuvlardan  foydalanish 
mumkin. A.A. Stolyarov mazkur  yondoshuvlarga quyidagicha ta’rif beradi: ― 
Analitik yondoshuv alohida psixologik koʻrsatkichlarni oʻrganish va baholoshni 
nazarda  tutadi  (masalan,  diqqat,  xotira,  harakat  kordinatsiyalari  va  h.).  Bu 
koʻrsatkichlar tanlangan kasb boʻyicha ta’lim va faoliyat muvaffaqiyatlari uchun 


170 
 
zarur  hisoblanadi.  Sintetik  yondashuv  yaxlit  faoliyatni  yoki  uning  muhim 
elementlarini  oʻrganishni  nazarda  tutadi.  Shuning  uchun  ham  mazkur  metod 
darajasida turli xil apparatlardan foydalaniladi. Bu apparatlar yordamida butun 
boshli  kasbiy  operatsiyalar  modellashtiriladi.  Kompleks  yondashuv  analitik  va 
sintetik  yondoshuvlarning  qoʻshiluvidan  paydo  boʻladi‖.  Endi  qisqacha  kasb 
tanlash bilan bogʻliq boʻlgan yoʻnalishlarga toʻxtalib oʻtamiz. Ulardan birinchisi 
kasbiy  ma’rifat  hisoblanadi.  Kasbiy  ma’rifat  deb  tanlanadigan  kasb  haqida, 
uning  ijtimoiy-psixologik  va  boshqa  jihatlari  haqida  bilimlarni  uzatishga 
aytiladi.  Shuning  uchun  ma’lum  kasbni  tanlash  jarayonida  shu  kasb  haqida, 
uning  talablari  va  imkoniyatlari  haqida  qancha  koʻp  ma’lumotlarga  ega 
boʻlishlik  shu  kasbni  tanlashda  toʻgʻri  qaror  qabul  qilishga  yordam  beradi. 
Darhaqiqat  kasbni  tanlash  jarayonida  kasblar  olami  haqidagi  bilimlar,  qanday 
qilib  tanlash  haqidagi  bilimlari  har  qanday  endigina  hayot  yoʻlining  boshida 
turgan  oʻspirin  uchun  juda  foydali  hisoblanadi.  Keyingi  yoʻnalish  –  kasbiy 
maslahat hisoblanadi. Kasbiy maslahat quyidagi vazifalarni bajarishni oʻz oldiga 
maqsad  qilib  qoʻyadi:  A)  Lugʻaviy  -  ma’lumot  berish  vazifasini  bajaradi.  Bu 
ma’lumotlar ishga joylashish kanallari, ishga kirishga qoʻyiladigan talablar, turli 
xil kasblarni egallash imkoniyatlari, kasbiy oʻsishning kelajakdagi yoʻnalishlari 
haqida ish axtaruvchiga xabar beradi.  
B)  Diagnostik  vazifani  bajaradi.  Bunda  kasb  tanlash  sub’yekti  shaxsini 
uning  ma’lum  shaxs  xususiyatlari  tanlayotgan  kasb  talablariga  mosligi  nuqtai-
nazardan  oʻrganish  haqida  gap  ketadi.  Biz  oʻz  tadqiqotimizda  ham  mazkur 
masalaga  e’tiborimizni  qaratganmiz.  V)Korreksion  vazifani  bajaradi.  Kasb 
tanlash sub’yektining imkoniyatlariga uning qiziqishlarini mos keltirishga qarab 
oʻzgartirish  korreksiya  deb  ataladi.  Shunday  qilib,  kasbiy  oʻzini-oʻzi  aniqlash 
oʻzida  quyidagi  psixologik  muammolarni  mujassamlashtiradi:  kasb  tanlash, 
kasbiy yoʻnalganlik, psixologik tayyorgarlik masalalaridan xabardorlik.  

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish