Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Oʻqituvchi tomonidan yaratilgan baholash strategiyalari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 
4.1.2. Oʻqituvchi tomonidan yaratilgan baholash strategiyalari 
Oltinchi  sinf  talabalarini  oʻqitadigan  maktab  joylashgan  jamiyatda 
yashovchi  oilalarning  koʻpchiligi  kambagʻallik  darajasidan  ham  quyi 
yashashadi. Har yili uning maktabidagi talabalarning koʻp qismi shtat testlaridan 
yiqilishadi. Kym maktab oʻquv qoʻllanmalariga suyanadi va odatda Til San’ati 
va  Ijtimoiy  Saboqlar  fanlarida  toʻgʻridan-toʻgʻri  koʻrsatmalardan  foydalanadi. 
Sinfdagi  baholash  tizimi  oʻzida  shtat  testlarinikini  aks  ettiradi,  ana  shunda 
talabalar  baholash  formati  bilan  tanishib  olishadi.  Kym  motivatsiyaga 
bagʻishlangan yozgi bitiruv kursida bir maqolani oʻqib qoladi, “Afro-Amerikalik 
talabalar ichki dunyosini sharaflovchi va undovchi oʻqitish strategiyalari” (Teel, 
Debrin-Parecki,  &  Covington,  1998)  va  shu  kuzda  oʻzining  koʻrsatmalari  va 
baholash  tizimini  toʻrtta  yoʻl  bilan  oʻzgartirishga  qaror  qiladi.  Birinchidan,  u 
intilishga  e’tiborni  qaratish  qobiliyatiga  kuchaytiruvchi  urgʻu  beradi  va 
talabalarga toki kriteriyaga kelmaguncha, oʻz ishlarini qayta koʻrib chiqishlariga 
imkoniyat  yaratib beradi. Ikkinchidan, u talabalarning  chiqishga  doir  baholash 
kabi  imkoniyatlar  beradi  (masalan,  ogʻzaki  prezentatsiya,  san’at  proyekti, 
kreativ  qoʻlyozma).  Uchinchidan,  u  talabalardan  video  materiallarini 
tayyorlashda,  qogʻozlarni  tarqatishda  va  shu  kabilarda  yordam  berishlarini 
soʻrab,  ularda  mas’uliyatni  ragʻbatlantiradi.  Toʻrtinchidan,  u  talabalarning 
madaniy  meroslarini  hurmat  qilgan  holda,  ularni  oʻz  madaniyatlariga  doir 
biografiyalar  va  tarixiy  afsonalarni  oʻqishga  undaydi.  Kymning  bayon 
qilishicha,  talabalardagi  intilish  va  oʻzlarini  tutishlaridagi  oʻzgarishlar  keskin 
boʻldi:  talabalar  endi  ancha  tashabbuskor,  qattiq  ishlashadi  va  yaxshi  narsalar 
yaratishadi.  Yil  oxiriga  kelib,  shtat  testlaridan  oʻtgan  talabalar  soni  oʻtgan 
yilgidan ikki martaga oshdi. 


173 
 
Keyinchalik,  Kym  hozir  ham  xuddi  oʻsha  maktabda  oltinchi  sinflarni 
oʻqitmoqda  va  yuqorida  tasvirlangan  strategiyalarni  oʻzgartirishda  davom 
etmoqda.  U  oʻqitgan  talabalar  sifati  yaxshilanganiga  qaramasdan,  maktab 
yopilib ketdi, chunki nisbatan olib qaraganda, talabalar sifati yomon edi. Kym 
doktorlik  unvonini  oldi  va  hozirda  xizmatdan  oldingi  va  xizmat  davomidagi 
oʻqituvchilarni peshingi darslarda Ta’limiy Psixologiya boʻyicha oʻqitmoqda. 
Kimning  hikoyasi  biz  ushbu  qismda  va  12-qismdagi  standardlashgan 
testda  kashf  etadigan  baholashga  doir  bir  qancha  mavzularni  aks  ettiradi. 
Birinchidan,  samarali  baholash  tizimini  tanlash  koʻrsatmali  amaliyotga, 
motivatsiyaga  boʻlgan  ishonchga  va  shtat  test  tizimining  mavjudligiga 
asoslanadi. Ikkinchidan, ba’zi  oʻqituvchi  tomonidan  yaratilgan baholash tizimi 
talabaning  oʻrganishini  va  ishtiyoqini  oshiradi  –  ba’zilari  esa  unday  emas. 
Uchinchidan,  oʻqituvchilar  oʻz  oʻqitish  qobiliyatlarini  amaliy  izlanish  orqali 
oshirishlari mumkin. Bu oʻz ichiga muammoni aniqlash (masalan, kam undov va 
muvaffaqiyat),  alternativ  usullarni  oʻrganish  (masalan,  adabiyot  oʻqish),  yangi 
usullar ijrosini ta’minlamoq, natijalarni kuzatish (masalan, talabalarning harakati 
va  test  natijalari)  va  kuzatishlarga  asoslangan  tarzda  strategiyalarni 
oʻzgartirishda davom etishni oladi. 
Soʻnggi  20  yil  ichida  talabalar  oʻrganishini  baholashning  eng  yaxshi 
amallari  keskin  oʻzgarishlarni  boshdan  kechirdi.  Rouzmeri  1970-yillarda 
matematika oʻqituvchisi boʻlganida, u talabalar bilimini baholamasdi, u oldingi 
hafta  davomida  oʻrgatgan  matematik  bilimlari  va  mahoratlari  boʻyicha  test 
olardi. Testlar formati boʻyicha biroz farq qilardi va talabalar testni qogʻoz va 
qalam  yordamida  individual  tarzda  bajarishardi.  Koʻplab  oʻqituvchilar,  shu 
jumladan,  matematika  oʻqituvchilari  ham,  hozirda  oʻz  talabalari  nimalarni 
oʻrganganliklarini  aniqlash  uchun  turli-tuman  metodflardan  foydalanishadi  va 
shu baholash ma’lumotlarini ularning koʻrsatmalarini oʻzgartirishda ishlatishadi. 
Ushbu  boʻlimda  asosiy  e’tibor  talabalar  bilimini  oshirishda  sinfxona  baholash 
tizimlaridan foydalanishga qaratiladi va biz bir nechta asosiy konsepsiyalardan 
boshlaymiz. 


174 
 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish