Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Munosib  baholash  texnikalarini  tanlash  I:  yuqori  sifatli  baholash



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

Munosib  baholash  texnikalarini  tanlash  I:  yuqori  sifatli  baholash 
tizimlari. 
Baholash  yuqori  sifatli  boʻlishi  uchun  u  yaxshi  yaroqlilik  va  ishonchlik 
xususiyatlariga ega boʻlishi, shuningdek, tarafkashlikdan yiroq boʻlishi lozim. 
Yaroqlilik 
Yaroqlilik bu berilgan individuallar guruhi uchun “baholash natijalarining 
qoʻllanilishi  va  izohlari  yetarliligi  va  munosibligi”  tahlilidir  (Linn  &  Miller, 
2005, p. 68). Misol uchun, imigrantlarga berilgan matematik kasr boʻyicha test 
natijalari ularning kasrni tushunganligini anglatadi deya xulosa qilish oʻrinlimi? 
Oʻqituvchi oʻz kuzatuvlaridan kelib chiqqan holda, bogʻcha oʻquvchisi Jasmin, 
oʻqituvchining  ogʻzaki  koʻrsatmalariga  tshunmasligi  uchun,  e’tibor  tanqisligi 
kasalligiga  chalingan  deb  xulosa  qilishi  oʻrinlimi?  Har  ikkala  vaziyatda  ham 
boshqacha  mulohazala  boʻlishi  mumkin,  masalan,  imigrantlar  matematikaga 
qaraganda  ingliz  tilidan  sustroq  boʻlishlari  va  Jasminning  eshitish  qobiliyati 
zaiflashgan boʻlishi mumkin. 
Shuni tushunish kerakki, yaroqlilik talqinga ham aloqador va u baholash 
protsedurasidan  emas,  balki,  uning  natijalaridan  foydalanadi.  Masalan,  kasrga 
doir  xuddi  shunday  test  natijalari  toʻgʻrisida  qaror  chiqarish  faqatgina 
talabalarning  bari  ingliz  tilini  yaxshi  tushunsagina  yaroqli  boʻlishi  mumkin. 
Oʻqituvchining  talaba  e’tibor  tanqisligi  kasalligiga  chalingan  deb  hisoblashi 
faqatgina talaba eshitish apparatlari va boshqa kasalliklarga tekshirilganidagina 
toʻgʻri kelishi mumkin (shunga qaramay, kasalliklar tasnifi faqat bitta oʻqituvchi 
tomidan qoʻyilmaydi). Yaroqlilik tahlillar va baholash natijalari tasdiqlanganligi 
darajasi haqida umumiy qaror chiqarishni oʻz ichiga oladi. Yaroqlilik bu daraja 
masalasidir (masalan, yuqori, oʻrta yoki past yaroqlilik), u keskin rad yoki qabul 
emas (masalan, butunlay yaroqli yoki yaroqsiz) (Linn & Miller, 2005). 
Yaroqlilikni baholashda uchta dalil manbaalari hisobga olinadi – mazmun, 
konstruksiya va taxminiy. Mazmun yaroqlilik dalili quyidagi savol bilan bogʻliq: 
Baholash tizimi oʻz ichiga mazmun va vazifalarni qanchalik yaxshi qamraydi? 
Masalan, tasavvur qiling, sizning ta’limiy psixologiya instruktoringiz oraliq test 
oʻylab topdi va sizga bu test oʻz ichiga qoʻllanmadagi birdan yettigacha boʻlgan 
boʻlimlarni  qamrashini  aytdi.  Aniqki,  testdagi  barcha  mavzular  sizning 


175 
 
metodlaringiz  yoki  madaniyat  darsliklaringizdan  emas,  balki  ta’limiy 
psixologiya  mazmuniga  asoslangan  boʻlishi  kerak.  Shuningdek,  mavzular 
barcha  yettita  boʻlim  mazmunini  qamrab  olishi  kerak,  faqatgina  uchdan 
yettigacha  boʻlganlarini  emas  –  agar  instruktoringiz  shu  boʻlimlar  muhimroq 
ekanligini aytmasa. 
Oʻqituvchilar  mazmun  yaroqliligiga  asoslangan  dalil  yigʻishni 
boshlashdan  avval,  ular  oʻz  maqsadlari  va  vazifalarini  aniqlashtirib  olishlari 
kerak.  Mazmun  yaroqliligi  baholash  tizimi  oʻqituvchi  (yoki  test  tuzuvchi) 
tomonidan baholangan vazifalarga munosib ekanligi darajasini belgilaydi va ular 
oʻzlarining  maqsad  va  vazifalarini  tasvirlaydilar  (Linn  &  Miller,  2005). 
Oʻqituvchilar baholash vazifalarini yaratayotganda, mazmun yaroqliligi haqida 
ham  oʻylashlari  muhimdir.  Buni  qilishning  usullaridan  biri  esa  tavsilotlar 
jadvalini yaratishdir. Pensilvania shtati 3-sinf geografiyasiga asoslangan namuna 
quyida keltirilgan. Chap tomondagi ustunda 20 mavzuli test uchun koʻrsatmali 
mazmun keltirilgan va oʻqituvchi buni ikki xil koʻrsatmali vazifa (tanishtirish va 
samara)lar  yordamida  barpo  etmoqchi.  Ikkinchi  va  uchinchi  ustunlar  har  bir 
mazmun hududi va har bir koʻrsatmaviy vazifalar uchun atalgan mavzular sonini 
belgilaydi. Agar kuzatsangiz, oʻqituvchi oltita mavzuni geografik tasvirlar sub-
hududiga  bagʻishlagan  –  har  qanday  sub-hududdanda  koʻproq.  Tafsilotlar 
jadvalini  yaratish  oʻqituvchilarga  ba’zi  mazmun  yoki  konsepsiyalar  haddan 
tashqari koʻp namunalashtirilganligini (masalan, haddan tashqari koʻp mavzular) 
va ba’zilari haddan tashqari kamligini (masalan, haddan tashqari kam mavzular) 
koʻrishda yordam beradi. 
Konstruksiya  yaroqlilik  dalili  mazmun  yaroqlilik  dalilidan  ancha 
murakkabroq. Odatda biz talaba ishlari borasida kengroq qarorlar qabul qilishga 
qiziqamiz  va  kasr  kabi  aniq  qobiliyatlari  bizni  unchalik  qiziqtirmaydi.  E’tibor 
asosan  matematik  mulohaza  yoki  oʻqish  mashqlariga  qaratilgan  boʻlishi 
mumkin. Konstruksiya  bu  biz xulq-atvorni tushuntirib berish uchun  yaratilgan 
deb  hisoblovchi  odam  xarakteristikasidir.  Misol  uchun,  biz  havotirlanish  testi 
konsepsiyasini  ishlatamiz,  va  bunda  nima  uchun  individuallar  test  paytida 
e’tiborlarini  bir  yerga  jamlashda  qiynalishlarini,  terlash  kabi  fiziologik 
reaksiyalarga uchrashlarini va testni oddiy sinf vazifasiga qaraganda yomonroq 


176 
 
bajarishlarini  tushuntirib  beramiz.  Shu  tarzda,  matematik  mulohaza  va  oʻqish 
mashqlari  konstruksiyalardir  va  biz  ulardan  baholashdagi  ishlarni  izohlashda 
foydalanamiz.  Konstruksiya  yaroqliligi  bu  baholashdagi  ish  izohlana  oladigan 
va konstruksiyaga boshqa nomunosib faktorlar ta’sir etmagan oʻlchovni aniqlash 
jaronidir.  Misol  uchun,  Yuqori  keltirilgan  imigrantlarning  ingliz  tilida 
matematik  mulohaza  testi  haqidagi  qarorlar  ingliz  tiliga  bogʻliq  boʻlganda 
pastroq  yarorlilikni  tashkil  etgan  boʻlardi,  lekin  bu  narsaning  matematikaga 
aloqasi  yoʻq.  Xuddi  shunday  tarzda,  semestr  soʻngidagi  imtihonlar  ham  oddiy 
vazifalarga  qaraganda  test  paytida  koʻp  havotirlanadigan  talabalar  uchun  ogʻir 
kechadi. Oʻqituvchilar talabalar mehnatiga ta’sir etuvchi ammo baholanayotgan 
konstruksiyaga nomunosib  boʻlgan faktorlarni kamaytirgan holda konstruksiya 
yaroqliligini  oshirishga  yordam  berishlari  mumkin.  Bu  faktorlar  bezovtalik, 
ingliz tili qobiliyatlari va oʻqish tezligidan iborat (Linn & Miller 2005).  
Yaroqlilik  dalilining  uchinchi  shakli  bu  kriteriyaga  asoslangan 
yaroqlilikdir.  AQShdagi  tanlov  orqali  oluvchi  kollejlar  ACT  yoki  SAT 
dasturlaridn  foydalanishadi  chunki  ushbu  standardlashtirilgan  testlar  birinchi 
kurs  talabalarini  topishda  yordam  beradi,  masalan,  ularda  yuqori  kriteriyaga 
asoslangan  yaroqlilik  mavjud.  Ba’zi  maktablar  kuzgi  semetrda  talabalarga 
matematika yoki oʻqish boʻyicha testlar berishadi, shu bilan ular qaysi talabalar 
bahor paytidagi shtat imtihoniga tayyor va qaysilari yordamga muhtojligini bilib 
olishadi.  Agar  kuzgi  testlar  talabalarning  mehnatini  aniq  belgilay  olmasa, 
keyinchalik  kerak  boʻlmagan  talabalarga  kriteriyaga  asoslangan  yaroqlilik 
toʻgʻrisida qoʻshimcha yordam berilishi mumkin.
1
 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish