Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


b)  oʻqitilayotgan  predmetlarning  qiziqarliligi  va  e’tiborni  tortish;  v)



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

b)  oʻqitilayotgan  predmetlarning  qiziqarliligi  va  e’tiborni  tortish;  v)  bolalar 
bilan  muloqatga  kirishish.  Bu  motivlarning  ustunlik  qilish  xarakteriga  koʻra 
mualliflar  4  guruhga  mansub  oʻqituvchilarni  ajratadilar:  Burch  hissining 
ustunligi  bilan  (43  %);  oʻqitilayotgan  fanlarga  qiziqishning  ustunligi  (39  %); 
bolalar bilan muloqotga kirishish ehtiyojining ustunligi (11 %); oʻzi hohishlarini 
ruyobga  chiqarish  motivi.  Oʻrganilgan  manbalarga  koʻra  motivasiya  tiplari 
oʻqituvchilarning  oʻquvchilarga  boʻlgan  pedagogik  talablarining  yoʻnalishi  va 
xarakteriga  ta’sir  koʻrsatadi.  Oʻqituvchining  turli  tomonli  motivasiyasi 
oʻquvchilarning axloqiga va ularning oʻquv materialini oʻzlashtirishga talabning 
uygʻunligi  bilan  tavsiflanadi.  Oʻqituvchilardagi  majburiyat  motivlarining  
ustunligi oʻquvchilarga faqatgina katta talablar qoʻyib qolmasdan, balki, qat’iy 
intizomni  ham  talab  qiladi.  Oʻquv  faniga  boʻlgan  qiziqish  motivlari  ustun 
turuvchi oʻqituvchilarda oʻquv  materialini  oʻzlashtirishga boʻlgan talab  koʻzga 
tashlanadi,  chunki  bunda  eng  koʻp  talab  oʻquvchi  shaxsiga  qaratilgan  boʻladi. 
A.K.Baymetov ta’kidlab oʻtganidek, avtoritarlikka moyillik motivining ustunligi 
avtoritar  oʻqituvchilarda  muloqat  motivining  ustunligi  liberal  oʻqituvchilar  u 
yoki  bu  motivlardan  hech  birining  ustun  boʻlmasligi  demokratik  uslubli  xos 
oʻqituvchilarga xos jihat hisoblanadi.
1
 
   Pedagog  kasbini  oʻzlashtirishda  kasbiy  bilimlarga  boʻlgan  ehtiyoj 
oshadi.  V.N.Nikitenko  va  B.Fidlerlarning  ma’lumotiga  koʻra  25-30  yoshli 
oʻqituvchilarda  oliy  oʻquv    yurtida  oʻqiyotgan  chogʻida  unchalik    ahamiyat 
bermagan  pedagogik  va  psixologik  bilimlarni  egallashga  boʻlgan  extiyoj 
uygʻonar  ekan  N.V.Jurinim  oʻqituvchilarning  pedagogik  faoliyatidagi  turli  xil 
omillarga  munosabatini  oʻrgangan.  Tadqiqotlar  shuni  koʻrsatadiki, 
oʻqituvchilarning oʻz kasbi va ish joyidan qoniqishi  ba’zilarda birinchi navbatda 
maktabning  moddiy  bazasiga  bogʻliq  boʻladi,  boshqalarida  esa  pedagogik 
faoliyatda yaxshi natijalarga erishishga, uchinchi xilida ma’muriyat bilan oʻzaro 
aloqa  oʻrnatishga,  toʻrtinchi  kishida  oylik  olish  bilan  bogʻliq  boʻladi.  Oʻquv 
faoliyati  motivasiyasining  xususiyatlarini  oʻrganishda  2  jihatni  farqlab  olish 
lozim:  Birinchi  jihat  -  oʻquv  faoliyatini  tanlash  motivasiyasi.  Ikkinchisi  nima 
                                                 
 


152 
 
uchun olim aynan shu mavzuni oʻrganib chiqishga qoʻl urgani sababini aniqlash. 
Fan  bilan  shugʻullanish  bir  necha  sabablarga  bogʻliqligi  bilan  belgilanadi. 
Ularga yangilikka intilish va ularni yaratish, aniq fanlarga qiziqish va qandaydir 
aniq  masalalarga  qiziqish,oʻz  kashfiyotlari  bilan  insoniyatga  foyda  keltirish, 
istagan yoki qandaydir xalq xoʻjaligiga doir masalalarni hal etish yoki shunchaki 
oʻz  ishi  bilan  oʻzidan  tarixda  nom-nishon  qoldirish;  aniq  bir  ijtimoiy  statusga 
intilish  (ilmiy  darajalariga  ega  boʻlish)  mashhurlikka  intilish  kabilar  bilan 
belgilanadi.  Pedagogik  faoliyatning  muhim  qismlari  boʻlib,  uning 
motivatsiyasida  koʻrinadi.  Pedagogik  faoliyat  oʻquv  faoliyatidagi  kabi 
motivasion  orientasiyalarga  ajratiladi.  Ular  tashqi  motivlar  boʻlib,  bunga  oʻz 
faoliyati  natijasi  va  jarayonini  orientasiya  qilishni  misol  qilish  mumkin.  Aniq 
ta’lim muassasasidagi ish nufuzining tashqi motivlari, mehnatga xaq toʻlashdagi 
adekvatlik motivlari, koʻpincha kasbiy va shaxsning oʻsish motivlari bilan mos 
oʻzaro  bogʻliq.G.A.Myurrey  hokimiyatga  intilishning  asosiy  motivlarini 
ularning  faoliyati  bilan  bogʻlagan  holda  ajratadi.  Ehtiyojning  belgi  yoki 
samaralari  quyidagi  istaklarda  namoyon  boʻladi;  1.  Oʻz  ijtimoiy  olamini 
boshqarish; 2. Boshqalar xulqiga ta’sir oʻtkazish va oʻz maslaqatlari bilan yoʻlga 
solish,  buyurish,  oʻz  soʻziga  ishontirish;  3.  Oʻz  e’tiqodiga  yoʻnaltirish. 
Motivatsiyaning  barcha  omillarini  moddiy  va  nomoddiy  stimullarga  ajratish 
mumkin ―hayot faqat yeb ichishdan iborat emas.  Boshqa soʻz bilan aytganda 
pul  bilan  xodimlarni  jalb  etishning  oʻzi  yetarli  emas.  Korxonada  moddiy 
ragʻbatlantirishdan  tashqari  xodimlar  jalb  qilinadiganlar  motivasiyasining 
qoʻshimcha,  nomoddiy  tizimi  ishlab  chiqilgan  boʻlishi  mumkin.  Bu  ularni 
psixologik  tashqi  iqtisodiy  jihatlardan  muhim  ehtiyojlarni  qondirishga 
moʻljallangan  boʻlishi  kerak.  Tamoyilni  amalga  oshishi,  yuqori  natijalarga 
erishgan  ishchilarning  ragʻbatlantirilishiga  qaratilgan  ijobiy  motivasiyalarning 
ishlab  chiqilishi  bilan  belgilanadi.  Motivlarning  qaysi  biri  ustunlik  qilishi 
ijobiymi  yoki  salbiymiq  degan  savolga  javobni  aniq  bir  korxonada  ishlash  va 
xodimlar  bilan  munosabatga  kirishish  jarayoniga  bogʻliq  holda  hal  qilish 
mumkin.  Shunday  ekan,  motivasiya  adekvat  boʻlishi,  korxona  xodimining  ish 
natijalariga  mos  boʻlishi  kerak..  Agar  rahbarning  bahosi,  rahbarlarning  oʻz 
natijalarini  baholashni  shakllantirsa,  bu  yaxshi  koʻrsatkich  hisoblanadi.  Bunda 


153 
 
rahbarning tashqaridan beradigan bahosi va xodimlarning oʻz-oʻziga beradigan 
bahosi  muvofiq  keladi.  V.A.Krutetskiy  oʻspirinlarda  uchrash  mumkin  boʻlgan 
motivlardan quyidagilarni alohida ta’kidlab oʻtadi: - biror oʻquv faniga nisbatan 
oʻspirinning  qiziqishi;  -  Vatanga  foyda  keltirish  istagi;  -  shaxsiy  qobiliyatini 
roʻkach  qilib  koʻrsatish;  -  oilaviy  an’analariga  rioya  qilishi;  -  doʻstlari  va 
oʻrtoqlaridan oʻrnak olganligi; - ish joyining va oʻquv yurtining uyga yaqinligi; - 
moddiy  ta’minlanganlik;  -  oʻquv  yurti  koʻrinishining  chiroyliligi  yoki  unga 
joylashishining  osonligi  singari  motivlardir.  Yuqoridagi  fikrlardan  koʻrinadiki, 
ilk oʻspirinlik davrida kasbiy motivlarning shakllanishi bir qator tashqi va ichki 
omillarga  bogʻliq.  Shuningdek,  kasb  tanlashga  boʻlgan  intilish  ishtiyoqlar 
negizida  kasbiy  motiv  va  motivasiya  shakllanadi.  Aynan  xorij  psixologlari 
kasbiy  motivlar  tarkibini  ishlab  chiqishda  kasb  tanlashgacha  boʻlgan  va  kasb 
tanlab boʻlgandan keyingi jihatlarini koʻrsatib oʻtadilar.  

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish